A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Aeratsiya hududsida kapillyar kaymaning hosil bo‘lishi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

3.9-rasm. Aeratsiya hududsida kapillyar kaymaning hosil bo‘lishi: I – 
mustahkam bog„langan suvning hududsi; II – kapillyar kayma hududi; III – grunt 
suvlari; GSS – grunt suvining sathi. 
 
Ko„pchilik  gruntlar  polidispers  tizim  bo„lib,  ularni  har  xil  o„lchamli 
kapillyarlar tizimi deb ko„rish mumkin (3.10-rasm). Bunday tizimda hamma 


106
 
 
g„ovaklik-kapillyarlar  grunt  suvlaridan  suvning  ko„tarilishida  barobar  ishtirok 
etmaydi.  
 
3.10-rasm. Kapillyarlari o‘zaro bog‘langan tizimda suvning ko‘tarilish 
chizmasi. 
 
Suvlarning  kapillyar  ko„tarilish  balandligi  va  tezligi  favqulodda  gruntning 
granulometrik  tarkibiga  bog„liq  bo„ladi,  chunki  u  g„ovaklik  o„lchami  va  tavsifini 
ifodalaydi.  Gruntlarning  dispersligi  oshishi  bilan  ularda  g„ovaklik  o„lchami 
kichrayadi va shunga mos ravishda kapillyar ko„tarilish balandligi oshadi, aksincha 
suvning  ko„tarilish  tezligi  kamayadi.  Suvning  kapillyar  harakati  boshlang„ich 
tezligi  qancha  katta  bo„lsa,  uning  harakati  shuncha  tez  kamayadi  va  aksincha 
kapillyar  suvlarning  ko„tarilishi  qancha  sekin  bo„lsa  u  shuncha  balandga 
ko„tariladi.  Hamma  holatlarda  ham  kapillyar  ko„tarilish  tezligi  ko„tarilish 
boshlang„ich momentida eng katta qiymatga yetadi. 
 
O„rta  donali qumlarda  kapillyar  ko„tarilish  balandligi 0,15-0,35  m  ga  teng, 
mayda donalilarda – 0,5-1,0 m, supeslarda u 1-1,5 m gacha oshadi, suglinoklarda – 
3-4 m gacha. Gillarda suv P.S.Kossоnоvich fikricha 8 m balanlikka, lyosslarda – 3-
4 m gacha (ikki yil ichida) yetadi.  
 
Gruntlarning  kimyoviy-mineral  tarkibi  kapillyar  harakatning  balandligi  va 
tezligiga  ta‟sir  qiluvchi,  suvning  tarkibi  va  mineralizatsiyasi  bilan  birgalikda 
namlanishi  burchak  uchi  bilan  tavsiflanadigan  grunt  zarralarining  namlanishiga 
sezilarli  ta‟sir  qiladi.  S.A.Vladchenskiy  tajribalari  suvning  mineral  zarra  bilan 
o„zaro  bir-biriga  tegishida,  namlanishning  burchak  uchi  13  dan  58
o
  gacha 


107
 
 
bo„lishini  ko„rsatadi.  Uning  bunday  katta  diapazonda  o„zgarishi  bir  tomondan 
zarralarning har xil mineral tarkibi, boshqa tomondan – ular yuzasini har xil holati 
bilan tushuntiriladi. Grunt zarrasining namlanishini (natijada kapillyar ko„tarilishni 
oshiruvchi)  kuchaytiradigan  omillarga  mineral  zarrasining  yuzasi  tozaligi,  ularda 
gidrofilli plyonkaning borligi va boshqalar taalluqliydir. 
 
Gruntlarda  suvning  kapillyar  ko„tarilishi  balandligi  ularning  birlamchi 
namlanish  holatiga  ham  bog„liqdir.  Xususan,  quruq  qumlar  namlilarga  nisbatan 
kam  suv  ko„tarish  qobiliyatiga  ega  ekanligi  aniqlangan.  V.Ya.Stapernis
 
ma‟lumotlariga  asosan  nam  gruntda  kapillyar  ko„tarilishning  balandligi  quruq 
gruntga  nisbatan  3-4  marta  ko„pdir.  Bunday  farqni  nam  va  quruq  gruntning 
minerallarning zarrasi namlanishi bir xil emasligi bilan tushintirish mumkin.  
 
Gruntda  suvning  kapillyar  ko„tarilishiga  uning  g„ovakligida  bo„lgan 
adsorblashgan  va  siqilgan  havoning  borligi  ham  ta‟sir  qilishi  mumkin.  Siqilgan 
havo grunt g„ovakligida qancha ko„p bo„lsa, shuncha kapillyar ko„tarilish qiymati 
kam  bo„ladi.  Katta  miqdordagi  siqilgan  havoning  bo„lishi  kapillyar  ko„tarilishni 
to„xtatishi mumkin. 
 
Bog„langan suv bilan to„lgan ultrag„ovakliklar kapillyar ko„tarilishda ishti- 
rok  etmaydi. Shuning  uchun  gruntda  ultrag„ovaklikni  keltirib  chiqaruvchi  hamma 
omillar  (zichlashtirish,  og„ir  gillarda  ko„p  valentli  ionlarni  bir  valentliga 
almashtirish) suvning kapillyarlardan ko„tarilish balandligini kamaytiradi. 
 
Gruntlarda suvning kapillyar ko„tarilishi ma‟lum darajada uning almashinuv 
kationlari  tarkibi  bilan  belgilanadi.  Shu  bilan  birgalikda  kationlarning  har  xil 
tarkibli gruntlarda kapillyar ko„tarilishning balandligiga ta‟siri har xil bo„ladi. 
 
Kapillyar  ko„tarilish  balandligi  va  tezligiga  gruntlarning  struktura-tekstura 
xususiyati  ham  katta  ta‟sir  qiladi.  Monolitli  gruntlarda,  suvning  kapillyar 
ko„tarilishi,  gruntning  hamma  qatlami  bo„yicha  to„siqsiz  amalga  oshadi.  Aniq 
ayrim  mikrostrukturaga  ega  bo„lgan  gruntlarda  suvning  kapillyar  ko„tarilishi, 
ayrim strukturali elementlar orasida kapillyar bo„lmagan g„ovaklik bo„lgani uchun 
qiyin  kechadi.  Bunday  gruntlarda  kapillyar  kuchlar  ta‟sirida  suvlarning  harakati 
agregat ichidagi struktura elementi atrofi yuzasida kechadi. 


108
 
 
 
Kapillyar  ko„tarilish  tezligi  va  balandligiga,  shuningdek,  g„ovaklikdagi 
suvning  kimyoviy  tarkibi  va  mineralizatsiyasi  ham  ta‟sir  qiladi.  Ularning 
konsentratsiyasi oshishi yuza tortish qiymati ortishi natijasida kapillyar ko„tarilish 
balandligining  oshishiga  olib  keladi.  Suvda  har  xil  tuzlarning  bo„lishi  ham 
kapillyar ko„tarilish balandligining oshishga va kamayishiga olib kelishi mumkin. 
B.B.Polinov  tadqiqotlari  kapillyar  ko„tarilish  jarayonida  bir  xil  tuzli  gruntlarda 
katta  balandlikka  ko„tarilish,  boshqalarida  –  kam  balandlikka  ko„tarishini 
ko„rsatadi.  Xususan,  bir xil  mineralizatsiyada va boshqa  teng sharoitlarda  xlorid-
natriyli suvlar sulfat-natriyli suvlarga nisbatan balandga ko„tariladi. 
 
Gruntlarda  kapillyar  ko„tarilishning  balandligi  bir  qancha  muhandis 
inshootlarini  (fuqaro,  sanoat,  yo„l,  aerodrom  va  b.)  loyihalashda  hisobiy  tavsif 
bo„lib boshqa ko„rsatkichlar bilan birgalikda, shuningdek, qishloq xo„jalik yerlarini 
drenajlashda  grunt  suvlari  chuqurligini  oshirishda,  ularning  botqoqlanishi  va 
sho„rlanishi oldini olishda foydalaniladi. 
 
Strukturali  bog„lanishga  ega  bo„lgan  gruntlar  quruq  holatida  eng  katta 
mustahkamlikka  ega  bo„ladi.  Bunday  gruntlarning  kapillyar  namlanishida 
mustahkamligi  kamayadi.  Zarralari  orasida  strukturali  bog„lanishi  bo„lmagan 
gruntlarda  (chang,  sochiluvchan  qumlar,  gruntli  kukunlar)  kapillyar  namlanishda 
teskari  manzara  namoyon  bo„ladi.  Bu  holatda  zarralar  orasida  bog„lanish  hosil 
bo„ladi, gruntlarning mustahkamligi oshadi. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish