obyekti muammosiga yana qaytadan
murojaat qilishlariga sabab
b o clm oqda. Yevropa va Shim oliy Amerikadagi tu rli-tu m an
muam m olar natijasida paydo bo'lgan ko‘p sonli diasporalar,
emigrantlar va qochoqlar rivojlangan davlatlarning etnik tarkibini
jiddiy o ‘zgartirib yubordilar. Mahalliy avtoxton etnoslar orasida
kamsonli etnik jam oalar o‘zlarining mustahkam mavqyelarini
egallarnoqdalar. Boshqa tom ondan esa G ‘arbiy
Yevropadagi
integratsion jarayonlar qator yangi etnik muam m olarning paydo
bo‘lishiga olib kelmoqda.
Yangi tarixiy vaziyat va jamiyat hayotidagi m uam m olar etno
logiya tadqiqot hududining kengayishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi
kunda yangi mavzularning paydo bo‘lishi tadqiqotchilarga fan
ichida mustaqil tadqiqot mavzulari va yo‘nalishlarini ajratib
ko‘rsatish imkoniyatini bermoqda.
Jum ladan, G 'arbiy Yevropa
etnologiyasida bugungi kunda
iqtisodiy etnologiya, sotsial
etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy
etnologiya
kabi yo‘nalishlar
mustaqil holda taraqqiy etib, rivoj-
lanib bormoqda.
Etnologiya fanining kelgusidagi asosiy tadqiqot obyektlari
sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin:
♦ etnik antropologiya (xalqlarning etnogenez va antrofizik
taraqqiyoti muammolarini tadqiq etadi);
♦ etnik sotsiologiya (etnik guruhlar rivojlanishining ijtimoiy
aspektlari va mavjudligini, ularning o'zlikni anglash va o ‘z-o ‘zini
anglash
shakllari, etnik guruhlar orasidagi aloqalar shakllarini
tadqiq qiladi);
♦ etnikpsixologiya(etnik stereoti plarning shakllanishi, etnik
ong va etnik o‘zlikni anglash m uammolarini o'rganadi);
♦ iqtisodiy etnologiya (etnoslarning xo'jalik yuritish va iqtisodiy
m uammolarini tahlil qiladi);
♦ etnodemografiya (mazkur yo‘nalishning asosiy vazifasi aholi
sonining o ‘sib borishi dinamikasi va demografik jarayonlarni
o ‘rganishdir);
♦ etnogeografiya (etnoslarning
geografik joylashuvi, ular
taraqqiyotida hududiy omilning tutgan o ‘rni va etnik hududlar va
etnik chegaralar muammolarini tahlil qiladi);
♦
etnopedagogika (turli etnoslardagi ta ’lim-tarbiyaviy jara-
yonlarning o ‘ziga xos xususiyatlarini o ‘rganadi).
G ‘arb mamlakatlarida hozir etnologiya fani «postmodernizm»
falsafasiga asoslangan b o ‘lib, bunda asosiy e ’tib o r ijtim oiy
gum hlar orasidagi jarayonlarga qaratiladi. Shuningdek, fanda lokal
va global jarayonlarni o ‘ rganishda tadqiqiy tanlanish, ya’ni jamiyat
hayotidagi barcha jarayonlarni emas, balki etnos va turli-tum an
madaniyatlarning o ‘ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda
eng m uhim deb hisoblangan ko‘rinishlar bo ‘yicha tadqiqotlar
olib borilmoqda. Boshqachasiga, so‘nggi yillarda bajarilayotgan
tadqiqotlarda asosiy e ’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari,
ya’ni paydo bo‘lganidan to hozirgi davrga qadar tarixiy yo‘lining
global m iqyosdagi tavsif qilishga em as,
balki m uam m oviy
tanlanish asosidagi tadqiqotlarga ko‘proq e ’tibor qaratilm oqda.
Postm odernizm g‘oyasi bilan boyitilgan etnologiya fanining
bugungi kundagi asosiy vazifasiga etnom adaniy m unosabatlarni
hosil qiluvchi etnosni o'zining ichidagi va etnoslararo ja ra
yonlarni tadqiq qilish kiradi. Tadqiqotchilar oxirgi paytlarda etnik
madaniyatlarga va ularning lokal xususiyatlariga, odam larning
kundalik turm ush tarziga ko‘proq e ’tibor qaratm oqdalar. Eng
m uhim i, h ozir bajarilayotgan ko ‘plab
etnologik tad q iq o tlar
a m a liy o td a q o 'Ila n ilm o q d a . R iv o jla n g an m a m la k a tla rd a
bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jam iyat hayotida
aynan m uhim va eng dolzarb deb e ’tiro f etilgan ijtimoiy m uam -
m olar doirasida amalga oshirilayotganligi yuqoridagi fikrimizga
yanada oydinlik kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: