A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Kirishishda gilli suv shimgan gruntning hajmini o‘zgarishi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

3.7-rasm. Kirishishda gilli suv shimgan gruntning hajmini o‘zgarishi: 
–  sekinlashgan  kirishish  bosqichi;  II  –  normal  kirishish  bosqichi;  III  –  qoldiqli 
kirishish bosqichi; 1, 2 va 3 – qoldiq kirishishning har xil turlari; W
KCH
 – kirishish 
chegarasidagi namlik; W
OQ
 – oquvchanlik chegarasidagi namlik. 
 
Shunday  qilib,  kirishishda  grunt  hajmi  o„zgarishi  bir  qator  kuchlarning 
o„zaro ta‟siri ostida yuzaga keladi: kapillyar bosim, kapillyar bosim va bog„langan 


103
 
 
suvlarning  ta‟siri  kamaygandan  so„ng  strukturali  karkas,  g„ovaklik 
eritmasidan cho„kindiga tushadigan birikmalarning kristallashuv bosimi. 
 
Gruntlarning kirishishini uning chiziqli o„lchamini yoki namunaning hajmini 
kichrayishi bo„yicha tavsiflash qabul qilingan. Shunga binoan u nisbiy chiziqli (b
l

va hajmiy (b
V
) kirishishlarga farqlanadi : 
                                  
1
2
1
l
l
l
b
l


 
va 
1
2
1
V
V
V
b
V


,                                              (3.5) 
bu  yerda  l

va  V
1
  –  namunaning  boshlang„ich  uzunligi  va  hajmi,  l

va  V
2
  –  o„sha 
namunaning kirishgandan so„ngi uzunligi va hajmi. 
 
Nisbiy  chiziqli  va  hajmiy  kirishishning  miqdori,  odatda,  foizda  o„lchanadi. 
Bir xil tarkibli izotrop gruntlar uchun hajmiy kirishish chiziqli kirishishga nisbatan 
uch marotaba uzun bo„ladi.  
 
Gruntlarning  kirishish  miqdori  ularning  dispersligiga,  kimyoviy-mineral 
tarkibiga,  namligi  -  g„ovakligiga,  struktura  va  teksturasiga  bog„liq  bo„ladi.  Bu 
xossalar  eng  ko„p  gilli  jinslarda  namoyon  bo„ladi.  Uning  qiymati  gruntlarda  gil 
zarralarining miqdoriga bog„liq bo„ladi: gilli gruntlarning dispersligi qancha yuqori 
bo„lsa,  bir  xil  sharoitda  kirishish  shuncha  katta  bo„ladi.  Ammo  strukturasi 
buzilmagan lyossimon gruntlar uchun kirishish qiymatining gil zarralari miqdoriga 
bog„liqligining aniq qonuniyati kuzatilmaydi.  
 
Gilli  jinslarda  kirishishning  qiymati  boshlang„ich  g„ovaklikka  va  namlikka 
kuchli  darajada  bog„liq  bo„ladi:  boshlang„ich  g„ovaklik  (namlik,  3.7-rasmga
 
qaralsin) qancha katta bo„lsa, kirishish ham shuncha katta bo„ladi. 
 
Gruntlarning  kirishishiga  strukturali  bog„lanishning  mustahkamligi  juda 
kuchli  ta‟sir  qiladi.  Bir  xil  boshlang„ich  g„ovakligida  va  namligida  pastaning 
kirishishi, odatda, tabiiy strukturali bog„lanishdagi namunalardan bir necha barobar 
yuqori  (masalan,  lyossimon  suglinoklarda  –  3,6-5,8  marotaba)  bo„ladi.  Yosh  gilli 
yotqiziqlar  uchun  strukturali  bog„lanishning  kirishishga  ta‟siri,  tarkibida 
mustahkam sement bo„lmaganda, sezilarli bo„lmasligi mumkin. 
 
Gilli  cho„kindi  va  jinslar  kirishish  jarayonida,  odatda,  yoriqliklar  hosil 
qiladi.  Ularning  yuzaga  kelish  sabablari  namlik  va  haroratning  bir  tekis 


104
 
 
tarqalmasligi  natijasida  zarralar  va  agregatlar  orasidagi  strukturali  bog„lanishning 
mustahkamligidan  katta  bo„lgan  kuchlanishning  rivojlanishidir.  Bu  holda  jism 
markazida  siquvchi,  yuzasida  cho„zuvchi  kuchlanish  hosil  bo„ladi.  Namlik  va 
harorat  bir  xil  tarqalganda  nam  gilli  gruntlarning  kirishishi  ular  butunligining 
buzilishiga olib kelmaydi. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish