fors tilidagi madaniyatga e ’tibor berildi. Va nihoyat
Tem uriylar saltanati
0
‘rnatiigach, o ‘zbek tilining va m adaniyatining taraqqiy etishi uchun
katta imkoniyatlar yaratildi.
Bizning tilimizdagi y o zm a m anbalar faqat hozirgi Respublikamiz
hududi bilan chegaralanib qolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan
aytilsa, Xitoydin to Xurosongacha, hatto Idil (Volga) daryosi bo ‘ylarigacha
boMgan joylarda o 'z b e k tili tushunilgan,
yo zm a m anbalar, m adaniy
obidalari yaratilgan.
Birgina xarakterli misol. Buyuk Boburiylarning oltinchisi Avrangzeb
O la m g ir (1 6 5 7 —1706) o ‘zin in g Rus p o d s h o h i g a j o 'n a t g a n rasmiy
m aktubini o ‘zbek tilida bitgan va bu m u h im hujjat asli m atni rus
solnomalarida saqlanib qolgan.
XIII asrda Qul Ali tom onidan o ‘zbek tilida “Yusufva Zulayho” dostoni
Oltin 0 ‘rdada bitilgan. 0 ‘zbek tilidagi, birinchi aruz risolasi XV asr
o'rtalarida Misrda yaratilgan.
M o‘g‘ul hokimlar huzurida bahshi — kotiblaming bo'lganligi va nihoyat
XIV asr oxiriga borib “T e m u r tuzuklari” ning yuzaga kelishi turkiy-o‘zbek
tilining taraqqiyoti uchun katta xizmat qildi. Nosiriddin Rabg‘uziyning
“ Qisas u l-anbiyo”
asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy” , Sharafuddin
Ali Yazdiyning “ Z a fa rn o m a ” , M u h a m m a d M irxondning “ Ravzat us-
safo” kabi yirik asarlarning o'zbek tiliga o ‘girilishi, Durbek, Sayid Qosimiy,
Lutfiy, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar ijodi o ‘zbek tilining
jahonda taraqqiy etgan adabiy va ilmiy til ekanligini ko ‘rsatdi.
Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari “ X a m sa” va “ Lison u t-ta y r”
dostonlari, “Xazoyin ul-m aoniy” nomli t o ‘rt devonlari qatorida yaratilgan
nasriy tarixiy asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va h u k a m o ” ,
’’Tarixi muluki A jam ” , “Xanisat ul-mutaxayyirin” , ’’Holoti Sayyid Hasan
Ardasher” , ’’Holoti Pahlavon M u h a m m a d ” , ’’Vaqfiya” , “ M ahbub ul-
qulu b ” , ’’Majolis u n -n a fo is ” , ’’Nasoyim u l-m u h a b b a t” , “ M u n s h a o t”
asarlari — juda katta tarixiy ahamiyatga molik m anbalarning yaratilganligi
keyingi davrlarda o ‘zbek tilining rivojiga ulkan hissa b o ‘lib qo'shildi.
Zahiriddin M u h a m m a d Boburning “ Vaqoyi” ’ ( “ B o b u rn o m a” , 1530)
asarining yaratilishi jahonshum ul ahamiyatga molik m anba sifatida ijod
etilganligini ko‘rsatadi. C hunki, bu obida to 'rt
m arta fors tiliga, to ‘rl
marta ingliz tiliga t o ‘la tarjima qilinib, birgana forsiy q o ‘lyozmalarning
juda ko'p tarqalganligi, o ‘n uch qo'Iyozmaga ko'plab m o ‘jaz rasmlar
bilan ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o ‘ndan
ziyod inglizcha qisqa nashrlar yuqoridagi fikr isboti uchun kifoyadir.
Alisher Navoiyning “ Majolis un-nafois” tazkirasi ham XVI asrda uch
47
marta fors tiliga taijim a qilingan.
Yana M u h am m ad Solih, Abulg‘oziy
Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Hakim xon T o ‘ra va boshqalarning
tarixiy asarlari juda m uhim va qimmatli manbalardir.
Ayniqsa, XIX asrda Xorazm da va Sharqiy Turkistonda o'zbek tiliga
katta e ’tibor tufayli k o ‘plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy
tillaridan taijima qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.
U m u m a n , XX asr birinchi choragigacha o ‘zbek tillarida qator tarixiy
manbalar yaratilgan edi. Bu davrgacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar
arab alifbosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi.
1929-yili lotin alilbosiga o ‘tildi.
1940-yili rus-kirill alifbosi kiritildi.
Mustaqilligimiz bizga yana lotin alifbosini qaytatikladi. Albatta, lotin
alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan ko'plab
turkiy xalqlar uchun qabul
qilinganligi bilan qator afzallikka ega. Lekin, deyarli XIII yoki XII asr
davomida yaratilgan m anbalar taqdiri nima b o ‘ladi? degan savol kishini
o ‘ylantiradi. B o‘lg‘usi tarixchilarga fors, arab tili asoslarining o ‘rgatilishi.
arab yozuvidagi m anbalardan foydalanish malakasini hosil qilish qay
darajada?
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixga e ’tibori
va xalqimiz. boy madaniyatini o'rganishga, qadrlashga intilishi kishida umid
va kelajakka ishonch uyg'otadi. Darhaqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q".
Ushbu darslikda o ‘zbek tilida bitilgan h am m a manbalarni qamrab olish
mumkin emas, shuning uchun eng muhim va yirik yozma manbalarning
xarakterli xususiyatlami bayon etamiz, xolos.
Um id qilamizki, bu yerda
olgan bilimlarini talabalar o ‘zlari mustaqil ravishda kengaytirib, yanada
chuqurlashtiradilar. Chunki, manbalar barcha bilim asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: