A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Diversifikatsiyalash
- lotincha diversification so‗zidan olingan bo‗lib 
«o‗zgarish, xilma-xillik» ma‘nosini bildiradi.
Iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiya 
qilish tufayli tarmoqlar va korxonalarning faoliyat sohalari o‗zgaradi va 
tayyorlanadigan mahsulotlar turi ko‗payib boradi.
Ilgari to‗la ixtisoslashgan korxonalarning boshqa ishlab chiqarish 
tarmoqlari, xizmat ko‗rsatish sohalariga kirib borishi, ularning faoliyat 
sohalarining kengayishini bildiradi.
Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, 
xizmat ko‗rsatish hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band bo‗lgan 
kompaniyalar, birlashma va jamiyatlar, ammo hamisha ham texnologik 
jihatdan bog‗lanmagan keng tarmoqli komplekslar vujudga keladi.
Mustaqillikning ilk davridan boshlab asta-sekin tovar ishlab 
chiqarishda 
tor 
ixtisoslikdan 
voz 
kechish, 
korxonalarda 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar turini (nomenklatura va assortimentini) 
ko‗paytirish, ko‗rinishini o‗zgartirish, yangidan yangi mahsulotlari ishlab 
chiqarishni o‗zlashtirish ya‘ni ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich 
diversifikatsiya qilish jarayonlarini amalga oshirish yo‗lga qo‗yildi.
Keyingi yillarda esa past rentabelli va zarar ko‗rib ishlaydigan 
korxonalarni diversifikatsiya qilishga katta e‘tibor berilmoqda. Natijada 
ular oyoqqa turib mahalliy xomashyodan yangi turdagi mahsulotlar ishlab 
chiqarmoqdalar va hozirgi paytda nafaqat ichki bozorda, balki tashqi 
bozorda ham yetakchi o‗rinlarni egallamoqdalar.
Masalan, diversifikatsiyalashning eng yuqori darajasi Navoiy 
viloyatiga xosdir. Bu hudud nafaqat oltin, kumush, marmar, fosforit, 
kvarts, feruza va ohaktosh kabi mahsulotlarni, balki yassigulli, qalamdulli, 
qovurg‗a gulli kumush sur terisi kabi qorako‗l terilari bilan ham ma‘lum va 
mashxurdir. Ulardan tikilgan ayollar va erkaklar liboslari, turli dizayndagi 
to‗n, nimcha va bosh kiyimlari ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham 
raqobatdosh va bozori chaqqon tovarlar hisoblanadi.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida 
amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‗ylangan siyosat 
bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta‘siridan himoya qiladigan 
kuchli to‗siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini 
yaratadi. 


169

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish