o'ldirilganidan keyin M uham m ad Husaynga sodiq kishilaruni birm uncha
vaqt Buxoroda asradilar, so'ng Badaxshonga olib borib qarindoshi Sulton
U vays M irzo n in g (X on M irzo deb a ta lg a n ) q o 'lig a to p s h ird ila r.
M uham m ad H aydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizm atida 1512-
yilgacha bo'ldi. 1512-yil
kuzida u Andijonga, Sulton S a’idxon huzuriga
keldi va u bilan qo'shilib Koshg'arga ketib qoldi. Sulton Sa’idxon ko'p
o 'tm ay bu yerda Abubakr dug'lot ustidan g'alaba qozondi va K oshg'ar
ham da Yorkandni qo'lga kiritishga muvaflaq bo'ldi.
M uham m ad H aydar 1533-yilgacha, ya’ni Sulton Sa’idxon vafotiga
qad ar, un ing x izm atid a b o 'ld i. D astlab x o n zo d a A b durashidxonga
tarbiyachilik - otalik qildi, so'ng yirik harbiy bo'linm alarga qo'm ondonlik
qildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston
va Tibet ustiga qilgan
harbiy yurishlarida faol ishtirok etdi.
Otasi o 'm ig a taxtga o'tirgan A bdurashidxon (1533—1570) dug'lot
amirlarini ta ’qib ostiga oldi, ulam ing ba’zilarini qatl etdi. Bulaming orasida
M u h a m m a d H a y d a r n in g t o g 'a s i S a id M u h a m m a d m ir z o va
qarindoshlarining ko'pchiligi bor edi. Tibet da bo'lgan M uham m ad Haydar
bundan xabar topib, Badaxshon tarafga qochdi va k o 'p m ashaqqatlardan
keyin Kobulga, Bobur M irzoning o'g'illaridan
K om ron M irzo huzuriga
keldi, so'ng u yerdan Agraga, H um oyun podshoh huzuriga bordi va
uning xizm atiga kirdi.
M uham m ad Haydar 1541-yili, Hum oyunning harbiy yordami bilan
Kashmimi bo'ysundirdi va u yerda qariyb 10 yil hukmronlik qildi. U 1551-
yili tog'lik qabilalaming biri bilan bo'lgan to'qnashuv paytida halok bo'ldi.
M uham m ad H aydar zam onasining o'qim ishli va keng m a ’lumotli
kishilaridan edi. Bobum ing guvohlik berishiga qaraganda, u durustgina
shoir, xattot, rassom,
shuningdek, nayza va kam on yasovchi usta bo'lgan.
M uham m ad H aydarning bizning zam onam izgacha
ikki yirik asari yetib
kelgan. Bulardan biri “J a h o n n o m a ” deb atalib, ertak tarzida yozilgan.
Uning yagona qo'lyozmasi G erm aniyaning Berlin shahri kutubxonalaridan
birida saqlanm oqda.
O lim ning ikkinchi yirik va m ashhur asari “Tarixi Rashidiy”dir.
K itob
ikki qism , d a fla rd a n ibo rat b o 'lib , b irin ch i q ism id a
M o 'g 'u lis to n
xalqlarining tarixi Tug'luq T em ur (1 3 4 8 -1 363)dan to Abdurashidxonning
taxtga o'tirguni (1533-y.)gacha bo'lgan davm i o 'z ichiga oladi.
A sam ing birinchi daftari turli naql-rivoyatlar, shuningdek,
Y oqut
Hamaviyning “ M o'jam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jahonkushoy”,
Rashiduddinning “Jo m e’ ut-tavorix” , Jamol Qarshiyning “ Mulhaqot us-
suroh” , Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnom a” , Mirzo
U lug'bekning
214
“Tarixi arb a’ ulus”
va nihoyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “ M atla’ us-
sa’d a y n ” kitoblaridagi
m a’lum otlar asosida yozilgan. Lekin, unda ham
M arkaziy O siyoning
X IV -X V asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangi,
asl nusxada bo'ladigan
m a’lumotlar ko’p. Qolaversa,
birinchi
daftar Koshg'ar,
Q ozog’iston, shuningdek,
M ovarounnahr va Turkistonning XIV-XV1 asr
boshlaridagi siyosiy
tarixini m ukammal qam rab olishi bilan qimmatlidir.
Ikkinchi
daftar birinchisidan keskin farqli o 'laro q , esdalik,
xotiralar
tarzida yozilgan
bo 'lib , K oshg'ar, M ovarounnahr, A fg'oniston ham da
S h im o liy
H in d is to n n in g XVI a s m in g b irin c h i y arm id a g i ta rix in i
o 'rg a n ish d a
asosiy
va
qim m atli m anbalardan hisoblanadi.
M uham m ad H aydar va uning “Tarixi R ashidiy” asari o 'tg an asm ing
o'rtalaridan beri ilmiy jam oatchilikning d iq q a t-e ’tiborini jalb etib keladi.
Uning ayrim qism lari uyg'ur, o 'zb ek va m s tillariga taijim a qilingan.
Asaming qisqartirilgan inglizcha taijim asi bo'lib, 1895-yili L ondonda
nashrdan chiqqan. A .O 'rinboyev, R.Jalilova va L.Epifanova
ruschaga
taijim a qilib, so'zboshi va zaru r izohlar bilan, 1996-yili T oshkentda chop
etgan. Kitob qozoq tiliga ham taijim a qilib nashr etilgan.
“Tarixi Rashidiy” asarining qo'lyozmalari Sankt-Peterburg, Toshkent,
shuningdek, ko'pgina xorijiy mamlakat laming kutubxonalarida saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: