Viloyatlarimiz haqida gap ketganda Surxondaryo polvonlari bilan mashxurligi albatta eslanadi. Bugun Chimyonni ham ikkilanmasdan polvonlar yurti desak bo‘laveradi
Rivojlanib kelayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan yoki eng zamonaviy ishlab chiqargan maxsuloti bilan butun dunyoga tanilgunigacha ketgan vaqt bilan bir sportchi yelkasida Vatan barrog‘ini ko‘tarib shoxsuppada turishini hisoblasak, dunyoga bir mamlakat, bir Vatan bir millat nomini sportchalik hech qaysi soha tez va sharafli tarzda tanitgan emas. O‘zbekistonning viloyatlari, tumanlari haqida har bir o‘zbekning o‘ziga yarasha bilgilari bor lekin Farg‘ona Viloyati Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘i haqida uning chempionlarini tilga olib faxr bilan gapirishayotgani va ularning maktab bolalari ekanligi ayni haqiqatdir.
Viloyatlarimiz haqida gap ketganda Surxondaryo polvonlari bilan mashxurligi albatta eslanadi. Bugun Chimyonni ham ikkilanmasdan polvonlar yurti desak bo‘laveradi. Maktabda ish faoliyatimni boshlaganimdan buyon har doim meni bir tuyg‘u - chempionlarga ta’lim berayotganim faxrlantirib keladi. Maktabga kirishiz bilan stadionida O‘zbekiston bayrog‘i ranglaridagi kiyimlar kiygan kurashchilarning ertalabki mashg‘ulotlariga ko‘zingiz tushadi. Bir tomondan Besh muhim tashabbus ijrodaligiga quvonsangiz, ikkinchi tomondan bu chempionlar o‘zimizning bolalar ekanligi ikki karra faxrlantiradi. O‘quvchilar, kurashchi o‘quvchilar orasida jahon chempionlari, O‘zbekiston chempionlari bir qatorni tashkil qiladi. Kuni kecha 2022-yil 17-19-mart kunlari Samarqand viloyatida 2004-2005-yilda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati musobaqasida 11-“B” sinf o‘quvchisi Tolibov Imomali 83 kg vazn toifasida Belbog‘li kurash bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2022yil 27-31-mart kunlari Namangan viloyati Chortoq tumanida 2005-2006-yilda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Belbog‘li, Bel olish kurashidan o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati musobaqasida o‘quvchilarimiz Abduraxmonov Abdulaziz, Dehqonov Abdushukur, Mamadiyorov Biloliddinlar musobaqa sovrindori bo‘lib uchinchi o‘rinni egalladilar. Fazilatlarning barchasi yuqumli bo‘ladi. Bu chempionlar o‘zlaridan g‘oliblikka qo‘shib murabbiylari To‘xtasinov Komiljon Sattorovichdan olgan yaxshi va ijobiy hislatlarni butun 14-maktab o‘quvchilariga ulashishlari bor gap. Bir murabbiy bir ustoz sifatida qo‘limizda taxsil olayotgan mana shunday chempionlarni qo‘llab quvvotlashga ular safini kengaytirishga ibrat maktabini shakillantirishga bel bog‘layman. Tilagimiz polvonlaromiz yelkasi yer ko‘rmasin. Yurtimiz bayrog‘i mudom shoxsupalarning eng yuqorisida xilpirab tursin.