Gilli grutlarga 5% dan kam bo„lmagan miqdorda gilli zarralari bo„lgan
nozik dispers hosil bo„luvchilarga taalluqliydir. Tarkibi bo„yicha ular gil, suglinok
va supeslarga bo„linadilar.
Gilli gruntlarning shakllanishi juda xilma xil sharoitda kechadi. Genezisi
bo„yicha ular ellyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial, ko„lli, dengizli, lagunali,
ko„lli va eolli bo„lishi mumkin. Gilli gruntlar hosil bo„lishining bunday keng
miqdorda o„zgarishi ularning tarkibini, tuzilishini va xossasini kuchli o„zgarishga
olib keladi.
193
Hamma gilli gruntlar tarkibi bo„yicha asosan kvarsli donador zarralardan
(qumli va changli) va nozik dispers gilli minerallardan tuzilgan bo„ladi.
Tarkibi bo„yicha eng murakkabi gilli jinslarning nozikdispers tuzilmalaridir.
Ular asosan gilli minerallardan iborat bo„lib, ular orasida keng tarqalgani
gidroslyuda, montmorillonit, kaolinit, aralash qatlamli va xloridlardir. Gilli
jinslarning ko„pchilik xossalari gil minerallari bilan bog„liq – ularning yuqori
gidrofilligi, plastikligi, ko„pchish qobiliyati, ion almashinuvi va boshqalarga
bog„liq bo„ladi.
Gilli minerallar – nihoyatda harakatchan tizimdir. Ular doimo sedimen-
togenez jarayonida qayta o„zgarishga uchraydilar, shuningdek iqlim, gidrokimyo
va tektonik omillar o„zgarishi bilan litogenezning postsedimen-tatsiya bosqichida
ham o„zgaradi.
Gilli jinslarning hosil bo„lishida sharoitning turliligi ularning tuzilishini har
xil bo„lishiga olib keladi. Materiallarning navlanish t vsifiga asosan gilli qatlamlar
bir xil yoki har xil bo„lishi mumkin. Oxirgisi, o„zining navbatida tartibsiz har xil
va qatlamlilarga bo„linadi.
Bir xil gilli qatlam odatda suvli va o„zgarmas tektonik tartibli muhitda
shakillanadi. Tartibsiz har xil tuzilish elyuvial, delyuvial, muzli va bir qator
prolyuvial gillarning tuzilishiga xos. Ular, odatda, qatlam bo„lmagan yoki aniq
qatlamli gilli massadan iborat bo„lib, tartibsiz yirik donali materiallardan,
shuningdek linzalar va qum qatlamlari va yuqori dispers gillardan iborat.
Ko„pincha gilli yotqiziqlar gorizontal qatlamli tuzilishga ega bo„ladilar.
Qatlamli tuzilish allyuvial, ko„lli, suv-muzli, laguna, dengiz va prolyuvial
tizilmalarga xosdir. Qatlamligi, odatda, jinsning tarkibi va rangini o„zgarishi bilan
bilinadi. Qatlamligining hosil bo„lish sharoitiga bog„liq ravishda yirik, mayda yoki
mikroskopik (mikroqatlam) bo„lishi mumkin.
Gilli jinslarning xossalariga ularning mikrotuzilishi katta ta‟sir qiladi. Gilli
yotqiziqlar orasida 8 xil mikrotuzilishni ajratish mumkin: yacheykali, skeletli,
matritsali, turbulentli, laminarli, uychali, psevdoglobulyar va gubkali (4.8-rasm).
194
g d e
j z
Do'stlaringiz bilan baham: |