II.4. Etnologiyadagi yangi konsepsiyalar
Keyingi yarim asr davomida etnologiya fanida ko'plab yangi
nazariy-metodologik qarashlar ham da g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Bunday qarashlarning paydo bo‘lishi dunyo miqyosidagi siyosiy
jarayonlarning o ‘zgarishi bilan cham barchas bog‘liq. Ayniqsa,
ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachi imperiyalarning
yemirilishi etnologiya taraqqiyotiga sezilarli ta ’sir qilgan. Yevro-
padagi yirik davlatlarning mustamlakalaridan m ahrum boMishi
mazkur mamlakatlarda etnologiyaga bo‘lgan qiziqishning maJ-
lum m a’noda susayishini va o ‘z navbatida etnologik tadqiqotlar
uchun ajratiladigan m ablag‘ning kamayishiga sabab b o ‘ldi.
Etnologiyaga amaliy qiziqishning zaiflashuvi, hatto ba’zida ayrim
mam lakatlarda (N iderlandiyada) qator ilmiy tadqiqot insti-
tutlarining yopilishiga olib kelgan bo ‘lsa, boshqalarida (Buyuk
Britaniya va Fransiyada) etnologiyaning fanlar tizirnidagi o ‘rni
va ahamiyati m a’lum m a’noda pasaygan. Biroq, bu jarayonlar
Yevropa mamlakatlari etnologiyasida keyingi davrda hech qanday
yangi qarashlar va nazariyalar yaratilm agan, degan m ulohazani
bildirmaydi. Keyingi davrda Yevropa olimlari tomonidan etnologiya
sohasida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jum ladan, ingliz
olimi Maks G lukm an (1917— 1975-yillar) tom onidan «neofunk-
sionalizm ning M anch ester m aktabi» nom i ostida m ashhur
b o ‘lgan yo‘nalishga asos solingan. Rodney Nidxem (1923-yilda
tu g ‘ilgan) to m o n id an ijtimoiy strukturalizm ning yangi kon-
sepsiyasi yaratilgan. Fransuz etnologlari XX asrning ikkinchi
yarm idan boshlab, m a’lum m a’noda Levi Stross qarashlari
ta ’sirida boiishlariga qaramay, Moris Godilye, Klod Melissolar
tarixiy m aterializm ga asoslangan qarashlarni shakllantirishga
harakat qilgan.
O lz navbatida, qayd etish kerakki, XX asrning 50-yillaridan
boshlab Yevropa mamlakatlaridagi etnologiya fani amerikalik
olim lar qarashlari ta ’sirida rivojlangan. Chunki, aynan m azkur
davrda AQShda madaniy antropologiya juda ham rivojlangan edi.
M asalan, 40—50-yillar oralig‘ida A QShda etnolog mutaxassislar
tayyorlovchi kollej va universitetlar soni ikki baravarga ko‘paygan.
M azkur fanga b o ‘lgan qiziqishning ortishini ikki m uhim vaziyat
bilan izohlash mumkin. Birinchidan, AQShda m adaniy antro
pologiya talabalarning um um iy ta ’lim olishlarida m uhim rol
o ‘ynagan ijtim oiy-gum anitar fan hisoblangan. Ikkinchidan,
ikkinchi ja h o n urushidan keyin ja h o n siyosiy m aydonidagi
vaziyatning o ‘zgarishi AQShda etnologiya fani taraqqiyotiga ham
m a’lum m a’noda o ‘zining ijobiy ta ’sirini o ik azg an . Amerikalik
olimlar tomonidan uchinchi dunyo mamlakatlariga tavsiya qilingan
madaniy relyavitizm konsepsiyasi dunyoning yangi tartib-qoidasi
sifatida qabul qilingan. M adaniy relyativizm bilan birga neoevo-
lutsionizm g ‘oyalari ham sezilarli darajada tarqalgan.
XX asrning 80-yillari ijtimoiy biologiya m aktabining qisqa
m uddatli taraqqiyot davri b o ig an . Biroq, tez orada m azkur
yo‘nalish o ‘zining yetakchilik mavqyeini m adaniy ekologiyaga
b o ‘shatib bergan. M azkur nazariya bugungi kungacha Amerika
madaniy antropologiyasida yetakchilik mavqyeini saqlab kelmoqda.
Tadqiqotchi olim lar bu oqimni funksionalizm, strukturalizm va
neoevolutsionizm bilan birga amerika madaniy antropologiyasidagi
asosiy yo‘nalishlar sirasiga kiritadilar.
Keyingi o‘n yilliklarda Amerika etnologlari orasida Klifford Girs
(1926) va Rixard Terner (1920 — 1983-yillar) qarashlari asosida
shakllangan yangi germenevtika (izohlovchi, talqin etuvchi)
yo'nalishi ancha mashhur bo‘lib bormoqda. Mazkur yo'nalish
tarafdorlari asosan, ijtimoiy kommunikatsiyada simvollar va ramz,
timsollarning zam onaviy m adaniyatlardagi m a’naviy-axloqiy
ahamiyatini tadqiq etishni maqsad qilib olganlar. Bu borada Terner
simvollarning pragmatik aspekti, jihatiga ko‘proq e’tibor qaratgan
holda timsollar ijtimoiy jarayonlarda faol kuch sifatida namoyon
bo‘ladi, degan xulosaga kelgan. Ternerdan farqli ravishda Girs
simvollarning ijtimoiy hayotdagi o ‘rni va ularning inson hissiyoti
va ruhiyatiga boMgan ta ’sirini muhim deb hisoblaydi. Girs etno-
loglar empirik m a’lumotlami tavsif qilish bilangina chegaralanib
qolmasdan, mazkur madaniyat sohiblarining qarashlari va harakat-
lari tub mohiyatini aniqlashlari zarur degan g‘oyani ilgari surgan.
Etnologiyaning kelgusidagi istiqbolli mavzulari to ‘g‘risida
mutaxassis olim lar orasida kechayotgan bahs-m unozaralarda
ko‘plab tadqiqotchilar germ enevtika antropologiya fanning
istiqbolli yo'nalishi deb ta ’kidlamoqdalar. Bunga sabab mazkur
yo‘nalish tarafdorlari «madaniyat obyektini tadqiq qilish subyekti
asosan, yevropalik tadqiqotchilar b o ‘lishi kerak, yevropalik
bo'lmagan jamoalar bunda tadqiqot obyektigina bo‘lishi mumkin»
degan g‘oya asosida shakllangan yevrotsentrizm g‘oyasidan butkul
voz kechishdi. U lar sayyoram izning h ar qaysi m intaqasida
yashovchi ilmiy izlanuvchi tadqiqot subyekti b o ‘lishi va o ‘z
navbatida, yevropa madaniyati tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi
mumkin degan g‘oyani ilgari suradilar. Qolaversa, hozir alohida
madaniyatlarning o ‘zaro yaqinlashuvi jarayoni ularning yagona
global madaniy tizimda birlashishlariga sabab boMmoqda. Shu bois
hozir etnologiya fanida boshqa madaniyatlarni nafaqat tadqiqot
obyekti sifatida tadqiq etishga, balki tarixiy-m adaniy jarayonlar
muammolariga ham alohida e ’tibor qaratilmoqda. 0 ‘z navbatida
esa mazkur yo‘nalishlar doirasidagi mavzular fanning istiqboldagi
yo‘nalishlari sifatida e ’tirof etilmoqda.
Zam onaviy etnologiyada “ orqada qolgan” etnik birliklargina
emas, balki zam onaviy taraqqiy etgan industrlashgan jam iyatlar
ham tadqiq qilinmoqda. Qolaversa, aynan oxirgi yillarda olib
borilayotgan samarali amaliy tadqiqotlar va etnologiyaning turli
yondosh fanlar bilan o ‘zaro tutashishi natijasida “ etn o so t-
siologiya” , “etnopsixologiya”, ^etnolingvistika», «etnodem ogra-
fiya» kabi o ‘zaro tutash yangi yo‘nalishlar paydo b o ‘ldi. E tn o
logiyada ko‘proq insoniyat va uning madaniyatini tadqiq qilishga
va ularni ilmiy analitik tarzda tahlil etishga e ’tibor qaratilmoqda.
XX asr milliy g‘oyalar, harakatlar va milliy-etnik nizolar avj
olgan davr hisoblanadi. Xalqlar tarixiy-m adaniy taraqqiyoti -
ning doim iy rivoji etnoslararo jaray o n lar va m illiy-ozodlik
harakatlarning m a’lum darajada avj olishiga sabab b o ‘lgan deb
hisoblash m um kin. Bu jarayonlar Norvegiya, Irlandiya, Polsha,
Finlandiya, Boltiqbo‘yi davlatiarining milliy mustaqillikni qo ‘lga
kiritishlari, M arkaziy Yevropada va Bolqonda birinchi jah o n
urushidan keyin Avstriya-Vengriya imperiyasi o‘rnida qator milliy
davlatlarning barpo bo ‘lishiga olib keldi. Ayniqsa, ikkinchi jahon
urushidan keyin yirik kapitalistik m ainlakatlar o ‘zlarining q a
to r m ustam lakalaridan m ahrum b o ‘ldilar. Jan u b iy -S h arq iy
O siyoda, H in d ix ito y d a, A frikada q a to r m ustaqil davlailai’
vujudga keldi. Shuningdek, 1991 yildan keyin sobiq Ittifoq o ‘rnida
15 ta mustaqil davlatlarning paydo bo ‘lishi ham m a’lum m a’noda
m illiy-etnik m uam m olar bilan cham barchas bogMiqdir. U shbu
m a’lum otlar milliy va etnik om illarning o ‘ta m uhim aham iyat
kasb etayotganligidan dalolat beradi. 0 ‘z navbatida, etnologik
nazariyalardan qay biri etnik jarayonlarni izohlashda eng m aq-
buli hisoblanadi? — degan savol paydo bo'lishi tabiiydir. Ay
rim tad qiq o tch ilar tarixdagi etnik jarayonlarni izohlashda eng
m aqbuli turli etnologik, sotsiologik va m adaniyatshunoslikka
oid m aktablar orasidan sintez qilib olingan tarixiy etnologiya
deb hisoblaydilar1.
XX asr oxirida dunyo etnik manzarasining keskin ravishda
o‘zgarib borishi tadqiqotchi olimlarni etnologiyaning tadqiqot
Do'stlaringiz bilan baham: |