Ijtimoiy imtiyozlar tizimi. Ayrim toifadagi xodimlar (homilador va yoki
bolasi bor, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul ayollar, 18 yoshga to’lmagan
yoshlar va hokazolar) uchun amaldagi qonunchilikda tegishli ijtimoiy imtiyozlar
belgilab qo’yilgan.
Sug’urtalash tizimi. Barcha xodimlar davlat yo’li bilan ijtimoiy sug’urta
qilinadilar. Davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek, sug’urta
qilingan xodimlarning o’zlari badal to’laydilar. Jamoa shartnomasida xodimlarni
davlat yo’li bilan ijtimoiy sug’urta qilishga, qo’shimcha sug’urta qilish ham ko’zda
tutilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |