A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Kooperativlashtirish.
Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji 
ishlab chiqarishni koooperativlashtirish asosida amalga oshadi. 
Kooperativlashtirish- bu ma‘lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va 
xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo‗yicha tarmoqlar va ular 
korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
Kooperativlashtirishda mahsulot yetkazib berish tartibi ishlab chiqarish 
jarayonida 
buyurtmachining 
ma‘lum 
ishlab 
chiqarish-texnikaviy 
topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperativlashtirish 
xomashyo, yoqilgi va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda 
buyurtmalarni yetkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-
texnika ta‘minotidan farqlanadi.
Kooperativlashtirish murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
o‗zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 
yaxshilash bilan bog‗liq bo‗lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat 
yaratib beradi.
Sanoatning 
rivojlanish 
davrlarida 
ishlab 
chiqarishni 
kooperativlashtirishning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi: - buyumli (agregatli) kooperativlashtirish; - 
texnologik kooperativlashtirish; - tarmoqlararo kooperativlashtirish;
- iqtisodiy rayonlararo kooperativlashtirish. Buyumli (agregatli) 
kooperativlashirish - bu mashina va asbobuskunalar ishlab chiqaruvchi 
bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni yetkazib beruvchi 
korxonalarning 
faoliyatidan 
iborat. 
Masalan, 
detallar 
bo‗yicha 
kooperativlashtirish usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga 
sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning 
qismlarini yetkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperativlashtirish — bu bir va bir necha korxonalar 
o‗rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo‗yicha hamkorlikdir. 
Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan
tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish koooperatsiyasi vujudga keladi.
Tarmoqlararo kooperativlashtirish sanoat tarmoqdarining bir biriga 
xizmat ko‗rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining 
mashinasozlik tarmog‗i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi 
mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir 
biriga butlovchi buyumlar yetkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib 
berish mumkin.


170
O‗zaro bog‗liq bo‗lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan 
iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperativlashtirish keng tus 
olishi mumkin.
Rayonlararo kooperativlashtirish turli iqtisodiy hududlarda joylashgan 
korxonalar o‗rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish 
uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil 
ko‗rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. 
Bunda yetkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-
alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona 
(firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab 
chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo‗ladi.
ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va 
butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida 
tashqaridan kooperativlashtirish yo‗li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va 
butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi.
Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab 
chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar o‗rtasida o‗zaro hamkorlik uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng 
muhim shartlari hisoblanadi. 
Ichki bozordagi ehtiyojlar hajmlarining tahlili davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini amalga oshirish orqali 
sanoat kooperatsiyasini va talab yuqori bo‗lgan tovarlarning alohida 
turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalanilmayotgan 
imkoniyatlar mavjudligini ko‗rsatmoqda. 
Xususan, ushbu yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 maydagi «Sanoat 
kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar 
ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarorida 
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‗ljallangan 
ustuvor yo‗nalishlari belgilab olindi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish