A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

7.5. Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari 
Tayanch tushuncha va iboralar: 
qishloq xo‗jaligi, eksport, tabiiy 
unumdorlik, 
iqtisodiy 
unumdorlik, 
transformatsiyasi, 
irrigatsiya, 
melioratsiya, ball bonitet, agrosanoat majmuasi, agrosanoat integratsiyasi, 
tuproq eroziyasi. 
7.1. Qishloq joylarning tabiiy-iqlim sharoiti va relefi 
O‗zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-
geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi o‗ziga xos pasttekislik va tog‗ 
relefini o‗z ichiga oladi. O‗zbekiston hududining katta qismini 
pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. 
Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‗ 
(mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. 
Dunyoning bepoyon cho‗llaridan biri mamlakat hududi markazida - 
Qizilqum joylashgan. 
Mamlaktimiz bo‗yicha qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlarning 
umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3 
988,5 ming gektarni, ko‗p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‗z 
yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, 
boshqa 
yerlar
4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi. 
Keyingi 
yillarda 
yurtimizda 
yer 
va 
suv 
munosabatlarini 
takomillashtirish, qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yer maydonlarini 
maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‗llash, 
yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, 
innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli 


189
paxta va g‗alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, 
eksportbop mahsulotlar etishtirish bo‗yicha tizimli choralar amalga 
oshirilmoqda. 
Yer va suvning jamiyatdagi, ayniqsa, qishloq xo‗jaligidagi o‗rni va 
ahamiyati beqiyosdir. Aholi ulardan yashash uchun uy-joy, binolar qurish, 
iste‘mol etish uchun turli hildagi mahsulotlarni etishtirish va boshqa 
maqsadlarda foydalanadilar. Shunday ekan yer va suvdaning qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishdagi ahamiyati juda ulkandir. Chunki tarmoqda 
ulardan foydalangan holda turli hildagi o‗simlikchilik hamda chorvachilik 
mahsulotlarini, talabni qondiradigan darajada ishlab chiqarish mumkin. 
Shunday holni e‘tiborga olgan holda ingliz iqtisodchi olimi Uiliyam Petti 
«yer boylikning onasidir» deb aytgan.
Respublika dehqonchiligi sug‗orishga asoslangan. Shuning uchun suv 
ham yer kabi eng zarur vosita hisoblanadi. Qishloq xo‗jaligidan 
olinayotgan mahsulotlar, masalan, paxta, sholi, tamaki, sabzavot, poliz, 
makkajo‗xori, 
bug‗doy, 
arpa, 
emxashaklarning 
aksariyat 
qismi 
sug‗oriladigan erlarda yetishtiriladi.
Mintaqada qishloq xo‗jalik mahsulotlarining 95foizdan ortig‗i 
sug‗oriladigan maydonlarda etishtiriladi. Sanoatning qishloq xo‗jalik 
xomashyolariga, aholining esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabi 
qondirilishida yer va suvning ahamiyati juda katta. Yerlardan, suvlardan 
qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
hajmi shunchalik ko‗payadi, natijada yuqorida ta‘kidlangan talablarning 
qondirilish darajasi ortadi.
Lekin yerdan asosiy vosita sifatida foydalanishda uning quyidagi 
xususiyatlarini e‘tiborga olish maqsadga muvofiqdir:
a) yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. 
Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira 
olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalarni, 
masalan, 
traktorlarni, 
mashinalarni 
talabni 
qondirish 
maqsadida 
xohlagancha ishlab chiqarish mumkin;
b) erning tabiat mahsuli ekanligi. Yer va suv tabiat mahsulidir. Shuning 
uchun uning kelajakdagi taqdiri tabiatga bog‗liq. Boshqa asosiy vositalar, 
ya‘ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar inson mehnatining 
mahsulidir. Zaruriyat tug‗ilganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi 
mumkin. Yer va suvni esa inson ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun 
ular cheklangan resurslar deb ataladi;


190
v) yer - qishloq xo‗jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir. 
Respublika hududida mavjud bo‗lgan yerlardan qishloq xo‗jalik
mahsulotlari etishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi 
davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi;
g) erni qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtirish maqsadida bir joydan 
ikkinchi joyga ko‗chirib yurish imkoniyati cheklangan. Undan joylashgan 
makonida, ya‘ni statsionar holatda oqilona foydalanish mumkin. Lekin 
mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlarni 
amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin;
d) erning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining 
mavjudligi, unga ilmiy asoslangan holda ishlov berish natijasida uning 
unumdorligi oshib boradi. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, 
o‗g‗itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin.
Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi 
oqibatida jismoniy jihatdan eskirib ishdan chiqadi. Ular vaqt o‗tishi bilan 
fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma‘naviy jihatdan ham eskiradi. Lekin 
yerga e‘tibor berilsa, undan fan-texnika yutuqlarini joriy etgan holda 
oqilona, samarali foydlanilsa, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo 
bu, uning unumdorligi cheklanmagan, degani emas. Shunday ekan, erning 
unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‗jaligida erning yuqori qatlami hisoblangan tuproq 
unumdorligi katta ahamiyat kasb etadi. Hayotda tuproq unumdorligining 
quyidagi turlari mavjud: tabiiy, sun‘iy va iqtisodiy unumdorlik.
Tuproqning tabiiy unumdorligi–tabiat mahsulidir. U tabiatning ta‘siri 
natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri 
hamda yog‗ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlarning ta‘siriga 
bog‗liqdir. Ularning ijobiy ta‘sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi 
bo‗ladi. Sun‘iy va iqtisodiy unumdorlik esa inson mehnati natijasida 
shakllantirilib, oshirilishi mumkin. Jumladan, mehnat, mablag‗ sarflab, 
yerlarning irrigatsion, meliorativ holatini yaxshilab, sifatli urug‗ ekib, 
ularni o‗g‗itlash, yaxshi sifatli ishlov berish orqali tuproqning suniy va
iqtisodiy unumdorligini yuksaltirilishi mumkin.
Qishloq xo‗jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha 
viloyatlarda bir xilda bo‗lmay, bir-birlaridan farq qiladi.
Masalan, Andijon, Namangan va Farg‗ona viloyatlarining aksariyat 
hududlarida ekinlarni sug‗orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, 
ya‘ni ularning tarkibida hosildorlikka salbiy ta‘sir etuvchi turli xildagi 


191
minerallar kam, lekin Sirdaryo, Jizzah, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, 
Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor 
va boshqa moddalar ko‗p.
Shuning uchun ham ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol 
qishloq xo‗jalik mahsulotlari etishtirish hajmiga, sifatiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. Kelajakda yerlarning unumdorligini oshirish, suvlarning sifatini 
yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga 
oshirish orqali zarur qishloq xo‗jalik mahsulotlari hajmini, miqdorini 
ko‗paytirishga va sifatini yaxshilashga erishish mumkin.
Respublika jami yer fondining asosiy qismini qishloq xo‗jalik 
korxonalari, tashkilotlari foydalanmoqdalar. Masalan bu tarmoqda 1995-
yilda 67foizga yaqini foydalangan bo‗lsa 2018-yilga kelib 48.3foizi 
foydalangan. Ular bu yerlardan turli hildagi qishloq xo‗jalik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish maqsadida foydalanadilar. Demak, qishloq xo‗jaligining 
asosiy maqsadi aholi va chorva hayvonlari iste‘mol qiladigan mahsulotlarni 
hamda qayta ishlovchi sanoat korxonalari uchun hom ashyo mahsulotlarni 
ishlab chiqarish.
Qishloq xo‗jaligining asosiy maqsaddidan kelib chiqqan holda yerdan 
quyidagi yo‗nalishlarda foydalanilmoqda:
-urug‗ ekib va ko‗chat o‗tkazib hosil olinadigan yerlar. Ular ekinzor 
yerlar deb ataladi. Ularning maydoni hrtacha 4 mln. gektarni tashkil etgan.
-meva mahsulotlarini etishtirish maqsadida ko‗chatlar o‗tkaziladigan 
yerlar. Ular ko‗p yillik darahtzor yerlar deb ataladi. Ularning maydoni 
334.4ming gektar.
-chorva hayvonlari uchun mahsulotlar etishtiriladigan yerlar. Ularni 
pichanzorlar va yaylovzorlar deb atash mumkin. Ular 11973.3ming 
gektarni tashkil etadi.
Yuqorida ta‘kidlangan yerlar qishloq xo‗jalik yerlari deb ataladi. 
Qishloq xo‗jaligida bulardan tashqari fuqorolarga meros qoldirish huquqi 
bilan berilgan yerlar mavjud. Ular oila tamorqa yerlari deb yuritiladi. 
Bulardan tashqari o‗rmonzor yerlar ham mavjud. Bu yerlar suv bilan 
ta‘minlaydigan 
sug‗orish 
shahobchalarining 
mavjudligiga 
qarab 
sug‗oriladigan hamda lalmi yerlardan tashkil topgan.
O‗zbekistonda 2019 yil 1-yanvar holatida sug‗oriladigan yer maydoni 
4191,2 ming gektarni tashkil etgan. Bu jami yer maydonining 9.34 foiziga 
tengdir. Shu maydondan mamlakat qishloq xo‗jalik mahsulotining 95 foizi 


192
olinmoqda. Bu sug‗oriladigan erning ahamiyatini nihoyatda ulkanligidan 
dalolat beradi.
Shuning uchun ham respublikada bu yerlardan to‗liq va samarali 
foydalanishga doimo katta e‘tibor beriladi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish