A bdivaxobova Busara Maxmmatovna



Download 4,42 Mb.
bet4/15
Sana30.12.2021
Hajmi4,42 Mb.
#92370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9 Abduvaxobova

ASOSIY QISIM.

  1.  Boshlang’ich sinflarda mehnat (texnologiya) ta’limi o’quv fanining maqsad va vazifalari

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnatt ta’limi (texnologiya) fanini o’qitishning maqsadi - o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikma, malakalarini, mehnatga qiziqizh, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnatt va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o’rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy - tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo’ladi:



Ta’limiy vazifa - o’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib shakllanishlari uchun ularga mehnatt jarayonlari, kasb asoslarini o’rgatish va kasb tanlash bilan uyg’unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida asbob-uskuna, moslamalar, vositalari, jarayonlari, xududiy ishlab chiqarishning asoslarini o’rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg’or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy vazifa - o’quvchilarning umum mehnat ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida ma’naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.

Rivojlantiruvchi vazifa - o’quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta’limi (texnologiya) fanini mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo’lib yetishishiga yordam berish.

Ijodiy vazifa - mehnatt ta’limi (texnologiya) fanini jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko’nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash uchun o’quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.

Amaliy vazifa - buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish.

Boshlang’ich sinfda mehnat ta’limi (texnologiya) fanini yohnalishlari bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish ketma - ketligi maxalliy sharoit hamda imkoniyatlarni xisobga olgan holda ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.



1-4-sinflar uchun

  1. Qog’oz va karton bilan ishlash

  2. G azlama va tolali materiallar bilan ishlash

  3. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash

  4. Badiiy ko’rish-yasash va texnik modellashtirish.

Har bir dars mashg’uloti xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.

O’quvchilarga mehnat ta’limi (texnologiya) fanini y’nalishlari bo’yicha kasblar turlari haqida axborotlar beriladi.

Majburiy ta’lim muassasalari mehnat ta’limi (texnologiya) fanini o’qitishda darajalarga ajratgan xolda o’qitilishi belgilandi.

Boshlang’ich sinfda mehnatt A-1 (1-4 sinf) o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatt turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish; tabiiy va turli materiallardan buyumlar, jixozlar, tabriknomalar, o’yinchoqlar, xarakatlanuvchi modellar yasash layoqatini egallash; A-1+ (1-4 sinf) - mehnat ta’limi (texnologiya) fanini bo’yicha xaiq hunarmandchiligining boshlang’ich elementlari singdirilgan turini egallashning kuchaytirilgan darajasi bo’lib, bunda tanlangan xaiq hunarmandchilik turlari bo’yicha kengroq nazariy bilim berish bilan birga kuchaytirilgan holda mehnat ta’limi asosida amaliy mashg’ulotlarni bajarish layoqatini rivojlantirish.

Mehnat va uni o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bolib, fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beradi. O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malaka va ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chikarish mehnatini bajarishga tayyorlaydi.. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yohlga ko’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. SHu bilan bir qatorda bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetentsiyalarini shakllantiradi .

Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi - o’quvchilarni boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari - Boshlang’ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish.

Mehnat ta’limi orqali o’quvchilarni mehnatga va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari yordamida xal etiladi. Bu urinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining ilk tushuncha o’quvchiari, malaka va ko’nikmalari mehnat darslarida shakllantiriladi.



Mehnatga ahloqiy tayyorlash - O’quvlarga jamoada ishlashni, o’zaro do’stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o’rgatishdan iboratdir.

Mehnatga ruxiy tayyorlash - O’quvchilarni mehnatga ruxiy tayyorlash o’quvchilarning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy xususiyatlarni tarkib toptirish, o’quvchilarning mehnat malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir.

O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki materialga mahlum izchillikda ishlov bera olish, yohl ko’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish xislatlarini tarkib toptirishdan iborat.

Mehnatga amaliy tayyorlashni fakat kerakli bilimlar bazasida amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich sinflarda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofik o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berish, qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalardan foydalanish malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi xisoblanadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mehnat ta’lim-tarbiyasixning nazariy va amaliy ahamiyati quyidagicha belgilanadi:


  • yoshlarni xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida bozor va axborot texnologiyasi islohoti davrida kasb-hunar tanlash, tashxis qilish, istikbolini belgilash hamda sharoitga mos bulgan samarali-metodik shakllari va vositalarini ishlab chikish;

  • kelajak avlodni boy-manaviy hamda ilmiy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishning ta’sirchan tarbiya tizimini yaratish;

  • ilg’or pedagogik tajribalarni xaiq pedagogikasining metod va vositalarini shaxs komolotiga qaratilgan milliy-ma’naviy va ilmiy me’rosini o’rganish;

  • kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining kasb-hunarga qiziqishlarini tarbiyalashda turli shakl va metodlardan foydalanish;

  • kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining kasb-hunarga qiziqishlarini tarbiyalash jarayonida avlodlar ilmiy mehroslaridan oqilona va o’rinli foydalanish;

  • kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining kasb hunar-turlariga qiziqishlarini dars va darsdan tashkari tadbirlar majmuasida amalga oshirish;

  • ota-onalar bilan mehnat qaxramonlari, mehnat faxriylari, tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar, bahs-munozara, savol- javob soatlarini o’tkazish;

  • mehnat anhanalari asosida tadbirlar hamda muzey va ustaxonalarga ekskursiyalar uyushtirish.

Mehnatt malaka va ko’nikmalarini shakllantirish kuyidagicha asosiy boskichlardan tarkib topadi:

a) boshlang’ich tushuncha berish.

b) mehnatt xarakatlarini sinov uchun bajarish.

v) ish xarakatlari natijasi.

g) yakuniy xulosa chikarish.

Mehnatt malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga muljallangan amaliy ishlar fakat vaktga kura taksimlanganda hamda mahlum tizim asosida utkazilgandagina ijobiy natija beradi.



Amaliy ishlar tizimi kuyidagi asosiy talablarni uz ichiga oladi:

  1. Amaliy ishlar bajariladigan topshirikning murakkabligi oshib borishini nazarda tutgan xolda joylashtirish lozim.

  2. Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni tulik tarzda oldingi amaliy ishga asoslanishi lozim.

  3. Amaliy ish jarayonida mustakil ishlash darajasi ortib borishi kerak.

Boshlang’ich sinf mehnatt ta’limi darslaridagi ta’lim- tarbiyaviy vazifalar umumta’lim maktablaridagi mehnatt ta’limining umumiy vazifalaridan kelib chikib, kuyidagi mashg’ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:

  1. 4-sinflar uchun

  1. Qog’oz va karton bilan ishlash

  2. G azlama va tolali materiallar bilan ishlash

  3. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash

  4. Badiiy kurish-yasash va texnik modellashtirish.

Har bir dars mashg’uloti xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Jumladan, (1-4 sinf) o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, hunarmandchilik turlari bo’yicha kengrok nazariy bilim berish bilan amaliy mashg’ulotlarning tulik majmuasini bajarish orqali kundalik hayotda qo’llay olish layoqatini rivojlantirib boradi.


Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish