Personalni boshqarish konsepsiyasi
korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish
va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi:
Bosh maqsad: personalni boshqarish tizimini takomillashtirish
Personal salohiyatini
barqarorlashtirish
Personalni o’qitish
Personal salohiyatini
rivojlantirish
X
odi
m
la
rga
e
eht
iyoj
ni
qond
ir
ish,
xodi
m
la
rni
t
anl
ash,
joy
-j
oyi
ga
qo’
tish,
xi
zm
at
va
zi
fa
si
da
si
lti
tish
X
odi
m
la
r
m
ehna
t
fa
ol
iya
ti
ni
m
uvof
iq
la
sht
ir
ib
boor
ish,
qo’
ni
m
si
zl
ik,
in
ti
zom
, m
as’
ul
iya
t
Y
angi
xodi
m
la
rni
xi
zm
at
va
zi
fa
si
ga
ko’
ni
kt
ir
si
h,
ish
joyl
ar
ini
ng
ba
nd
bo’
lishi
va
sa
ql
ab
qo
li
ni
shi
ni
ta
’m
inl
ash
X
odi
m
la
r
bi
li
m
ini
uz
lu
ksi
z
ya
ngi
la
ni
b
bor
il
ishi
ni
ta
’m
inl
ash
Ma
la
ka
oshi
ri
sh
, kur
sl
ar
, se
m
ina
rl
ar
, oi
ly
o’
quv
yur
tl
ar
i,
a
spi
ra
nt
ur
a
B
oshqa
ruvni
ng
oqi
lona
usl
ub
ini
sha
kl
la
nt
ir
is
h
X
odi
m
la
rni
ba
hol
ash
si
fa
ti
n
i
ya
xsh
il
ash,
pe
rsona
l
li
zi
ngi
,
ye
ta
kc
hi
li
k
usu
li
ni
r
ivoj
la
nt
ir
sh
K
adr
la
r
za
xi
ra
si
ni
sha
kl
la
nt
ir
ish
,
pe
rsona
l
m
ar
ke
ti
ngi
Mehnat sharoitlarini yaxshilash, personal o’z-o’zini o’qitishni va bilimini oshirish tashkil etish
1.2-rasm. Personalni boshqarish maqsadlari
15
Xodimlar salohiyatini shakllantirish
- bu personal mehnat munosabatlarini
personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil
etishdir. Mazkur kategoriya boshqaruvning barcha funktsiyalari (masalan, investitsiya
menejmenti va personalni boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti va personalni
boshqarish) o’rtasidagi aloqadorlikni bog’lovchi jarayonlarni anglatadi. Bunda
bog’lovchi jarayonlar sifatida kommunikatsiyalar va boshqaruv qarorlari namoyon
bo’ladi.
Korxonaning maxsus funktsiyalari aniq menejment:
ishlab chikarish, moliyaviy,
sayyohlik, munisipal, innovatsiya,
investitsiya menejmentlarining o’ziga xos
xususiyatlarini belgilaydi. Personalni boshqarish (personal menejmenti) esa barcha
funktsiyalarga taalluqlidir. Chunki bu funktsiyalarning har birini ijrochi - boshqaruv
personalisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Personalni markazlashtirilgan holda
boshqarish alohida funktsiya hisoblanib,
alohida bo’limlar tomonidan bajariladi.
Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish
barcha bo’linmalar
(bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’’balar) rahbarlari faoliyatidir.
1.3. Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o’zaro aloqadorligi
Bugungi kunda barcha korxonalar bozor munosabatlari va raqobat muhitiga
moslashishga majburdir. SHuning uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishni
ta’minlaydigan omillar ayni paytda korxona muvaffaqiyatini belgilovchi omillar
hisoblanadi. Bu omillarning hammasi korxona xodimlari, ya’ni personal mehnat
faoliyati bilan bog’liqdir.
Personalni boshqarish bilan ishlab chiqarish vazifalarining aloqadorligi mehnat
sharoitlarida ham namoyon bo’ladi. Xodim mehnat faoliyati uchun qulay, juda
bo’lmaganda eng zarur mehnat shart-sharoitlariga ega bo’lmas ekan, o’ziga
yuklatilgan xizmat vazifa-larini muvaffaqiyatli hal etishi mushkullashadi. Aksincha,
mehnat faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarda xodimning ish unumi g’oyat
yuqori bo’ladi. Personal samaraliroq va unumliroq mehnat qilar ekan, mahsulotlar,
tovarlar ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni ko’paytirish uchun imkoniyatlarni
ko’paytiradi. Bu esa xodim o’zining korxonada iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va
ma’naviy jihatdan yaxshi his etishini ta’minlaydi. Xodim, yoki har bir inson
farovonligining oshishi esa jamiyat farovonligi yaxshilanishining negizidir.
Personalni boshqarish jarayonida rahbarlar, boshqaruv xizmati (kadrlar
boshqarmasi yoki bo’limi), xodimlar, shuningdek, korxona kengashi (aksiyadorlik
jamiyatida aksiyadorlar kengashi) ushbu jarayon ishtirokchilari hisoblanadilar.
Ularning har biri yoki boshqaruv sub’ekti, yoki boshqaruv ob’ekti sifatida, ba’zi
hollarda esa ham boshqaruvning sub’ekti, ham ob’ekti sifatida personalni
boshqarishga o’z ulushini qo’shadi. Ularning har biri ham ishlab chiqarish sohasida,
ham o’zaro munosabatlar sohasida muayyan vazifalarni, demak personalni
boshqarish vazifalarini ham bajaradi.
Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o’zaro aloqadorligi quyida
aks etgan:
16
1.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |