A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

 
 
 
3.12-rasm. Har xil gruntli kovlanmaning bo‘kish tavsifi: a – bo„kmaydigan 
grunt; b – bo„kadigan grunda oqish va ag„darmaning hosil bo„lishi; v – qatlamli 


110
 
 
massivda gruntlarning tanlanib bo„kishi; g – ko„pchish bilan bo„kish; d – 
lyosslarning bo„kishi, cho„kishi va oqishi; e – qumlarning bo„kishi va oqishi. 
 
 
Bu  ko„rsatkichlar  gruntning  kimyoviy-mineral  tarkibi  (zarralarning 
mineralogiyasi  va  almashinuv  kationi  tarkibi),  strukturali  xususiyati  (strukturali 
bog„liqlik  tavsifi,  dispersligi  va  boshqalar),  namligi,  grunt  bilan  o„zaro  ta‟sirda 
bo„lgan suvli eritma tarkibi va konsentrati bilan aniqlanadi.  
 
Qattiq  strukturali  bog„liqlikka  ega  bo„lgan  jinslarning  ko„pchilik  qismi 
amalda bo„kmaydigan bo„ladi. Ularga suv ta‟sir etganda faqat yumshaydi. Ularga 
qarama-qarshi  o„laroq  dispers  gruntlar  bo„kuvchan  gruntlar  hisobiga  kiradi. 
Bunday turdagi gruntlarning bo„kish tezligiga va tavsifiga, suvga mustahkamligini 
aniqlovchi  granulometrik  tarkibi  alohida  katta  ta‟sir  qiladi.  V.V.Oxotin  har  xil 
granulometrik fraksiyalarni aralashtirish yo„li bilan sun‟iy tayyorlangan va havoda 
quritilgan  grunt  namunasining  suvda  bo„kish  tezligini  o„rganish  bo„yicha 
o„tkazgan  tajribalari  asosida  quyidagi  xulosalarni  qilish  mumkin.  Tinch  turgan 
suvlarda  yengil  suglinokning  suvga  mustahkamligi  juda  kichik.  O„rtacha 
suglinoklarning  bo„kishi  ularning  g„ovakliklari  kattaligiga  va  tavsifiga  bog„liq 
bo„ladi: g„ovaklik kichik bo„lganda gilli zarralarning miqdori oshishi bilan bo„kish 
kamayadi,  g„ovaklik  katta  bo„lganda,  o„rtacha  suglinoklarda,  gil  zarralarini 
miqdoriga  qaramasdan,  u katta  bo„ladi.  Tinch  turgan  suvda  og„ir  suglinoklarning 
bo„kishi ulardagi gil zarralari miqdoriga bog„liq bo„ladi: ularning miqdori oshishi 
bilan  u  oshadi.  Katta  g„ovaklikdagi  gillarda  huddi  shunday  qonuniyat  kuzatiladi, 
kam  g„ovaklikdagi  gillarda  suvga  mustahkamlik  qiymati  shu  turdagi  gruntlar 
uchun  mos  bo„lgan  maksimal  qiymatga  yaqinlashadi.  Ammo,  og„ir  gillarning 
suvga  mustahkamligi,  ularda  gil  zarralarini  miqdori  ortishi  bilan  kamayadi. 
Lyossimon  suglinoklar,  xususan,  alohida  lyosslar  uchun  bo„kishning  juda  yuqori 
tezligi tavsiflidir. 
 
Bo„kish  gruntning  tuzilish  tavsifiga  ham  bog„liqdir.  Ularning  makrog„o-
vakligi,  yengil  suv  o„tkazuvchisi  va  odatda  bo„sh  strukturali  bog„langan  xili 
bo„kishning  katta  tezligi  bilan  tavsiflanadi.  Aksincha,  yuqori  qiymatli  strukturali 


111
 
 
bog„langan  nozik  dispers,  kam  suv  o„tkazuvchi  va  zich  gruntlar  katta  suv 
o„tkazuvchanligi va sekin bo„kishi bilan ajralib turadi.  
 
Gruntlarning  bo„kish  tezligi  va  tavsifiga  ularning  tarkibida  bo„lgan  tabiiy 
sement  (masalan,  karbonatlar,  gipslar,  gumuslar)  katta  ta‟sir  qiladi.  Gruntlardagi 
makro-  va  mikroyoriqliklar  ularning  bo„kishiga  yordam  beradi.  Strukturasi 
buzilgan tuzilishga ega gruntlar buzilmagan strukturali jinslarga nisbatan juda katta 
bo„kish  tezligiga  ega,  chunki  birinchisi  ikkinchisiga  nisbatan  kam  bog„langanligi 
bilan farqlanadi.  
 
Suv  bilan  o„zaro  ta‟sirda  bo„lgan  bog„langan  gruntlarning  bo„kishiga 
ularning  boshlang„ich  namligi  ham  katta  ta‟sir  qiladi.  Quruq  gruntlar  yoki  uncha 
namligi  katta  bo„lmagan  gruntlar,  odatda  suv  shimgan  gruntga  nisbatan  juda  tez 
bo„kadi.  V.A.Priklonskiy  fikricha  har  bir  turdagi  gillar  uchun  qandaydir  “kritik” 
namlik tavsiflidir, uning qiymatidan gruntlarning suvga mustahkamligini baholasa 
bo„ladi. Agar gruntlarning namligi kiritikdan kichik bo„lsa, unda gruntlar bo„kadi; 
yuqori  namlikdagi  gruntlar  (kritikdan  yuqori)  amalda  bo„kmaydi.  Gruntlarning 
kritik  namligi  qiymati  ularning  almashinuv  sig„imiga  (montmorillonit  glinasida  u 
taxminan 50 %, kaolinitda – tahminan 25 %) proporsional ravishda o„sadi. 
 
Gruntlarning  yumshashi  deb  qoya  tog„  gruntlarining  suv  bilan  o„zaro 
ta‟sirlanganda  o„zining  mustahkamligini  kamaytirishi  tushuniladi.  Yumshashda 
ro„y  beradigan  asosiy  jarayon  gruntlarning  bo„kishiga  o„xshab,  jins  zarralari 
orasiga  suv  molekulasi  kirib  bog„lanishni  bo„shashtirishidan  iborat.  Ammo, 
boshlang„ich mustahkamlik juda yuqori bo„lgan holatlar uchun gruntlar to„liq yuk 
ko„tarish qobiliyatini yo„qotmaydi va bo„kmaydi.  
 
Yumshash  gruntlarning  suv  shimgan  holatidagi  bir  o„qli  siqilishdagi 
vaqtinchalik qarshiligini uning havodagi quruq holatidagi qarshiligiga nisbati bilan 
belgilanuvchi  yumshatish  koeffitsiyenti  (K
YUM
)  bilan  tavsiflanadi.  Yumshatish 
koeffitsiyentining  qiymati  qancha  yuqori  bo„lsa,  umuman  u  0  dan  1  gacha 
o„zgaradi,  grunt  shuncha  yumshamaydigan  bo„ladi.  QMQ  2.01.02-98  ga  asosan 
qoya  tog„  jinslari  yumshaydigan  (K
YUM
˂0,75)  va  yumshamaydigan  (K
YUM
≥0,75) 
turlarga bo„linadi. 


112
 
 
 
Gruntlarning  yumshashi  ularning  mineral  tarkibiga,  zarralar  orasidagi 
bog„liqlikni  mustahkamligiga,  g„ovakligiga  va  boshqa  omillarga  bog„liq  bo„ladi. 
Otqindi  nuramagan  va  metamorfik  jinsning  katta  qismi  suvda  juda  bo„sh 
yumshaydi:  ularni  yumshatish  koeffitsiyenti  0,95-1  atrofida  o„zgaradi.  Ko„pchilik 
cho„kindi  jinslar,  aksincha,  juda  katta  darajada  yumshaydi.  Ularga  xususan,  gil 
zarralari  (mergel,  mergelli  ohaktosh,  gilli  qumtoshlar,  gilli  slaneslar  va  b.), 
karbonatlar  (ohaktoshlar,  bo„r  va  b.)  va  kremniyli  jinslar  (opoka,  diatomitlar), 
shuningdek  yengil  eruvchi  sementlilar  (gips,  sementli  qumtoshlar  va  b.)  kiradi. 
Masalan,  gilli  qumtoshlarni  yumshatish  koeffitsiyenti  0,45  dan  oshmaydi, 
ohaktoshlarda u 0,15 dan 0,5 gacha o„zgaradi. Yumshatish koeffitsiyenti 0,75 dan 
kichik bo„lgan jinslar, ularni tabiiy qurilish materiali sifatida ishlatish uchun bo„sh 
mustahkamlikka ega deb hisoblanadi. 
 
Gruntlarning  yuvilishi  deb  grunt  qatlamining  yuzasiga  ta‟sir  qiluvchi 
harakatdagi  suvlar  ta‟siri  natijasida  ulardagi  agregat  va  elementar  zarralarning 
buzilish  qobiliyati  tushuniladi.  Gruntlarning  bu  xossalari  suvning  dinamik  ta‟siri 
bilan birgalikda grunt massivi yuvilishini aniqlaydi. 
 
Gruntlarning 
yuvilishini 
tavsiflash 
uchun 
ikkita 
ko„rsatkichdan 
foydalaniladi:  1)  gruntlardagi  ayrim  zarra  va  agregatlarning  ajralib  chiqishi  va 
ularning  oqim  bilan  aralashishi  boshlanishida  oqimning  o„rtacha  tezligini  aks 
ettiruvchi  suv  oqimining  yuvish  (yoki  kritik)  tezligi,  2)  yuvilishning  jadalligi  – 
yuvilgan  grunt  qatlamining  o„rtacha  qalinligining,  berilgan  yuvish  tezligida 
yuvilish  faoliyatiga  nisbati.  Ulardan  birinchisining  o„lchami  –  metr/sekund, 
ikkinchisiniki – millimetr/minut bo„ladi. 
 
Suvli  ta‟sirning  tavsifi  va  yo„nalishiga  bog„liq  holda  yuvilish  farqlanadi 
(3.13-rasm):  gruntning  yuzasi  bo„yicha  oquvchi  suvning  ta‟sirida  bo„ladigan 
gruntlarning  yuza  yuvilishi;  gruntga  suvning  frontal  ta‟siri  natijasida  hosil 
bo„ladigan  gruntlarning  to„g„ridan  to„g„ri  (lobovoy,  to„lqinli)  yuvilishi;  grunt 
massividan harakatlanuvchi suv ta‟sirida zarralarning chiqib ketishi bilan 
rivojlanadigan gruntlarning suffozion yuvilishi. 


113
 
 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish