A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V


 ‘rab o lu v c h i te m ir a tk i - g e r p e s z o s t e r



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/163
Sana19.02.2022
Hajmi8,65 Mb.
#459518
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

0 ‘rab o lu v c h i te m ir a tk i - g e r p e s z o s t e r
kasailigi hujayra im- 
muniteti vaqtinchalik yoki turg’un pasayib ketganda latent infek­
siyaning avj olishi oqibatida kelib chiqadigan virusli infeksiyadir. 
OIV infeksiyasi bilan og'rigan bemorlarda bu kasallik 30 % dan 
ortiq hollarda uchraydi. kasallikning qaytalanuvchi klinik shakli 
esa 60 yoshdan kichik bo'lgan bemorlarda OIV indikatorli kasallik 
sifatida qaraladi. Gerpes zoster (GZ) OIV tomonidan chaqirilgan 
immunosupressiyaning eng erta namoyon b o ia d ig an markeri hi­
soblanadi. shuning uchun bu kasallik OIV infeksiyasiga chalingan­
larda hali hech qanday boshqa klinik alomatlar yuzaga chiqmasdan
77
www.ziyouz.com kutubxonasi


turib, ya'ni immun tanqisligining erta davridayoq kuzatiladi. kan- 
didozdan 1 yil avval yuzaga kelishi mumkin. Boshqa opportunistik 
infeksiyalar va o'sm alar GZ paydo bo'lgandan keyin bir necha oy- 
lar va hatto yillar o'tgach namoyon bo'ladi.
Aniqlangan m aiu m o tlarga ko'ra, GZ bilan og'riganlarning 
22 % idan 73 % igacha OIV infeksiyasiga chalinganlar bo'lib 
chiqqan. shuning uchun bu kasallikning OIV infeksiyasini. ayniq­
sa. yoshlarda aniqlashda ahamiyati katta (22-rasm).
22-rasm.
O'rab oluvchi temiratki.
CDC klassifikatsiyasi bo'yicha olib qaralganda kasallikning 
A bosqichida GZ 5.2 % bemorlarda uchraydi. В bosqichida esa 
2 0 .9 % . С bosqichida 16.6 % bemorlarda uchraydi. OIV infeksi­
yasiga chalinganlarda GZ tashxisi aniqlangandan o'rtacha hisobda 
4- yil o'tgach, kasallikning terminal bosqichi - s o f OITS rivojlana-
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


di. Olimlar tomonidan kuzatishlar natijasida shu narsa aniqlandiki. 
OIV infeksiyasida GZ kasalligi uchun quvidagi belgilar o'ziga xos 
hisoblanadi:
1. Bemorlarda kasallik o'chog'ida og'riqning (nevralgik simp- 
tomning) juda kuchli bo'lishi.
2. O g'ir shaklda kechishi.
3. Bosh va bo'yin sohalarining ko'proq zararlanishi.
4. GZ kuzatilganda OITS bosqichiga o'tib ketishning tezlashuvi 
(ya’ni kasallikning progressivlashuvi).
OIV infeksiyasi tashxisi aniqlangandan keyin 2 oydan 5 yilga- 
cha bo'lgan davrda GZ ko'proq aniqlanadi. GZ kasalligining bosh- 
lanishi infeksion toksikoz alomatlaridan iborat: haroratning biroz 
ko'tarilishi. yoki qisqa muddatli subfebrilitet, kamdan kam hollar­
da tana harorati 38-3 8 .5°C gacha ko'tariladi. umumiy ahvolning 
buzilishi - noxushlik. bosh og’rishi, kelgusida toshmalar paydo 
bo'ladigan sohada og'riqlar kuzatiladi. Kasallik o 'chog'i ko'pincha 
ko'krak segmentlarida joylashadi, undan keyingi o'rinda bo'yin va 
bosh sohalari. ayniqsa, k o'z sohasi. bel sohasi turadi. Kasallikning 
klinik manzarasi suvchechak va o'rab oluvchi temiratki birga 
kelgandek tus oladi. Terida toshmalar paydo bo'lgach. tez fursat 
ichida ko'payadi, teridagi jarayon ko'pincha chuqur joylashgan, 
yaralar hosil bo'lishi bilan kechadi. ko‘pincha ikkilamchi bakterial 
infeksiyalar qo'shiladi. Bemor o 'z vaqtida adekvat davolanadigan 
bo'lsa. yaralar o'rnida chandiqlar hosil bo'ladi. Kasallik retsidiv 
berganda toshmalar agar eski kasallik o 'm id a paydo bo'lsa, yana 
yaralar yoki eroziyalar hosil b o ‘ladi. shu sohada bir necha marota- 
ba qaytalanadigan bo'lsa. 1-2 yillab kechishi tufayli, endi u yerda 
vezikulalar hosil bo'lmaydi. so'galni eslatuvchi tugunchalar hosil 
bo'ladi. o ’sha soha quruqshagan, kepaklanish kuzatiladi, papulalar 
rnuguz plastinkalari bilan qoplanadi. so'galsimon o ‘simtalar rivoj- 
lanadi va tashqi ko'rinishi so'galni eslatib yuboradi. Agar kasallik 
har safar retsidiv berganda boshqa sohani zararlasa, u yerda GZga 
xos bo'lgan vezikulalar. eroziyalar. yaralar kuzatiladi. Ko'pincha
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


toshmalar disseminatsiyalangan (butun tana bo'ylab tarqalgan) 
holda uchraydi, surunkali disseminatsiyalangan holda kechsa. yan­
gi elementlar doim yangi-yangi sohalarda paydo boiad i. К a ft va 
tovonlarda paydo bo'lsa. doimo pufaklar hosil b o ia d i. vurida so­
halarda esa pufakcha (vezikula) va pufaklar bo'lishi mumkin. Bu 
vezikulalar va pufaklar o'zlaridan keyin yaralarni hosil qiladi va 
hosil b o ig a n yaralar ektima elementlariga o'xshab ketadi. hosil 
b o ig a n chuqur yaralar qaloqlar bilan qoplangan. ularnig bitishi 
uzoq cho'ziladi. Ba'zan kasallik o ‘chog*ida gipo- va giperpigmen- 
tatsiya rivojlanadi. Kasallik o'chog'idagi og'riq bemorlarda kuchli 
b o ia d i, ayrim hollarda surunkali xarakterda bo'lib qoladi (surun­
kali zoster assotsiatsiyalangan og'riq), ammo 8-9 hafta o'tgach. 
og'riq keskin kamayadi, yoki butunlay bezovta qilmay q o ’yadi. 
6 oydan keyin bemorlar umuman og'riqqa shikovat qilmaydilar. 
Kasallik o'chog'i ko'z sohasini qamrab olganda. keratit. xorio- 
retinit va uveit kabi asoratlar juda ko'p uchraydi. Ba'zan esa ko'z 
to'rsim on qavatining o'tkir nekrozi kuzatiladi. K o 'z to 'r pardasi­
ning o'tkir nekrozi qovoqlar va konyunk tiva zararlanmagan holda 
ham kuzatilishi mumkin. OIV infeksiyasining terminal bosqichida 
(OITSda) bemorlar zoster ensefalitdan halok bo'lishlari mumkin. 
Adabiyotlarda terida GZga xos toshmalar paydo b o im asd an yarim 
o'tkir meningoensefalit rivojlanganligi haqida m a iu m o tlar bor. 
Bundan tashqari, terminal bosqichda yana diffuz ventrikulit va ful­
minant yuqoriga ko'tariluvchi mieloradikulopatiya rivojlanishi be­
morning halok bo'lishi bilan yakunlanishi mumkin. Bosh miyaning 
GZ virusi bilan bevosita zararlanishi oqibatida leykoensefalitlar. 
yalligianishsiz vaskulopatiyalar va meningo-mieloradikulit kelib 
chiqadi. Demak. OIV infeksiyasiga chalinganlarda GZ qaytalanib 
kechadi. uzoq vaqt davom etadi. teridagi toshmalar chuqur bo iib . 
yaralar hosil qiladi. o'zidan keyin chandiq qoldiradi, ko'pincha dis- 
seminatsiya beradi.

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish