A ashirov, sh. Atadjanov


I BOB ETNOLOGIYANING IJTIMOIY FANLAR TIZIMIDA



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

I BOB
ETNOLOGIYANING IJTIMOIY FANLAR TIZIMIDA
TUTGAN 0 ‘RNI. UNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
VA 0 ‘ZIGA XOSLIGI
1.1. Etnologiyaning fan sifatida shakllanishi
1.2. Etnologiya fanining predmeti
1.3. Etnologiyaning metodlari
1.4. Etnologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalari
1.5. 0 ‘zbekistonda etnologiya fani: yutuqlar, muammolar va 
rivojlanish istiqbollari
1.1. Etnologiyaning fan sifatida shakllanishi
Etnologiyaning fan sifatida paydo bo‘1 ish tarixi. 
H ar qanday 
ilm sohasining fan sifatida shakllanishi odamlar ehtiyojlari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiyaga ham 
taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab 
o‘tgan barcha etnoslar o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odat va 
an’analari bilan bir-biridan ajralib turganlar. 0 ‘tgan ming yilliklar 
mobaynida tarix fanida yig‘ilgan bilimlar shundan dalolat bera- 
diki, yer sharida garchi turfa xil rasm-rusumlar va urf-odatlarga 
ega xalqlar yashashlariga qaramay, ularning barchasi tabiatning 
uzviy bir qismi sifatida rivojlanganlar va aynan tabiiy-geografik 
hamda xo'jalik munosabatlari bilan bog‘liq holdagi o ‘ziga xos 
etnomadaniy an’analarga tayanganlar.
Eng qadimgi davrlardan boshlab kishiiar nafaqat o ‘zlarining, 
balki shu bilan birga tevarak-atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi 
el-uluslaming madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqqanlar. 
Ular to‘g‘risida o‘zlariga kerakli m a’lumotlarga ega bo‘Ushga hara­
kat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik material - 
larni yig'ishga, turli-tum an xalqlarning xo‘jalik va madaniy 
belgilariga qarab tavsiflash va tasniflashga intilganlar. Lekin, 
ularning asosiy qismi aksariyat jangchilar, sayyohlar, elchilar 
va boshqa mamlakatlarda turli maqsadlarda bo‘lgan kishilarning
7


xotiralari yoki bo‘lmasa o‘zga yurtlar to ‘g‘risidagi turli-tuman 
rivoyatlarga asoslanib axborot berganliMari sababli, ko'pincha ushbu 
ma’lumotlar umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan.
Etnologiya — qadimiy fan. Uning zamonaviy yevropacha 
nazariy asoslari xalqlar to ‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX 
asr o‘rtalarida shakllangan. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud. 
Awalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy 
aloqalar jadallashuvi yuz bergan. Boshqa tomondan, bu davrda 
mustamlakachilik siyosati kuchaya boshlagan. Chunonchi, yangi- 
yangi mustamlakalarga ega bo'lish hamda istilochi davlatlar- 
ning o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilish- 
lari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to ‘g‘risida bataf­
sil m a’lumotlarga ega bo'lishni talab qilar edi. Qolaversa, buyuk 
geografik kashfiyotlar natijasida dunyoning turli mintaqalari 
orasida etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlar, boshqa el- 
larda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi 
va ularning etnik o'zlikni anglash mexanizmi, tarixning m a’lum 
davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o ‘rni, sivilizatsiyalar va 
madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni 
kabi muammolarning kun tartibiga qo‘yilishiga sabab boMgan.
Yuqorida ta’kidlangan muammolar va savollarning yechimi 
sifatida fanda qator yangi nazariyalar va konsepsiyalar yaratilgan. 
Bu esa, o‘z navbatida etnologiyaning dastlabki ilmiy maktablari 
va yo‘nalishlari paydo boiishiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik mazkur 
ilmiy maktablar va yo‘nalishlar asosida xalqlar to ‘g‘risidagi 
maxsus fan — 
etnologiya
shakllangan. Etnologiya fanining nomi 
ham boshqa ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi yunoncha
— 
etnos (xalq)
va 
logos (fan)
so‘zlaridan olingan boMib, 
“xalq
to ‘g ‘risidagifan
"degan ma’noni bildiradi1. “Etnos” so‘zi ilk bora 
qadimgi yunon tilidagi man'balarda uchraydi. Taxminan miloddan 
awalgi VI-V asrlarda bu atama kelib chiqishi yunon boMmagan 
urug‘ va qabilalarga nisbatan qoMlanilgan. Aynan shu m a’noda 
mazkur ibora rim madaniyati va lotin tilida ham ishlatilgan.
1 R.H. Winthrop. Dictionary of Concepts in Cultural Anthropology. N.Y.,

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish