A. D. Kayumov gruntshunoslik


Gruntlarning  korrozion  xossalari



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Gruntlarning  korrozion  xossalari.  Korroziya  deb  materiallarning  atrof-
muhit bilan (gazlar, suyuq va qattiq komponentlar) kimyoviy yoki elektrkimyoviy 
ta‟sirlanishi  natijasida  buzilish  jarayoniga  aytiladi.  Korroziya  bir  necha  xilga 
ajratiladi.  Ulardan  bittasi  metall  va  metall  bo„lmagan  konstruksiyalarning  grunt 
bilan o„zaro ta‟sirlanishida hosil bo„ladigan yer osti korroziyasidir.  
 
Gruntlarda  metall  korroziyasi  asosan  elektrkimyoviy  hodisa  hisoblanadi. 
Metallning  elektrolit  (gruntning  suyuqlik  tarkibi)  bilan  to„qnashuvida,  elektr-
kimyo  korroziyasi  nazariyasiga  asosan,  metall  yuzasida  ko„p  miqdorda  korrozion 
elementlar  yuzaga  keladi.  Ularning  tabiati  elektrolit  bilan  to„qnashadigan  metall 
yuzasining  ayrim  uchastkalari  elektr  potensiallarining  farqlari  natijasida  hosil 
bo„ladigan galvanik elementlar tabiatiga o„xshash bo„ladi. Bunday ikkita uchastka 
elektrolitga tushirilgan metall bilan o„zaro birikkan bo„lib, uning natijasida yopiq 
elektr  zanjiri  hosil  bo„ladi.  Bu  zanjirda  kuchi  korrozion  buzilish  o„lchamini 
aniqlaydigan  doimiy  elektr  tok  oqadi.  Natijada  anod  maydonida  metall  ionining 
elektrolitga  o„tishi  bilan  buzilish  kuzatiladi,  depolyarizatsiya  jarayoni  bo„ladigan 
katodda,  metall  buzilib  qolmasdan  ma‟lum  darajada  korroziyadan  himoyalangan 
bo„ladi. 


124
 
 
 
Metallarning yer osti korroziyasi uning eng murakkab turlari qatoriga kiradi. 
Ularning  yuzaga  kelishi  asosiy  sabablari:  1)  grunt  namligining  metall 
konstruksiyasiga  ta‟siri,  natijada  korrozion  elementlar  hosil  bo„ladi;  2)  quvur 
o„tkazgichlarning atrofida bo„ladigan elektrolitlarda bo„lgan adashgan toklar ta‟siri 
natijasida  gruntda  kechadigan  elektroliz  hodisasi;  3)  gruntlarda  bo„lgan 
mikroorganizmlarning (biokorroziya hodisasini keltirib chiqaruvchi) ta‟siri. Uning 
tezligi juda katta miqdorda gruntning korrozion faolligi bilan belgilanadi, bu yangi 
quvur o„tkazgichda birinchi teshik hosil bo„ladigan muddat bilan baholanadi. Uni 
hosil  bo„lish  muddati,  I.A.Prutil  tasnifi  bo„yicha  diametri  300  mm,  devorining 
qalinligi  8-9  mm  bo„lgan  po„lat  quvur  o„tkazgichda,  past  korrozion  faollikda  25 
yildan oshadi; yuqori korrozion faollikda u 5-10 yildan iborat bo„ladi, juda yuqori 
faollikda – atigi 1-3 yil davom etadi. 
 
Gruntlarning  korrozion  faolligi  ko„plab  omillar  bilan  belgilanadi.  U 
gruntlarning  kimyoviy  tarkibiga  sezilarli,  xususan  suvda  eriydigan  birikmalar 
borligiga  va  tarkibiga,  bog„liq  bo„ladi.  Shunga  qaramasdan,  gruntlarda  ular 
miqdori  odatda  ko„p  bo„lmaydi,  ular  g„ovaklik  elektrolitining  hosil  bo„lishida, 
uning  solishtirma  elektr  qarshiligi  shakllanishida  muhim  ahamiyatga  ega  va 
hamma  korrozion  jarayonlarning  kechishiga  ta‟sir  qiladi.  Cl
-
  va  SO
4
2- 
ionlarining 
miqdori  oshishi  bilan  (taxminan  0,1  %  dan  ortiq)  odatda  gruntlarning  korrozion 
faolligi  oshishi  kuzatilgan:  gruntlarda  xloridlarning  ko„p  bo„lishi  bilan  metallar 
jadal korroziyaga uchraydi, bu hodisa sulfatlarda kam darajada kuzatiladi. 
 
Gruntlarning korrozion xossalariga ularda Ca
2+ 
va Na

kationlarining bo„lishi 
katta  ta‟sir  qiladi.  Bu  ikkita  birikma  gruntning  suv-  va  havo  o„tkazishiga  ta‟sir 
qiladi va gruntlarda suyuq va gazsimon komponentlarning nisbatini aniqlaydi. Bu 
nisbat ta‟sirida gruntlarning korrozion xossalari o„zgaradi. 
 
Gruntlarning  korrozion  faolligiga  ularni  namligi  katta  ta‟sir  qiladi.  Quruq 
gruntlarda  korrozion  elementlarni  hosil  qilish  uchun  kerak  bo„ladigan  elektrolit 
bo„lmagani  uchun  korroziya  kuzatilmaydi.  Ammo,  uncha  katta  bo„lmagan 
namlikda,  gruntda  faqat  mustahkam  bog„langan  suv  bo„lganda,  korrozion 
jarayonlar kuzatila boshlanadi, lekin bu holatda korroziya tezligi juda kam bo„ladi. 


125
 
 
Gruntlarning  namligini  keyinchalik  ortishi,  korroziya  elementlarining  ishlash 
jadalligi  tezlashishi  va  ularning  zanjirlarini  qarshiligining  kamayishi  natijasida, 
korroziya  tezligi  oshishiga  olib  keladi.  Bog„langan  gruntlarda  korroziya  tezligini 
maksimal  miqdorigacha  oshishga  olib  keluvchi  chegaraviy  namlik  10-12  %  ni 
tashkil  qiladi.  Qumlarda  u  birmuncha  kam.  Keyinchalik  namlikni  oshishida 
korroziyaning  maksimal  tezligi  amalda  qandaydir  chegaraviy  namlikkachang 
o„zgarmas  bo„ladi,  bu  namlikni  20-25  %  deb  hisoblasa  bo„ladi.  Bu  namlikda 
elektrkimyoviy  korroziya  jarayonining  borishini  oldini  oluvchi,  grunt  g„ovakligi 
suvga  to„liq  bo„lmaydi.  G„ovakliklar  suvga  to„liq  to„yinganlarida  yoki  to„liq  suv 
sig„imiga  yaqin  namlikda  havoning  metallga  kirishini  qiyinlashtiruvchi  suvning 
uzluksiz qatlami hosil bo„ladi, natijada korroziya tezligi kamayadi.  
 
Gruntlarning  korrozion  faolligi  ularni  gazlarga  to„yinganligiga  bog„liq 
bo„ladi. Xususan, gruntlarning har xil chuqurlikda gazga to„yinganligi eski quvur 
o„tkazgichlari  tagida  yeg„ilishi  bilan  bog„liq,  uni  yuqori  qismida  holati  nisbatan 
yaxshi  bo„ladi.  Bu  hodisa  -  anod  hududining  yuzaga  kelishi,  kislorodning  kirib 
borishi  qiyin  bo„ladigan  quvur  quyi  qismidagi  aeratsiya  g„ovakligining  hosil 
bo„lishi bilan tushuntiriladi. Bunday korrozion elementlarga havoning erkin kirishi 
ular  ishini  faollashtiradi,  shuning  uchun  gruntlarning  havo  o„tkazuvchanligi, 
ko„pchilik  hollarda,  korroziyaga  juda  xavfli  hisoblanadi.  Gruntlar  tarkibida 
uchraydigan  gazlarning  hamma  shakllaridan  eng  ahamiyatga  ega  bo„lgani  erkin 
havodir,  uning  miqdori  gruntning  struktura-tekstura  xossalari  va  ularning 
namligiga bog„liq bo„ladi. 
 
Gruntdagi  gazlarning  tarkibi  ham  ma‟lum  miqdorda  ahamiyatga  ega. 
Masalan,  kislorod  korroziya  sharoitida  farqli  ta‟sir  qiladi,  odatda  uning  tezligini 
oshiradi. Temir bilan bog„lanuvchi va temir sulfidini hosil qiluvchi vodorod sulfidi 
sezilarli xavf tug„diradi. 
 
Yer osti korroziyasi borishiga mikroorganizmlar hayot faoliyati ham sezilarli 
darajada ta‟sir qiladi, xususan bunda sulfat tiklovchi, temirli, vodorod bog„lovchi 
bakteriyalarni  alohida  ta‟kidlash  lozim.  Ular  biokorroziyaning  rivojlanishiga  olib 
keladi. 


126
 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish