Raqobat ustunligi
Korxonalar mintaqaviy
tizimi
Innovatsiyalar asosida
tovar ishlab chiqarish
Sotish bozori
Daromad olish
Mintaqa
rivojlanishiga
investitsiyalar va
innovatsiyalar
Mintaqa
rivojlanishiga
investitsiyalar va
innovatsiyalar
12.2-rasm. Mintaqada raqobat ustunligidan olinadigan
samara
Xulosa chiqarib, shuni ta‘kidlash kerakki, mintaqada raqobatni
rivojlantirish foydalidir, bu esa mavjud omillarni aniqlash uchun
mintaqaning barcha elementlarini batafsil tahlil qilishga majbur qiladi
14.4. Mintaqaviy darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat choralari
bilan mintaqaning raqobatdoshligini oshirish
Raqobatbardoshlik mazmunini ijobiy anglash ekzogen va endogen
omillar (o‗zgaruvchilar) ni hisobga olgan holda butun iqtisodiyot darajasida
ham, ma‘lum bir mintaqa miqyosida ham ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
tadbirlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega.
377
Milliy iqtisodiyot singari, mintaqa uchun ham mintaqalarning
raqobatbardoshligiga ta‘sir ko‗rsatadigan uchta vositani ajratish mumkin.
1. Mintaqaviy iqtisodiyotni va uning milliy va jahon iqtisodiyotidagi
mavqeini
mustahkamlashga,
pirovardida
firmalar
va
ularning
mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan umumiy chora-
tadbirlar. Ushbu turdagi choralar mamlakat va mintaqa iqtisodiyotining
raqobatdoshligi uchun zamin yaratadi. Umumiy xarakterdagi chora-
tadbirlar orasida, birinchi navbatda, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
muayyan guruhlarining kutilayotgan daromadlaridan qat‘iy nazar, biznes
sharoitlarini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishning institutsional asoslarini ajratib ko‗rsatish mumkin.
2. Ishlab chiqaruvchilarga ularning eksport faoliyatini amalga
oshirishda to‗g‗ridan-to‗g‗ri yordam ko‗rinishidagi davlat yordamini
(subsidiyalar, soliq imtiyozlari, hom ashyo importi bo‗yicha soliqlardan
ozod qilish, eksport faoliyatini axborot bilan ta‘minlash) amalga oshirish.
3. Boshqa mintaqalarda, shuningdek tashqi bozorlarda mintaqaviy
ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga talabni shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni (ko‗rgazmalar, chet elda yoki boshqa mintaqalarda savdo
va axborot markazlarini tashkil etish va boshqalar) amalga oshirish.
Shu munosabat bilan shuni ta‘kidlash kerakki, mintaqaning
raqobatbardoshligi ko‗p jihatdan uning raqobatdoshligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar muvozanatiga bog‗liq bo‗ladi. Mintaqaning
raqobatbardoshligi uning hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
raqobatdoshligidan kelib chiqqanligi sababli, sanoatning raqobatdoshligini
oshirish sharoitida mintaqaning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini
tanlash masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirishga yo‗naltirilgan sa‘y-
harakatlarning samarasi farqlanishi aniq. Bundan tashqari, tegishli
sohaning raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan mintaqaning
raqobatbardoshligini oshirish masalalarini hal qilish oqilona bo‗lishi aniq.
Shu munosabat bilan, raqobatbardoshlikni oshirish nuqtai nazaridan
potentsial rentabellik va uni oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo‗lgan
vositalar nuqtai nazaridan sohalarni guruhlash mustaqil masaladir.
Raqobatbardoshlik
ko‗rsatkichlarini
nazorat
sifatida
ishlatish
muammolari ularni boshqarish xavfini kamaytiradi. Keling, muammoning
mohiyatini tushuntirishga harakat qilaylik. Aytaylik, barcha ishtirokchilar
taklif qilingan ko‗rsatkichlar mintaqani (uning raqobatbardoshligini)
378
qiyosiy baholash nuqtai nazaridan etarli deb taxmin qiladilar. Agar
ishtirokchining farovonligi ushbu ko‗rsatkichning darajasiga yoki
dinamikasiga bog‗liq bo‗lsa, unda uning mos ravishda o‗zgarishiga turtki
bo‗ladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar ushbu maqsadga eng kam xarajat
bilan erishish yo‗llarini izlaydilar. Masalan, agar biz mehnat unumdorligi
dinamikasini nazorat sifatida qabul qilsak, natijada mehnatni tejaydigan va
kapitalni tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni rag‗batlantirishi
mumkin. Shu bilan birga, raqobatdosh ustunlik bo‗lgan sharoitda nisbatan
arzon ishchi kuchi resurslar tanlovi amalga oshirisa, bu (hech bo‗lmaganda
bir qator sohalarda) raqobatdoshlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Mintaqaning raqobatbardoshligini baholash hozirgi paytda imkonsiz
yoki miqdorini aniqlash qiyin bo‗lgan omillarni hisobga olish zarurati bilan
bog‗liq. Bu, ayniqsa, murakkab bo‗lgan omillar uchun to‗g‗ri keladi.
Bularga mintaqaviy darajadagi institutsional muhitning sifati, nafaqat
qonunlarning mazmuni, balki ularning bajarilishini ta‘minlash
mexanizmlari ham kiradi. Ushbu vaziyatni tushunish, bir tomondan,
raqobatbardoshlikning barcha miqdoriy baholariga va uning o‗zgarishlariga
nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lishga imkon beradi va boshqa
tomondan «hozirda miqdoriy bo‗lmagan» omillarni aniqlash usullarini
izlashni rag‗batlantiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor
yo‗nalishlarini shakllantirishda quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga
muvofiq:
·Samarali raqobat muxitini shakllantirish hamda tarmoqlararo sanoat
kooperatsiyasini rivojlantirish;
·Ko‗rsatiladigan xizmatlarni sifat jihatdan yaxshilash hisobiga
raqobatbardoshlikka erishish;
·Tarmoqlarda mehnat unumdorligini oshirishda ilg‗or xorij
tajribasidan foydalanishni yo‗lga qo‗yish;
·Iqtisodiyot
tarmoqlarining
rivojlanishini
jahon
bozori
kon‘yunkturasiga bog‗liqligini kamaytirishning eng qulay va maqbul
usullarini ishlab chiqish va boshqalar.
Mintaqa
iqtisodiyoti
raqobatbardoshligi
milliy
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligiga etarli ta‘sir ko‗rsatadi hamda tarmoqlar, korxonalar
va tovarlar raqobatbardoshligi bilan o‗zaro bog‗langan holda amal qiladi.
Mintaqaning raqobatbardoshligi mintaqa aholisining turmush tarzi va
farovonligini oshib borish qobiliyati bilan belgilanadi.
379
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanib borishi
orqali uning raqobatbardoshligi ta‘minlanadi va mamlakat milliy
iqtisodiyotining raqobatbardosh bo‗lishiga asos bo‗lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirishda xorijiy
investitsiyalarni
hududlarga
to‗g‗ri
va
mutanosib
joylashtirish,
hududlarning investitsion jozibadorligini takomillashtirish, mintaqalar
innovatsion faolligini yanada mukammalashtirish kabi vazifalarni bajarish
maqsadga muvofiqdir.
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini muvofiq tarkibiy
o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
yetakchi
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish yo‗nalishida korxonalarning mablag‗lari,
O‗zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga
2017—2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq
dasturlari amalga oshiriladi. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini
ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6
foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‗i ulushi 80 foizdan 85
foizgacha oshadi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017-
2021 yillarda aholining energiya ta‘minoti yaxshilash uchun ko‗mir qazib
olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko‗mir
qazib olishni yiliga 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beruvchi
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‗zda tutilgan.
Mamlakatimizda
iqtisodiyot
tarmoqlarini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa‘y-harakatlar,
ularning natijalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatbardoshligini
oshirish
masalasi
hal
etish
bo‗yicha
Harakatlar
strategiyasida
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning
rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‗lomlashtirish hamda ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar
sonini ko‗paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida
korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan
foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini ko‗paytirishga olib
keladi.
380
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash va
sanoat tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish bo‗yicha kompleks chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmini 2019 yilning birinchi yarimida 2018 yilning mos davriga nisbatan
6,9 foizga o‗sishini ta‘minladi. Yuqori qo‗shilgan qiymatga ega bo‗lgan
mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan sanoat tarmoqlarida
dinamik rivojlanish ta‘minlandi. 2018 yilda mahalliy xomashyo resurslarini
bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste‘mol mahsulotlar
nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining
yuqori o‗sish sur‘atlariga erishildi.
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash
loyihalari, shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va
ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali
tatbiq etilishi natijasida respublika YaIMga energiya sarfini 7,4 foizga,
hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa
o‗tgan yilga nisbatan o‗rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi. Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda sanoat
tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
tannarxini o‗rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni
nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab
berilgan. Shu jumladan, ma‘nan va jismonan eskirgan uskunalarni
yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya
samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirishga
alohida e‘tibor qaratiladi. Bu yo‗nalishga korxonalarning mablag‗lari va
tijorat banklar kreditlari hisobidan 602 000,0 mln. so‗m investitsiyalar
yo‗naltiriladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi
bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini
oshirishga xizmat qiladi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda Harakatlar
strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh
muhitni
shakllantirish
hamda
mahsulot
va
xizmatlar
bozorida
monopoliyani
bosqichma-bosqich
kamaytirish
bo‗yicha
vazifalar
belgilangan.
Tarkibiy
o‗zgartirishlarni
chuqurlashtirish
hisobiga
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini
oshirishdaishlab
chiqarishni
mahalliylashtirishni rag‗batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng
avvalo, iste‘mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‗rnini bosish,
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Xarakat dasturining eng
381
ahamiyatli
vazifalari
qatoridan
o‗rin
olgan.
Mahsulotlar
raqobatbardoshliligini oshirish orqali xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ustuvor yo‗nalishlaridan biridir.
2019 yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta,
«O‗zeltexsanoat»da 18 ta, «O‗zavtosanoat»da 7 ta, Olmaliq kon-
metallurgiya kombinatida 5 ta investitsiya loyihasi bo‗yicha yangi
quvvatlar ishga tushiriladi.
Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‗sishi
bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‗rganishga yanada yuksak talablar
qo‗ymoqda. Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot
sohalarini raqobatbardoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-
tadbirlar natijasida jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib
turgan va jahon bozoridagi narxlar darajasi pastligi respublikaning asosiy
eksport nuqtalariga ta‘sirini kamaytirishga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |