A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 O‗zbekistonda mintaqalarni rivojlanishini tartibga solish



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

12.4. O‗zbekistonda mintaqalarni rivojlanishini tartibga solish 
amaliyoti 
Mustaqil mamlakatimiz moliya bozorida, shu jumladan bank-moliya 
tizimida o‗tkazilayotgan islohotlar natijasida zamonaviy jahon andozalariga 
va talablariga mos keladigan moliya-bank tizimi hamda bozor 
infratuzilmasi 
bosqichma-bosqich 
shakllantirilmoqda, 
moliya-bank 
sohasini 
yanada 
erkinlashtirishga 
qaratilgan 
qator 
qonunchilik 
tashabbuslari va ulardan kelib chiquvchi muhim chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 
Respublikamizda bank-moliya tizimi barqarorligini ta‘minlashga katta 
e‘tibor berilayotganligi tufayli mamlakatimizda barpo etilgan bank-moliya 
tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya 
bozoridagi 
nufuzi 
ortib 
borishi, 
shuningdek 
mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish yo‗lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, 
shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e‘tirof 
etilmoqda. 
Ta‘kidlash joizki, global jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida 
ham mamlakatimiz bank-moliya tizimi barqaror o‗sish sur‘atlarini saqlab 
qoldi. Bugungi kunda bank biznesi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez 
rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo‗lib, sohadagi aktivlar, kapital 
darajasi, kredit qo‗yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy 
ko‗rsatkichlarining o‗sish sur‘atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan mintaqaviy siyosat natijasida 
so‗nngi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Amalga oshirilgan ishlar 
yuzasidan Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 26 yanvar kungi Oliy 
Majlisga murojatnomasida iqtisodiyotimizda ijobiy o‗zgarishlarni aytib 
o‗tdi. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – ―Faol 
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖da salmoqli natijalarga erishdik. 
Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham 
sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar 
4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan – mana shu raqamga 
e‘tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar 
o‗sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. 
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya 
bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. 


332
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‗zbekistonning 
kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta 
yaxshilandi. 
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‗l qurilishi, qishloq va suv 
xo‗jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta‘minoti hamda boshqa qator 
tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi 
tarmog‗ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari 
jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‗tgan yili iqtisodiy o‗sish 5,6 foizni 
tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 
28 foizga ko‗paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 
milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi. 
Qishloq xo‗jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish 
borasidagi o‗rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‗or 
texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda. 
Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar 
yaratishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. ―Har bir oila – 
tadbirkor‖ dasturi doirasida o‗z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion 
so‗m kreditlar ajratildi. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 
1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil 
davomida 500 mingtaga ko‗paydi. 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. 
Buning hisobidan o‗tgan yili soliq to‗lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‗m 
qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‗mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir 
yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‗ qolishi, albatta, ularga o‗z 
bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‗shimcha imkoniyatlar 
yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‗tgan yili 93 mingta yoki 2018-yilga 
nisbatan qariyb 2 barobar ko‗p yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi. 
Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ reytingida 7 pog‗ona ko‗tarilib, 
biznesni ro‗yxatga olish ko‗rsatkichi bo‗yicha dunyoning 190 ta davlati 
orasida 8-o‗rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy 
oldik. Shuningdek, 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat 
fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy etilishi natijasida o‗tgan yili 
yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016-yilga 
nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko‗p demakdir. 
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz 
natijasida o‗tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar 
bog‗chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha 


333
ta‘lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga 
ko‗tarildi. 
2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident 
maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta‘limni rivojlantirish uchun 
o‗tgan yili 19 ta yangi oliy o‗quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy 
universitetning filiali ochildi. yetakchi xorijiy universitetlar bilan 
hamkorlikda 141 ta qo‗shma ta‘lim dasturi bo‗yicha kadrlar tayyorlash 
yo‗lga qo‗yildi. Oliy ta‘lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 
2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‗p talaba o‗qishga qabul qilindi. 
Ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‗liq to‗lash tartibi joriy etildi. 
Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 
barobar ko‗paytirildi. Sog‗liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan 
bir qatorda xususiy tibbiyot yo‗nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash 
faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko‗paytirilib, qator imtiyozlar berilgani 
tufayli o‗tgan yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi. 
―Obod qishloq‖ va ―Obod mahalla‖ dasturlari doirasida 479 ta qishloq 
va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‗lamli qurilish va 
obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‗m yoki 2018-yilga 
nisbatan 1,5 trillion so‗m ko‗p mablag‗ sarflandi. Qishloq joylarda – 17 
ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 
yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‗p arzon va shinam uylar qurildi. Kam 
ta‘minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, 
jumladan, nogironligi bo‗lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-
joy sotib olish uchun 116 milliard so‗mdan ziyod boshlang‗ich badal to‗lab 
berildi.
Mintaqalarni rivojlantirishda raqobatbardoshlikni oshirish masalasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda Prezidentimiz 
2018 yil yakunlari bo‗yicha hisobotida ―biz erkin bozor tamoyillarini 
oʻrnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va 
rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitiniyaratishimiz shart. 
Bu borada birinchi qadam sifatida ―Oʻzbekenergo‖ va ―Oʻzbekiston 
havo yoʻllari‖ tizimini tubdan isloh qilish haqida qarorlar qabul qildik. 
―Oʻzbekiston havo yoʻllari‖ milliy aviakompaniyasi qayta tashkil 
etilib, parvozlarni amalga oshirish, aeroportlarni boshqarish va 
aeronavigatsiya xizmatlari bir-biridan ajratilgan‖ ligi bu borada qilingan 
amaliy ishlarni ko‗rsatadi.


334
Ijtimoiy sohani tartibga solishda nogironligi boʻlgan bolalar va 
ularning oila aʼzolarini, boquvchisini yoʻqotganlarni oʻn olti yoshgacha 
ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo eʼtiborimiz markazida turishi 
kerak. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga 
bagʻishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etild.
Shuningdek, hududlarda yangi erkin iqtisodiy zo‗nalar yaratildi. Yangi 
erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishdan asosiy maqsad hududlarda mineral-
xomashyo resurslari va qishloq xo‗jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash 
bo‗yicha zamonaviy korxonalar yaratish uchun xorijiy va mahalliy 
investitsiyalarni jalb etishga qulay sharoitlarni yuzaga keltirishdir. Bundan 
tashqari, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga, chet el sarmoyasi 
jalb qilinishiga, yangi ish joylari hamda zamonaviy mutaxassisliklar tashkil 
etilishiga, import o‗rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar hajmining 
oshishiga asos bo‗ladi. Shu bilan birga, mahalliy xomashyolar asosida 
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati kengayadi. Bunday 
zonalardan birini G‗ijduvon erkin iqtisodiy zonasini misol qilib 
keltirishimiz mumkin. Erkin iqtisodiy zona barpo etilishi, avvalo, 
G‗ijduvonning yorqin kelajagini belgilab berdi. Bu ezgu maqsad hududdagi 
resurslardan samarali foydalanish, sanoat va eksport salohiyatini yanada 
rivojlantirish, zamonaviy, barqaror ish o‗rinlari barpo etish, eng muhimi, 
aholi hayotini farovonlashtirishga yo‗naltirilgani bilan ahamiyatlidir. u 
hududda EIZning tashkil etilishi natijasida endilikda xalqaro miqyosda ham 
zardo‗zlar mahsulotlariga ko‗plab xaridorlar topilishiga ishonchim komil. 
Eng muhimi, yangi ish o‗rinlari yaratiladi. Vaqtincha ishsiz yurgan yoshlar, 
ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligi ta‘minlanadi. Demak, 
erkin iqtisodiy zonaning tashkil etilishidan, avvalo, partiyamiz elektorati 
manfaatdor bo‗ladi. Shu bois, partiyamiz faollari, deputatlarimiz farmon 
ijrosini ta‘minlashda faol ishtirok etishi lozim. 
Darhaqiqat, EIZ hududida 3 farmsanoat, 3 qurilish, 3 yengil sanoat va 
poyabzal, 1 kimyosanoat, 2 elektrotexnika mahsulotlari, 3 meva-
sabzavotlarni qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqaradigan korxonalar bunyod etiladi hamda 1300 dan ortiq yangi ish 
o‗rni ochiladi. 
Respublikamiz milliy boyligi bo‗lmish paxta ekinlarni ekish masalalari 
hududlar miqyosida qayta ko‗rib chiqildi. 2017 yil yakunlariga ko‗ra, past 
rentabelli yerlarda yetishtirilgan paxtaning 1 gektaridan o‗rtacha 0,9 
million so‗m daromad olingan, xolos. Holbuki, ushbu joyga ekiladigan 


335
sabzavotdan 5,2 million so‗m, kartoshkadan 5,9 million so‗m, polizdan 4,1 
million so‗m, mevadan 1,8 million so‗m, uzumdan 2 million so‗m, moyli 
ekinlardan esa 1,2 million so‗mdan ziyod daromad olish mumkin. Bu, o‗z 
navbatida, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga yildan-yilga o‗sib 
borayotgan talabini to‗liqroq qondirish, qayta ishlash va eksportchi 
korxonalarning qo‗shimcha daromad manbalarini shakllantirish imkonini 
beradi. 
hu bois Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi tegishli qaroriga 
muvofiq, Iqtisodiyot vazirligi Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda 
meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli don mahsulotlari yetishtirish 
tannarxidan kelib chiqib, tavsiyaviy biznes-rejalar ishlab chiqdi, — deydi 
Iqtisodiyot 
vazirligi 
qishloq 
xo‗jaligida 
tuzilmaviy 
o‗zgartishlar 
boshqarmasi boshlig‗i Hasan Mamarasulov. — Bunda 1 gektar maydonda 
ekin yetishtirish, amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari va moddiy-
texnika resurslari, mehnat sarfi, soliq hamda boshqa xarajatlar hisob-kitobi 
to‗liq qamrab olingan. Unga ko‗ra, 1 gektar maydonda sabzavot ekinlarini 
parvarishlash xarajati 12,8 million so‗m bo‗lib, hosildorlik o‗rtacha 220 
sentnerni tashkil etsa, olinadigan jami 22 tonna mahsulotning 1 tonnasi 
tannarxi 583 ming so‗mga tushadi. Yetishtirilgan mahsulot o‗rtacha 800 
ming so‗mdan sotilgan taqdirda jami daromad 17,6 million so‗m, shundan 
sof foyda 4,8 million so‗mga yetadi, rentabellik esa 37 foizga ta‘minlanadi. 
Past rentabelli paxta maydonlarining maqbullashtirilishi moddiy va 
tabiiy resurslarni tejashda ham qo‗l keladi. Sababi, barpo etiladigan 
intensiv bog‗larga tomchilatib sug‗orish tizimi joriy qilinishi evaziga uning 
har gektaridan 2,5 — 3,5 kub metr, tokzorlarda esa 1,2 — 1,8 kub metr suv 
tejaladi. Bundan tashqari, 130 ming tonna paxta o‗rniga qo‗shimcha 430 
ming tonnadan ziyod meva-sabzavot, 350 ming tonnadan ortiq moyli va 
ozuqa, 60 ming tonna sholi va dukkakli ekinlar hosili olinadi, 20 mingga 
yaqin ish o‗rinlari ochiladi. 
Yana bir muhim jihati, unumdorligi past yerlarda g‗o‗zani 
joylashtirmaslik hisobiga o‗rtacha hosildorlik o‗tgan yildagi 27 sentnerlik 
ko‗rsatkichdan joriy yilning o‗zida 29 sentnergacha ko‗tarilishi kutilmoqda. 
Natijada 1 gektarda paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlari o‗rtacha 5,1 
million so‗mdan 8,6 million so‗mgacha ko‗paygani holda, rentabellik 0,1 
foizdan 10,2 foizgacha oshadi. 
Hududlar rivojlanishini tartibga solish masalasi qalar ekan 
Qoraqalpog‗iston Respublikasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 016-yilga 


336
nisbatan 2017-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,9 foizga, joriy yilning 
9 oyida esa ushbu ko‗rsatkich 4,8 foizga oshgan. Hozirda hudud 
iqtisodiyoti tarkibida sanoat va qurilish tarmoqlari ulushi 37,7 foizni, 
qishloq xo‗jaligi ulushi 15,7 foizni, xizmat ko‗rsatish sohasi esa yalpi 
hududiy mahsulot tarkibida 46,6 foizni tashkil qiladi.
Respublika iqtisodiyotining taraqqiyotida sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish va xizmatlar katta ahamiyatga ega. Oxirgi ikki yil ichida 
sanoatning o‗sish sur'atlari 4,9 foizga (2018-yilda 9 oyda 8,3 foizga), 
jumladan iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2,9 foizga (3,7 foizga) 
ko‗payishi kuzatildi. Umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmida xalq iste'mol mollari 17,4 foizga yetkazildi. Xizmat ko‗rsatish 
sohasi esa 6 foizga (12,2 foiz) ortdi. Yangi ish o‗rinlari barpo etilishi va 
aholi daromadlarining oshishi sababli chakana savdo hajmi 2,7 foizga, joriy 
yilning 9 oyi mobaynida esa ushbu ko‗rsatkich 5,5 foizga oshdi. 
Hudud sanoat mahsulotlari hajmini oshirish va turlarini ko‗paytirish 
borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida mahalliy korxonalar 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning salmog‗i yildan-yilga 
ortib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda hududiy sanoat korxonalari 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 16,5 foizga teng bo‗lgan 
bo‗lsa, 2018-yilning 9 oyida mazkur ko‗rsatkich 20 foizni tashkil etdi.
2017-yil va 2018-yil 9 oy mobaynida respublika iqtisodiyotiga 
moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 5896 mlrd.so‗m kapital 
qo‗yilmalar yo‗naltirildi. Asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyalar 
hajmining keskin o‗sishi natijasida qurilish ishlari 3,5 foizga (4,4 foiz) 
ortdi. Natijada 2017 yil va 2018-yil yanvar-sentyabr oylarida: 
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida 2017-yilda 50 ta loyiha va 
joriy yilning 9 oyida 89 ta yirik loyiha amalga oshirildi. 
Sanoat yo‗nalishida 2017-yilda 33 ta loyiha va joriy yilning 9 oyida 32 
ta loyiha amalga oshirildi, jumladan Nukus shahridagi ―Technic globe‖ 
MCHJ XKda yiliga 150 ming dona ―SAMSUNG‖ brendli televizor ishlab 
chiqarish loyihasi amalga oshirildi, Ellikqal'a tumanidagi ―Bo‗ston mega 
tekstil‖ MCHJda 4 ming tonna ip kalava va 10 mln.kv. metr jinsi mato 
ishlab chiqarish tashkil etildi.
Qishloq xo‗jaligi yo‗nalishida 2017-yilda 10 ta va joriy yilning 9 oyida 
13 ta loyiha amalga oshirilib, xususan, Shumanay tumanida ―Shomanay 
meridian‖ MCHJda umumiy maydoni 1,0 ga bӯlgan issiqxona tashkil 


337
etildi, Qonliko‗l tumanida ―Kayipnazarova Sayera‖ fermer xo‗jaligida 325 
boshga mo‗ljallangan chorvachilik fermasi ishga tushirildi. 
Xizmat va servis yo‗nalishida 2017-yilda 7 ta va joriy yilning 9 oyida 
44 ta loyiha amalga oshirildi. Xususan, Qo‗ng‗irot tumanida "Ustyurt Bon 
Voyage" MCHJda 100 o‗rinli aholiga xizmat ko‗rsatuvchi Motel va 
restoran tashkil etildi, Chimboy tumanida "Chimbay Golden Park" 
MCHJda istirohat bog‗i tashkil etildi. Shu o‗rinda qayd etish kerakki, 2017-
yilda 39,6 ming va joriy yilning 9 oyida 11,8 ming yangi ish o‗rinlari ham 
yaratildi.
Infratuzilma sohasida xalqaro, davlat, mahaliy va ichki ahamiyatiga 
ega bo‗lgan 2017-yilda 183,5 km. va joriy yilda 153,6 km. avtomobil 
yo‗llarini qayta qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. 
Xalq farovonligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada 25 ta ob'yekt 
ishga tushirilishi ta'minlandi va hozirgi kunda 113 ta ob'yektda 
rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 
Xususan, Nukus shahrida 216 o‗rinli Ibrohim Yusupov nomidagi maktab-
internati ishga tushirildi, Amudaryo tumanidagi 42-sonli umumta'lim 
maktabida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.
Bugungi kunda respublikada yiliga 200 ming tonna kalsiylangan 
Qo‗ng‗irot soda zavodi hamda yiliga 3,4 mlrd. m3 va 200 ming tonna gaz 
kondensati, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab 
chiqaradigan Ustyurt gaz-kimyo zavodi kabi yirik ishlab chiqarish 
quvvatlari faoliyat yuritmoqda. 
Respublika sanoatining taraqqiy etishida maxsus erkin iqtisodiy va 
kichik sanoat zonalar faoliyati alohida o‗rin tutadi. Nukus shahrida tashkil 
etilgan ―Nukus farm‖ erkin iqtisodiy zonasida hozirda zamonaviy 
muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini barpo etish 
maqsadida avtomobil yo‗llari, tabiiy gaz, elektr ichimlik suvi tarmoqlari, 
aloqa va telekommunikatsiya inshootlari bunyod etish ishlari amalga 
oshirilgan. Umumiy qiymati 16,3 mln. dollar bo‗lgan 4 ta loyiha 
joylashtirilmoqda va ularning amalga oshirilishi natijasida 465 ta yangi ish 
o‗rni yaratiladi va 57,7 mlrd. so‗mlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 
6,1 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinadi.
Qoraqalpog‗istonda hozirda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
maqsadida 179,4 gektar yer maydoniga ega bo‗lgan Amudaryo, Beruniy, 
Chimboy, Taxiatosh, Xo‗jayli, Qo‗ng‗irot va Mo‗ynoq tumanlarida 7 ta 
kichik sanoat zonasi tashkil etildi va ular hududidagi 54,3 ming kv.metr 


338
maydonga ega bo‗lgan ob'yektlarni tanlov asosida berilishi belgilandi. 
Zonalarda 120 ta loyiha yuzasidan amaliy ishlar boshlandi, shundan 38 ta 
loyiha ishga tushirildi hamda mahsulot ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi.
Davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faol 
qo‗llab-quvvatlanishi tufayli joriy yilning 9 oyida yalpi hududiy 
mahsulotda ularning ulushi 48,3 foizni tashkil etdi. Bugun kichik 
korxonalar soni 2016-yilga nisbatan 11052 tadan 12064 gacha ortdi. Shu 
davr mobaynida aholining tadbirkorlik bilan mashg‗ul bo‗lganlar soni esa 
71,3 foizdan 75 foizga ortdi.
Hududda yashovchi aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish
borasida qabul qilingan ―Obod qishloq‖ dasturi ijrosi yuzasidan joriy yilda 
jami 30 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish 
rejalashtirilgan. Bunda 24 mingta xonadonda yashovchi 145 mingga yaqin 
aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash ko‗zda tutilgan. 
Dastur doirasida 6463 dona yakka tartibdagi hamda ko‗p qavatli uy-
joylar ta'mirlandi; 142 km. ichimlik suvi ta'minotini yaxshilandi; 703 dona 
suv oqova tizimi (tozalash inshooti va handaklar) barpo etildi; 109 km. 
avtomobil yo‗llari ta'mirlandi; 100 ta ijtimoiy soha hamda 108 ta bozor 
infratuzilmasi ob'yektlari yangidan barpo etildi va qayta ta'mirlandi. Shu 
bilan birga, 2018 yilda ―Obod mahalla‖ dasturiga Nukus shahrining ―Bes 
tobe‖ va ―Xaua joli‖ mahallasi kiritilgan bo‗lib, ularda 1,5 mingdan ziyod 
xonadonda yashovchi 8,3 ming nafar aholining yashash sharoitini 
yaxshilash bo‗yicha ishlar olib borilmoqda. Dastur doirasida 140 ta yakka 
tartibdagi uy-joylar, 22 ta ko‗p xonadonli uylar ta'mirlandi, 5 ta bolalar 
o‗yin maydonchalari qurildi, 2 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta'lim 
muassasasida qurilish ishlari tugallandi.
Mahallalarda 30,8 km. elektr energiyasi tarmoqlari va 12 ta 
transformator mukammal ta'mirlandi, 22,2 km. tabiiy gaz quvurlari joriy 
ta'mirlandi va 28 ta gaz taqsimlash punktlari rekonstruksiya qilindi. 
Xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb 
etishda 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining salohiyati va imkoniyatlari: 
1. Hududda yagona hisoblangan Artimiya sistasini qayta ishlashni 
tashkil etish (Ma'lumot uchun: birlamchi baholash natijalariga ko‗ra, 
hududda 3 ming tonna artimiya sistasi xomashyosi mavjud bo‗lib, bundan 
yiliga 1,0 ming tonnasini qayta ishlash yo‗lga qo‗yiladi); 
2. Hududda yagona hisoblangan Merobolit natriy sulfat xomashyosidan 
samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yish. (Ma'lumot uchun: Respublikada 


339
uning 414 mln. zaxirasi mavjud bo‗lib, 4 ta yangi loyiha asosida 154 ming 
tonna qayta ishlash quvvatlari ishga tushiriladi); 
3. Hududda yagona hisoblangan Polipropilen qayta ishlash 
imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish (Ma'lumot uchun: Ustyurt 
gaz-kimyo zavodi yiliga 3,4 mlrd. m3 va 200 ming tonna gaz kondensati, 
387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradi); 
4. Qizilmiya ildizini qayta ishlashni yo‗lga qo‗yish (Ma'lumot uchun: 
kelgusida respublikada yiliga 150 ming tonna qizil miya ildizi yetishtirish 
ko‗zda tutilgan. Bunda 62 ta korxonada 9,0 ming tonna mahsulot 
xomashyo ko‗rinishida va 5 ta yangi loyiha hisobiga 2,5 ming tonnasi qayta 
ishlanib eksport qilinadi); 
6. Ekoturizmni izchil rivojlantirish (Bu - ekosayyohlarning ekzotik 
tabiiy hududlar, ularning hayvonot va o‗simliklar dunyosi bilan tanishtirish 
maqsadidagi ekologik sayohatni nazarda tutadi. Masalan, Ayoz-Qa'la 
qo‗rg‗oni hududida joylashgan yurtalarga, ov va baliq ovlash xo‗jaliklariga 
sayohatni kengaytirish imkoniyati mavjud); 
7. Arxeologik turizmni taraqqiy ettirish (Bu - hududning tarixiy 
yodgorliklari, arxeologik topilmalari, geologiyasi, paleontologik qoldiqlari 
kabi tabiat bilan bog‗liq majmualarga sayohatni qamrab oladi. Ma'lumot 
o‗rnida: I.V.Savitskiy nomidagi arxeologik muzey mintaqada yagona 
hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikada 156 ta madaniy meros, 129 ta 
tarixiy, diniy va yodgorlik ob'yektlari mavjud. Ushbu obidalar xorijlik 
mehmonlarda katta qiziqish, hayrat uyg‗otibgina qolmay, balki hududning 
eksport salohiyatini ham kengaytirishga ijobiy ta'sir qiladi); 
8. Hududning geografik joylashuvining qulayligi va kerakli 
infratuzilmalarning mavjudligidan unumli foydalanish. O‗zida xalqaro, 
respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‗lgan avtomobil yo‗llarini ichiga 
olgan avtomobil yo‗llari va magistrallarining umumiy uzunligi 11075 ming 
kilometrni tashkil etadi. 
Aytish joizki, Qoraqalpog‗iston hududidan M-37 xalqaro trassaning 
o‗tganligi ham ancha jozibalidir. Shuningdek, ―Qo‗ng‗irod - Astraxan - 
Novorossiysk porti‖ yo‗nalishi hudud uchun istiqbolli tranzit yo‗laklar 
bo‗lib xizmat qilishi tabiiy. Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, 
Volgograd, 
Saratov 
shaharlari 
yo‗nalishlari 
bo‗yicha 
muntazam 
qatnaydigan temir yo‗lining umumiy uzunligi 929,1 kilometrni tashkil 
etadi. Jahon andozalariga mos jihozlangan ―Nukus‖ aeroporti orqali 


340
xalqaro yo‗nalishlarda hamda O‗zbekiston hududi bo‗ylab muntazam 
ravishda reyslar yo‗lga qo‗yilgan. 
Aholisi nisbatan zichligi darajasi yuqori bo‗lgan Farg‗ona vodiysida 
yillar davomida elektr energetikasi boʻyicha muammolar bor edi. Shu bois 
Toʻraqoʻrgʻon tumanida zamonaviy texnologiyalar asosida issiqlik elektr 
stansiyasi qurilishi boshlangan edi. Quvvati 900 MVt boʻlgan ushbu 
stansiyaning ishga tushirilishi aholi va sanoat korxonalarini elektr 
energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qoplashga xizmat qiladi. 
Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSH dollaridan 
ziyod boʻlib, u Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Oʻzbekiston 
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va ―Oʻzbekenergo‖ AJ mablagʻlari 
asosida 
moliyalashtirilgan. 
Stansiya 
Yaponiyaning 
―Mitsubihi 
Corporation‖ va ―Mitsubishi Hitachi Power Systems‖ konsorsumi 
tomonidan barpo etilmoqda. 
Bugungi kungacha elektr energiyasini ishlab chiqaradigan asosiy 
agregatlardan birinchi va ikkinchi blok transformatorlari, bugʻ-gaz 
trubinasi 
va 
boshqa 
texnologiyalar 
montaj 
qilingan. 
Tashqi 
kommunikatsiya ishlari yakunlangan, ichimlik suv tarmogʻi tortilgan. 
Obyekt ―Soʻx-Namangan‖ magistral gaz tarmogʻi orqali yonilgʻi, Katta 
Namangan kanali orqali texnik suv bilan taʼminlanadi. 
Davlatimiz rahbarining har bir hududdagi mavjud imkoniyatlarni ishga 
solib, aholini ish bilan taʼminlashga qaratilgan siyosati natijasida 
―Shahand‖ qishloq fuqarolar yigʻinidagi korxona mahalliy tadbirkorga 
berilgandi. Tez orada bino taʼmirlanib, Germaniyadan zamonaviy ip 
yigiruv mashinalari keltirib oʻrnatildi. Boshqa uskunalar Belgiya, 
Shveysariya, Hindiston va Turkiyadan olib kelindi. Shu tariqa oʻtgan yili 
korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Yon-atrofdagi Bogʻishamol, 
Dukat, Temirqishloq, Olchin, Axsi kabi mahallalarda yashovchi 300 kishi 
doimiy ish bilan taʼminlandi. 
Bugungi kunda korxonada yiliga 15,6 ming tonna ip-kalava ishlab 
chiqarilmoqda. Ular Xitoy, Rossiya, Turkiya va Ukrainaga eksport 
qilinmoqda. Oʻtgan yili 10 million dollarlikdan ziyod mahsulot chet ellarga 
yetkazib berilgan. Korxonaning ikkinchi bosqichida yiliga yana 20,8 ming 
tonna ip-kalava ishlab chiqarish, 200 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratish 
rejalashtirilgan. 
Yana bir muhim tomoni, ushbu korxona elektr energiyasi bilan oʻzini 
oʻzi taʼminlaydi. Bu yerga Germaniyadan eng zamonaviy gazogenerator 


341
keltirib oʻrnatilgan. Ish jarayonida paydo boʻladigan issiq suv ham behuda 
ketmaydi. 9 gektar issiqxonani isitadi. 
Mamlakatimiz ulkan rivojlanish potensialiga ega bo‗lgan to‗qimachilik 
sanoatida ham katta yutuqlarga erishildi. Ko‗plab paxtani qayta ishlash 
korxonalari barpo etildi. Ularni yorqin namoyondasi sifatida Namangan 
shahridagi ―Art Soft Tex Group‖ korxonasini keltirishimiz mumkin. 
Muhtaram Prezidentimiz ushbu korxonaga tashrifi mobaynida bu yerda 
turli bichim va rangdagi sochiqlar, xalat, choyshab va boshqa mahsulotlar 
tayyorlanmoqda. Ular ichki bozorga, shuningdek, Rossiya, Ukraina, 
Bolgariya, Moldova va qoʻshni davlatlarga yetkazib berilmoqda. Oʻtgan 
yili 290 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, 9,4 million AQSH 
dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini 
oshirish rejalashtirilgan. 
Namangan shahri, Rishton va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida korxonaning 
bir nechta sexlari bor. Ularda 2 mingdan ziyod kishi mehnat qiladi. 
Yaqinda tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi 
ishga tushirilishi bilan yana mingga yaqin ish oʻrni yaratildi. 
―Art Soft Tex Group‖ faoliyatini kengaytirib, klaster usulida ishlashga 
oʻtmoqda. Korxona uchun Mingbuloq va Pop tumanlaridan yer ajratilgan, 
qishloq xoʻjaligi texnikalari sotib olingan ligiga guvoh bo‗ldilar. 
Yuqorida keltirib o‗tilgan barcha ma‘lumotlardan shuni aytish 
mumkinki, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan mintaqaviy 
rivojlanishni tartibga solish siyosati hududlarni istiqbolda barqaror 
rivojlanib borishini ta‘minlaydi. Shu bilan birga ushbu islohotlarni izchil 
davom etish, hududlarni rivojlanishini tartibga solishda innovatsion axborot 
texlogiyalardan foydalanishni yo‗lga qoyish va raqamli iqtisodiyotni 
shakllantirish lozim bo‗ladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish