jadagi xavfli guruhlar orasida HCV/OIVni bir vaqtda bitta bemorda
uchrashi quyidagicha:
- OIV infeksiyasi bilan og'rigan barcha bemorlarning 30-40 %
ida:
- HCV bilan og'rigan barcha bemorlarning 10
%
ida:
- Gemofiliya bilan og'rigan barcha bemorlarning 85 % ida:
- narkotiklarni vena ichiga qabul qiluvchilarning 52-90 % ida:
- OIV infeksiyasiga chalingan barcha eomoseksualistlarnine
4 -8 % ida.
Parenteral muolajalarda HCV infeksiyasining yuqish
xavfi OIV
infeksiyasining yuqish xavfidan 10 barobar yuqori (5
%
HCV,
0,5 % OIV). perinatal yuqish esa HCV uchun 5 barobar kam (5 %
HCV. 25 % OIV). Narkotiklarni inyeksiva orqali qabul qiluvchi-
larda 10 oy davomida narkotiklar qabul qilganidan keyin. ularning
60 % ida HCV, 20 % ida
e s a
OIV infeksiyasi uchraydi. Jinsiy aloqa
orqali yuqish, H C V OIV birga kelganda monoinfeksiyaga nisbatan
ancha yuqori bo'ladi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida OIV infeksiyasiga
chalingan narkomanlar orasida virusli gepatit 2001-2004-
yillari
96,6 %ni tashkil qilgan. Shulardan 42.7 %ida OIV + NVV (virusli
gepatit B) aniqlangan. 48.8 °oida OIV - HCV (virusli gepatit C)
aniqlangan. 34,8 %ida esa bir vaqtning o'zida OIV - HCV - NVV
mikst infeksiyasi aniqlangan. NVV va OIV lcoinfeksiyada kelganda
jigarda nekrotik va yallig'lanish jarayonlari unchalik kuchli rivoj-
lanmasa-da, ammo fibroz jarayoni kuchli rivojlangan va bu holat
jigar sirrozi kelib chiqish! xavfini orttirib yuboradi.
H C V'O IV birga kelganda monoinfeksiyaga nisbatan jigar sirro
zi rivojlanishi ko'p uchraydi. chunki gepatit juda tez progressiyaga
uchraydi va sirrozga olib keladi, HCV juda og'ir kechadi. jigar xas-
taligi oqibatida kelib chiqqan o'lim holatlari ham yuqori bo'ladi.
Ayniqsa, bunday holat har kuni 50 ml dan ortiq alkogol iste'mol
qiluvchi bemorlarda. CD4 hujavralari 1 ml da 200 dan pasaygan
bemorlarda yaqqol namoyon bo'ladi.
Sankt-Peterburg shahrida
134
www.ziyouz.com kutubxonasi
2001-2004- yillari o'tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, vi
rusli gepatit bilan OIV koinfeksiyada kelgan bemorlarning 47 %
ida qonda ALT miqdori 1.5-3 barobar. bilirubin esa 1.5 barobar
ortgan. Bemorlarning yoshi, asosan. 20—30 da ekanligini hisobga
olinsa, ahvolning naqadar og'ir ekanligi yanada ovdinlashadi.
Jigar xastaligidan o'lgan OIV infeksiyaga chalingan bemorlar
ning 50 % dan ortig'ida virus zalvori 1 ml da 400 tadan ko'p. CD4
hujayralari esa 1ml.da 200 dan ko'pligi aniqlangan (ya'ni o i i m
OIV/OITS hisobiga emas, balki jigar xastaligi tufayli yuz bergan).
HCVda antiretrovirus terapiyada qo'llaniladigan
dorilarning gepa-
totoksikligi tufayli davolashni to'xtatishga to 'g 'ri keladi. Natijada
OIV infeksiyasi tezda progressiyaga uchraydi va bemorlarning umri
qisqaradi. Hozirgi kunda OIV infeksiyasiga chalingan narkomanlar
orasida jigar xastaligi. ularning OIV/OITSga bog'liq bo'lmagan
o'limining asosiy sababidir.
Shu yerda OIV infeksiyasida virusli gepatit bo'lmagan be
morlarning o'zida jigarda qandav o'zgarishlar uchrashini ko'rib
chiqish zarurdir. OIV infeksiyasining erta bosqichlarida-genera-
lizatsiyalangan persistirlovchi limfadenopatiyada gepatomegaliya
kuzatiladi. jigarning funksional sinamalarida o'zgarishlar kuzatila-
di-qon zardobida
albumin miqdori pasayadi, sulema sinamasining
darajasi pasayadi. Bu davrda jigarda gistologik o'zgarishlardan bi-
roz rivojlangan sitoliz, xolestaz va mezenximal-yallig'lanish sin-
dromlari kuzatiladi. Kasallikning OITS bosqichida bu o'zgarishlar
chuqurlashib. jigar hujayralarida distrofik o'zgarishlar (inakro- va
mikrosteatoz). jigar bo'laklari va periportal zonalarda yallig'lanish
infiltratsiyasi kuzatiladi. Jigardagi bu o'zgarishlar OIV infeksiyasi
HCV bilan koinfeksiyada kelganda jigarda progressiyaga uchrov-
chi o'zgarishlar ketishi uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi. shuning
uchun bu bemorlarda HCVning latent davri uzoq bo'lmaydi.
Yuqorida keltirilganlardan xulosa qilib
virusli gepatit va OIV
koinfeksiyasi uchun xos bo'lgan quyidagi umumiy belgilarni
ko'rsatish mumkin:
www.ziyouz.com kutubxonasi
- OIV infeksiyasida NSV va NVV tezroq progressiyaga uchray
di. jigar fibrozi juda tezda ri\ ojlanadi:
- qisqa muddatlar ichida kasallik sirroz stadiyasiga o'tadi va
o'lim bilan yakunlanadi;
- navqiron yoshda jigarning birlamchi raki rivojlanadi:
- agar NSV monoinfeksivada kelganda kasallikning vertikal
yuqishi (onadan homilaga) 5 % hollarda kuzatilsa. OIV bilan koin-
feksiyada kelganda vertikal yuqish 15-36 % ni tashkil qiladi.
- NSV va NVVning qondagi virus zalvori yuqori bo'lganligi
sababli. OIV infeksiyasi ham tezda progressiyaga uchraydi;
- OIV infeksiyasini davolashda ishlatiladigan
preparatlarning
gepatotoksikligi yuqori bo'lganligi sababli antiretrovirus terapi-
yasiga salbiy ta'sir qiladi;
- OIV infeksiyasini davolashni to'xtatishga to'g'ri keladi:
- natijada NVV OIV bilan birga kelgan bemorlarning umri qis-
qaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: