asarlar kabi turlarga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladilar.
Manbalarni
avtograf, ya’ni muallifning o ‘z q o ‘li bilan yozilganligiga yoki k o ‘chirilgan
nusxa ekanligiga qarab turkumlash hollari ham uchraydi.
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning
faqat bittasiga, ya’ni ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaydilar. C hunki boshqa tadqiqot yo'llari yozm a
manbani chuqur va atroflicha o ‘rganish ham da tahlil qilish vazifalariga
t o ‘la javob bera olmaydi.
Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
madaniy masalaga butunlay bag'ishlangan asar deyarli yo‘q yoki juda kam.
Til bo'yicha manbalarni o ‘rganish yomon emas, lekin biror mavzuga
oid manbalarni o ‘rganganda, faqat bir yoki ikki
tilda yaratilgan asarlar
bilan chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi.
M ana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi
davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Awalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o ‘quv yurtlarida o ‘qitilgan “ SSJI
tarixi manbashunosligi” va “ O'rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari
m ana shu qoidaga asoslangan.
B.A. Ahm edov 0 ‘zbekiston tarixi (o ‘rta asrlar) manbalarini (yozma
manbalarni) quyidagi uch turga b o ‘lib o ‘rganishni tavsiya qilgan: 1)
ashyoviy manbalar, ya’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar;
2) rasmiy hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik ham da biografik asarlar.
Ushbu turkum da qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya’ni
qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o ‘rganish uchun
asosiy m anba b o ‘lib xizmat qiluvchi manbalar,
asosan arxeologiya fani
tom onida n o ‘rganiladi va biz uchun q o ‘shimcha yoki yordamchi dalil
sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, 0 ‘zbekiston tarixi yozma manbalarini, asosan
ikki turga b o ‘lib o'rganish m a ’qul k o ‘rinadi.
1) R a s m iy h u j j a t l a r — y o r l i q l a r , f a r m o n l a r , i n o y a t n o m a l a r ,
vaqfnomalar,
hisob-kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar,
maktublar va boshqalar. U m u m a n , tarixiy hujjatlarning o ‘ttizdan ortiq
turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari,
y a ’ni feodal yer egaligi, ijtimoiy munosabatlar,
davlat tuzilishi va shunga
o ‘xshash masalalar b o ‘yicha daliliy m a ’lum otga boyligi bilan tarixiy
manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular, asosan hujjatshunoslar
tom onidan maxsus o ‘rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda
ilmiy qiymati juda katta.
2) Narrativ yozm a manbalar. Bunday asarlarda rasmiy hujjatlarga
12
nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va t o ‘la yoritiladi. Shuning bilan
bir qatorda ular daliliy m a ’lumotlarga boyligi bilan ko ‘zga tashlanadi.
Yozm a manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab b o ‘lmaydi.
Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar t o ‘g ‘risidagi
m a ’lumotlar bayoni mavjud b o ‘lib, faqat ularning o ‘ziga xos bayon uslubi,
badiyatini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki tarixchi bor haqiqatni
yozishi kerak b o ‘lsa, sh o ir yoki ijodkor badiiy t o ‘qim a, b o ‘rttirish,
m ubolag‘aga y o ‘l q o ‘yishi, y a ’ni o ‘z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga
ega. M as a la n , A lish e r N a v o iy b ad iiy a s a rla rid a
s h o i r davriga va
zamondoshlariga oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud. Xususan, uning
asarlaridagi shoir biografiyasiga oid m a ’lum otlar asosida Izzat Sulton
“ Navoiyning qalb dafta ri” nomli kitob yozib, u nda Alisher Navoiy
biografiyasini tiklashga harakat qilgan.
Alisher Navoiyning “X am sa” asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy
m a ’lumotlar, xususan Mirzo U iug‘bek shaxsi va uning ilmiy merosi
t o ‘g ‘risida juda qimmatli fikrlar mavjud.
Yozma manbalardagi o ‘ziga xoslikning biri shuki,
ularda bayon etilgan
voqea, hodisalarga subyektiv yondashuv, ayrimlarini xaspo‘shlash yoki
buzib talqin etish hollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot
olib b o rilg an d a , ularga t a n q id iy y o n d ash ish talab etiladi. Bu esa
m anbashunoslikning asosiy ilmiy talab va tamoyillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: