A) Dilbar kelichakning ko`ksida g`ulu, Zardoli shoxiga tashlar
ko`z qirin
B) Hovlida koptok o`ynayotgan bir to`da bolalar yoniga borib
birpas ularni tomosha qilib turdi.
C) Qalbi quvonchga to`lgan kishilar xushbaxtdir,
oyoq kiyim
kiygan kishi uchun yerlari teri bilan qoplanganday emasmi?
D) Xalqimizda farzandga nisbatan: “O`nta bo`lsa, o`rni
boshqa”, - degan maqol bejiz aytilmagan, chunki o`zbek
xalqi
juda bolani sevadigan xalq sanaladi.
10.
Qaysi gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`zda sinekdoxa usulida
ma`no ko`chishi yuz bergan?
A) Baxt degani kelmaydi oddiy tugunda, Uni keltiradi yurtning
shunqori.
Ona tili va adabiyoti
1.
Qaysi gapda bilan ko`makchisi o`zi bog`langan so`zga payt
ma`nosini yuklagan?
A) So`ng rangli qalam bilan umrimda birinchi marta rasm
chizdim.
B) Kun botishi bilan onamlar hovliga ko`loblatib suv separ
edilar.
C) Hakim bobo darvozani hassasi bilan ochdi.
D) Xalqim, Vatanim uchun zavq-u shavq bilan mehnat
qilaman.
2.
Qaysi javobdagi so`zlarning barchasi imloviy jihatdan to`g`ri
yozilgan?
A) jabxa, istehkom, ihtisoslik B) jabha, istexkom, ixtisoslik
C) jabxa, istexkom, ixtisoslik D) jabha, istehkom, ixtisoslik
3.
Qaysi javobda otlashgan yasama sifatlar ishtirok etgan?
A) Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo`lsa olovdan
uzoqroq o`tirishar edi.
B) Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim
qiymatin.
C) Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning
yomonligi tegar tor yerda.
D) Bu o`rmonda odamsimon maymunlar yashaydi.
4.
Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma`nosini ifodalagan siz
kishilik olmoshi qatnashgan gaplarni aniqlang?
1. Rahbarimiz o`quvchilarga yuzlanib: “ Siz ertaga muzeyga
borasiz”, - dedi. 2. “Odamlar bilan shunday gaplashingki,
do`stim, siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar”, - dedi
Doniyor. 3. Bolalar, ehtimol, siz oqayiqni ko`rmagandirsiz.
4. Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang,
usta!
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 1, 2
5.
Ish bizni uch illat: zerikish, qusur va muhtojlikdan xalos
etadi.
Ushbu gapdagi gap bo`laklari haqida berilgan qaysi
hukm noto`g`ri?
A) Ushbu gapda kesimning ega, vositasiz to`ldiruvchi va
vositali to`ldiruvchini to`g`ridan to`g`ri tobelantirishi
kuzatiladi.
B) Ushbu gapdagi uyushiq bo`laklar faqat tub so`zlar bilan
ifodalanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapda to`ldiruvchilarning hokim bo`lakka faqat
kelishiklar yordamida bog`lanishi kuzatiladi.
D) Ushbu gapda uyushiq bo`laklarning ikki xil turkumga
mansub so`zlar bilan ifodalanishi kuzatiladi.
6.
Tobe qismi ko`chma ma`noda qo`llangan otli birikmalarni
aniqlang.
A) daraxtning ko`zi, bolaning tishi
B) shirin gapirmoq, mayin kuylamoq
C) iliq tabassum, alangali salom
D) qarzini uzmoq, diqqatini bo`lmoq
7.
Gap bo`laklari joylashuvi quyidagi tartibga mos bo`lgan
ergashgan qo`shma gapni aniqlang.
to`ldiruvchi kesim to`ldiruvchi kesim
A) Erga navbat – sherga navbat.
B) Agar elga xiyonat qilsang, salomat yasholmaysan.
C) Ketmon chopdim – non tishlading.
D) Nimani qilsang xor, O`shanga bo`lasan zor.
8.
Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til
undoshlari sanalgan so`z ikki o`rinda qatnashgan?
A) Ikki qo`chqor kallasi bir qozonda qaynamas.
B) Soxta oshiq sevgidan lof urar,
Oy o`tmasdan musht uqtalib, do`q urar.
C) Ikki sichqon urishdi,
Bizga doni tushdi.
D) Qum yig`ilib, tosh bo`lmas,
Qul yig`ilib, bosh bo`lmas.
9.
Qaysi gapda otga xos bo`lgan lug`aviy shakl yasovchi
qo`shimcha qatnashmagan?
B) Do`stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne`matlardan
oling.
C) Balki, tush ko`rganday hayron, Eshitib Toshkentning sabr-u
toqatin.
D) Bu bosh nimalarni ko`rmadi, kimlar bilan kurashmadi,
do`stim.
11.
Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo
qilayotibdi.
B) Keyin machittan o‘tib, to‘g‘ri yo‘lga chiqdik.
C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning
nomini faxr bilan tilga
olyapmiz.
D) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman.
12.
Kechki osmon ohista
Qorni elay boshlaydi.
Tunning
qora sochiga
Oq oralay boshlaydi.
Ushbu parchada qatnashgan so'zlar haqidagi noto'g'ri hukmni
aniqlang.
A) Ushbu parchada asosi fe’l turkumiga mansub so‘z bilan
shakldoshlik hosil qila oluvchi ravish ishtirok etgan.
B) Ushbu parchada fe’l turkumiga mansub so‘z bilan
shakldoshlik hosil qila oluvchi sifat ishtirok etgan.
C) Ushbu parchada asosi fe’l turkumiga mansub so‘z bilan
shakldoshlik hosil qila oluvchi ot ishtirok etgan.
D) Ushbu parchada asosi fe’l turkumiga mansub so‘z bilan
shakldoshlik hosil qila oluvchi yasama so‘z ishtirok etgan.
13.
Qaysi javobdagi sof fe’llarda o'zaro bir xil shaxs-son va bir
xil zamon ma’nosi ifodalangan?
A) “Har qanday ishga ham qo‘lingni uraverma, biror ishni
bajarishga qo‘l urdingmi, uni oxirigacha yetkazmasdan
qo‘yma”, - dedi bobom oqillik bilan.
B) Agar sen go‘daklik zamoningda onang
sen bilan qanday
hayot kechirganini bilishni istasang, atrofingdagi onalarga,
ularning qo‘llaridagi chaqaloqlarga qara, shunda sen o‘z
go‘dakligingni yorqin tasavvur qilasan.
C) Sen raqibing bilan qozixonaga borarkansan, yo‘l-yo‘lakay u
bilan
kelishishga shoshil, toki raqibing seni qoziga, qozi esa
mirshabga topshirib, seni zindonga tashlamasin.
D)Bizning bu g‘urbat to‘la asrda matonat bilan yashagan
avlodning uyg‘oq ruhi ul zamon aytur: “O‘lmagan qul shu
zamonlarga ham keldi-ya!” Shu umidbaxsh tuyg‘u bilan
bugun: “Assalom, kelajak”, deya hayqiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: