A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


(Cataloguye of the Turkish Manuscripts in the



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/264
Sana27.01.2022
Hajmi6,96 Mb.
#414487
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   264
Bog'liq
madraimov a. manbashunoslik fuzaelova

(Cataloguye of the Turkish Manuscripts in the
British Museum by Rieu Charles. — London: 1888. 432 p.) 
katalogidagi 
manba tavsifi tamoyilini keltiramiz. U nda yozma manbaning muzeydagi 
tartib raqami birinchi bo‘lib sarlavha o 'm ida berilib, so'ngra qo'lyozmaning 
kodikologik xususiyatlari, varaqlar soni, o'lchami, sahifadagi satrlar soni, 
satr uzunligi, xati, ziynatlari alohida, ixcham tarzda berilgan. So'ngra asar 
nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning taijimasi ajratiiib berilgan. 
So'ngra muallif nomi va asarning boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, 
arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif to ‘g‘risidagi m a ’lumot 
va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi, ya’ni 
o'rganilishi to'g'risidagi m a’lumotlar berilgan.
Q a to r mavjud kataloglar asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi F anlar 
akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
olimlari ham mustaqil ravishda qo'lyozm a manbalarni ilmiy tavsifga olish 
usulini ishlab chiqqanlar. U n d a m anbaning quyidagicha tavsifi berilgan: 
Sarlavha sifatida asar nom i asl nusxada va uning ruscha tarjimasi, 
qo'lyozm aning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami 
keltirilgan. So'ngra asar muallifi nom ini asli arab yozuvida va ruschada 
keltirish bilan asosiy tavsif boshlanadi. U n d a n keyin muallif to'g'risida 
(imkon darajasida to'liq), asar m azm unining tarkibi va qisqacha bayoni 
(annotatsiyasi) keltiriladi. B a’zi o 'rin la rd a asar boshlanish va oxirgi 
jumlalari qo'lyozm adan aynan arab yozuvida keltiriladi. Tarjimon va 
xa tto tla r nom lari arab yozuvida va ruscha yoziladi. Tavsif ixcham 
k o d ik o lo g ik m a ’l u m o t l a r — x ati, q o g 'o z i , z iy n a ti, x a tto t n o m i, 
q o 'ly o z m a n i n g kitobat tarixi, n u q so n i, v araq lar soni, o 'lc h a m i va 
adabiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi.
M. Hasaniy «Sharq qo'iyozmalarini tavsiflash va fihristlash» nomli 
risolasida O 'z R FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
19


instituti q o ‘lyozm a fondi tajribasini um um lashtirib, m agistrantlarga 
tushuntirishga harakat qilgan.
Bulardan tashqari yozm a manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki 
ensiklopedik tamoyili ham mavjud. Biz uning namunasini « 0 ‘zbekiston 
ensiklopediyasi» va « 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» sahifalarida 
ko ‘rishimiz mumkin.
M u s ta q illik d a v r id a m a n b a s h u n o s li k k a oid B .A .A h m e d o v n in g
« 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari» va « 0 ‘zbekiston tarixi manbalari» 
asarlari chop etilgan edi. Olim manbalarning yozilgan tillariga qarab va 
yana huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid 
asarlar, biografik, m em u ar asarlar, sayyohlarning, elchilarning esdaliklari 
mavjudligini qayd etadi.
B.A.Ahmedovning asarlarida yozma m anbalar alohida emas, balki 
muallif nomi ostida keltirilgan. Bundan tashqari tarixchi har bir tarixiy 
davrga qisqa t a ’rif bergan. Mazkur darsliklarning ijobiy xususiyati sifatida 
ularda daliliy m a ’lumotlarni k o ‘pligi, ilmiyligini qayd etish m um kin. 
Faqat ularda materiallar akademik nashrlar kabi joylashtirilgan va dars 
o'tish xususiyatlari inobatga olinmagan.
A .H abibullayevning «Adabiy m anbashunoslik va m atnshunoslik» 
q o ‘llanmasi va A.A.M adraimov tuzgan «Manbashunoslikdan m a ’ruzalar 
majmuasi» da yozma manbalar to ‘g‘risida talabalarga m a ’lumotlar berishda 
dars jarayoni xususiyatlarini e ’tiborga olishga harakat qilingan. Faqat 
A.Habibullayev qo'llanm asida adabiy manbashunoslikka katta e ’tibor 
berilgan. U nda m a ’lumotlar quyidagi tartibda bayon etilgan: Mavzu nomi. 
Adabiyotlar. Dars m azm unining qisqa izohi. So'ngra dars m azm unining 
bayoni, alohida atam alar va oxirida savollar berilgan.
A.A.Madraimov tuzgan m a’ruzalar matnida m a’lumot bayonining tartibi 
quyidagichadir: 1. Mavzu nomi. 2. Dars rejasi. 3. Asosiy tushunchalar. 4. 
Darsning mufassal mazmuni. 5. Materialni mustahkamlash uchun savollar 
va oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
A.Madraimov va G. Fuzailova tuzgan “Tarixiy manbashunuslik” (2006) 
o ‘quv qo‘llanmasida har bir ma’ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, 
rejasi, asosiy tushunchalar berilgan. Asosiy matnda m a’ruza mavzui rejaga 
muvofoq atroflicha yoritilib, uning so'ngida mavzuga oid asosiy adabiyotlar 
ro‘yxati, mavzuni mustahkanlash uchun berilagan savollar ilova etilgan.
Ushbu maxsus kataloglar va darsliklardan tashqari q o ly o z m a kitob 
t o ‘g ‘risida va sharq manbashunosligiga oid t o ‘plam va kitoblar ham mavjud 
bo ‘lib, ularda m uhim yozma manbalarning har biriga alohida e ’tibor 
berilm agan. Lekin, ularda eng m uhim lari t o ‘g ‘risida m atn orasida
20


m a ’lumotlar keltirilgan ham da manbalarning um um iy xususiyatlari tadqiq 
etilgan. Zikr etilgan darslik va qo'llanma, maxsus adabiyotlaming barchasida 
o'ziga xos foydali m a ’lum otlar mavjudligini tan olamiz. Lekin, ularning 
birontasini ham ilmiy-metodik jihatdan talabalarga manbalar t o ‘g ‘risida 
dars berish uchun m ukam mal nam una deb olish m umkin emas.
Mavjud ilmiy adabiyotlam ing tahlili va shaxsiy tajribalarimiz asosida 
yozma manbalar t o ‘g ‘risidagi texnik m a ’lum otlar va asar m azm unini 
talabalarga kompleks tarz d a tushuntirishning eng samarali va ilmiy- 
metodik asoslarini ishlab chiqishga harakat qilindi.
Talabalarga m anba to'g'risida kompleks tarzda m a ’lumot berish kerak. 
Bu esa yozma m anbaning kodikologik m a ’lumotlar, muallif va uning 
yashagan davri, asar tarkibi va m azm uni tahlili, uning tarixnavisligini 
tushuntirishdan iboratdir. Darsning o ‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning 
rejasi, m avzuga oid asosiy t u s h u n c h a la rn i izohlash va q o ‘sh im c h a
ko'rgazmali qurollardan foydalanishni qayd etish mumkin.
Yozma manbalarto'g'risidagi m a’lumotlami quyidagi tartibda tushuntirishni 
eng m a’qul va samarali ilmiy metodologik uslub deb hisoblaymiz.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish