A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .3 .1 .  «M aktuboti  Temuriya»



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/420
Sana31.12.2021
Hajmi6,54 Mb.
#275149
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   420
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .3 .1 .  «M aktuboti  Temuriya»
“ Maktuboti  Tem uriya”  hozirda  O'zbekiston  Respublikasi  Fanlar 
akademiyasi  Sharqshunoslik  instituti  qo'lyozmalar  fondida  2278-raqam 
ostida  saqlanayotgan,  191  varaqli  XVI  asrda  kitobat  qilingan  maktublar 
majmuasining  nomidir.
Eronlik  olim  Abulhusayn  Navoiy  mazkur  majmuaga  Eron,  Turkiya, 
Ozarbayjon  va  Fors  hukmdorlarining  xatlarini  ham  qo'shib,  1991-yili 
“ Isnod  va  maktuboti  tarixi  Eron  (az  Tem ur to shoh  Ismoil”  nomi  bilan 
nashr  etgan.  Mazkur  to'plam ga  Amir  Tem ur  va  Temuriylar  (Shohruh. 
Sulton  Husayn  va  boshqalar)ning  Fors,  Ozarbayjon,  Iraq  va  Turkiya 
hukmdorlari  bilan  yozishmalari jamlangan.
Bu  yozishmalar  Amir  Temur  va  Temuriylarning  mazkur  mamlakatlar 
bilan  bo'lgan  siyosiy  munosabatlari  tarixini  o'rganishga,  xususan  Amir 
Temuming  1381-1404-yillari  Eron,  lroq,  Ozarbayjon,  Suriya  va  Turkiya 
ustiga qilgan harbiy yurishlarining saboqlarini to'g'ri anglashga yordam beradi.
Mazkur  to'plam   Haydar  va  Er  o'g'lining  “ Majmuayi  m unshaot”. 
xoja  Shahobiddin  Abdulla  Marvoridning  “ M unshaot” ,  Frudunbekning 
“ Munshaoti  Fridunbek”  asarlariga  ham  asoslangan.
“ Maktuboti  Temuriya”  xurosonlik  mashhur shayx,  Amir Temuming 
pirlaridan  biri  Zayniddin  Abubakr Taybodiy  (1395-yili  vafot  etgan)ning 
o'z muridi Amir Temurga  yo'llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi.
32


Amir Temur bu maktubni “Temur tuzukJari”ning “Tadbiriar va kengashlar” 
deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan.  “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur 
maktub haqida, xususan, mana bulami o'qiymiz: “ Pirim Zayniddin Abubakr 
T aybodiy  m enga  y o z m ish la rk im ,  “ A b u lm an su r  T e m u r  sa lta n at 
yumushlarida to'rt ishni qo'llasin, ya’ni  1) kengash; 2) mashvarutu maslahat;
3)  hushyorligu  mulohazakorlik;  4)  ehtiyotkorlik.  Chunki,  kengash  va 
mashvaratsiz saltanatning barcha  qilgan  ishlari  va  (podshohning)  aytgan 
gaplari xato bo'lgan.  Unday podshohni johil  odamga qiyoslash  mumkin. 
Uning so'zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat  keltirgan. 
Shunday  ekan,  saltanatni  boshqarishda,  mashvarutu  maslahat  va  tadbir 
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmagaysan. 
Yana  shuni  ham  bilginkim,  saltanat  ishlarining  bir  qismi  sabr-u  toqat 
bilan  bo'lgay,  yana  bir  qismi  esa  bilib-bilmaslikka,  ko‘rib-ko‘rmaslikka 
solish  bilan  bitur.  (Xullas)  tadbiriardan  ogoh  qilingandan  keyin  shuni 
ham  aytish  joizdurkim,  qat’iylik,  sabr-toqat,  chidamlilik,  hushyorlik, 
ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay.  Vassalom.” 
Amir Tem ur pirining bu o'gitlariga  um r bo'yi,  butun  faoliyati  davomida 
amal  qildi.  “ Bu  maktub,  -   deb yozadi  hazrat  sohibqiron,  -   menga  yo‘l 
boshlovchi yanglig'  rahnamolik qildi.  U  menga saltanat ishlarining to'qqiz 
ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich 
bilan bajo keltirilishini anglatadi” 1.
“To‘plam ”dagi  quyidagi  m aktublar  Am ir  Tem um ing  Eron(Fors), 
Ozarbayjon  va  Turkiyaga  nisbatan  1381 —1404-yillarda  olib  borgan 
siyosatini  va  nomlari  sanab  o'tilgan  mamlakat  hukmdorlarining  Amir 
Temurga  qarshi  harbiy  ittifoq  tuzish  xususida  olib  borgan  siyosatini 
tushunishda  yordam  beradi:
Iroq hukmdori  Sulton Ahmad jaloir (1 3 8 2 -1 4 10)ning  Fors hukmdori 
MuzafTariy  Shoh  Shujo’  (1359— 1384)ga  yozgan  maktubi;
Ozarbayjon hukmdori  Qora Yusuf (1 3 8 9 - 1420)ning Yildirim  Boyazid
I  (1389-1402)  ga  yo'llagan  maktubi;
Yildirim  Boyazid  I  ning  Qora  Yusufga javob  maktubi;
Shoh  Shujoning  birodarzodasi  Shoh  M ansur  (1387-1393)  ning 
Yildirim  Boyazid  I  ga  yozgan  xati;
Yildirim  Boyazid  I  ning  Shoh  M ansuiga javob  maktubi;
Amir Temur  ko'ragonning  Gilon  hokimi  Mir  Said  Aliga  maktubi;
__Sultoni  A'zam  Amir Tem ur  ko'ragonning  Sayyid  Ali  Kiyo  buzurgga
(Gilon)  yuborgan  xati;
1  “ T em u r tuzuklari".  -T o sh k cn t.  1996.  25-bct.
33


Sayyid Ali  Kiyo buzurgning Amir Temurga yozgan javob xati;
Amir Temur ko'ragonning  Bag'dod  podshosi  Sulton  Ahmad Jaloirga 
yoMlagan  maktubi;
Bag'dod  podshosi  Sulton  Ahmad  Jaloirning  hazrat  Amir  Temurga 
javob  maktubi;
Amir Temur  ko'ragonning  Misr  podshosiga  yozgan  maktubi;
Sulton Ahmad jaloirning Yildirim  Boyazid  I  nomiga yoMlagan maktubi;
Yildirim  Boyazid  1  ning  Sulton Ahmad Jaloirga yuborgan javob  xati;
Qora Yusuf Qoraqo‘yunluning Yildirim  Boyazid  Iga yuborgan nomasi;
Amir  Temuming  Yildirim  Boyazid  I  ga  yoMlagan  yoMlagan  birinchi 
maktubi;
Sulton  Yildirim  Boyazid  I  ning Amir Temurga gustoxona javob  xati;
Amir Temuming  Rum  qaysariga  yozgan  ikkinchi  maktubi;
Rum  podshosi  Yildirim  Boyazid  I  ning Amir Temurga  yozgan javob 
xati;
Amir Temuming Rum qaysari Yildirim  Boyazid  I ga yoMlagan uchinchi 
maktubi;
Yildirim  Boyazid  I  ning  Amir TemuiTga javob  maktubi;
Amir Temuming  Sulton  Boyazidga  yoMlagan  to ‘rtinchi  maktubi;
Sulton Yildirim  Boyazid  I  ning hazrat Amir Temurga yoMlagan javob 
maktubi;
Amir Temuming  Yildirim  Boyazid  I  ga  sulh  taklif qilib  Marog'adan 
jo'natgan  maktubi;
Sulton  Boyazidning  Amir Temurga  yuborgan javob  xati1.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   420




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish