Taylor o‘z tadqiqotlarida ibtidoiy odamlarning diniy e ’tiqodlari
madaniyatning barcha ko‘rinishlariga nisbatan birm uncha ko'proq
qiziqish uyglotgan va u bu borada dinning paydo bo'lishi to !g‘risidagi
animistik nazariyani ishlab chiqqan. Ibtidoiy odamlarning diniy
e ’tiqodlarini o'rganish asnosida Taylor ularga insoniyat va uning
m adaniyati uyg'unligi nuqtai nazardan yondashgan. U ning
tikricha, «yowoyi odamlar»ning e ’tiqodlari
va marosimlari turli-
tuman mazmunsiz qorishmadan emas, balki o'zaro ketma-ketlikka
va mantiqiy asosga ega bolgan urf-odatlardan iborat. Eng muhimi,
bularning barchasi zaminida olim ta ’kidlaganidek, «Ilohiy zotga
e’tiqod» yoki boshqachasiga aytganda, ruh va jonga ishonch g'oyasi
mujassamlashgan. Taylor o ‘z qarashlari asosida «animizm»
nazariyasini shakllantirgan. U anim izm ildizlarini ibtidoiy odam
tasawuridagi tush, tush ko'rishning o'ziga xos xususiyati, kasal-
lik, o ‘lim kabi hodisalar sabablarini izohlash bilan bog'laydi. Tay
lor ularni izohlashda ibtidoiy odam lar tasaw uridagi «har bir
odam da jon bo'lib, ular inson tanasini vaqtinchalik (tush ko'rish
vaqtida) yoki butunlay (vafot etganda) tark etadi», —
degan
g'oyani asos qilib olgan. O 'z navbatida jon to ‘g‘risidagi bunday
qarash keyinchalik dunyoviy dinlarda ham rivojlangan. Ibtidoiy
odamlarning magik fikrlash qoidasi asosida har bir narsaning joni
va ruhi mavjudligi to ‘g‘risidagi tasaw urlar paydo bo‘lgan va natija-
da hayvonlar ham da tabiiy kuchlam ing ruhi, boshqa olamdagi
hayotga ishonch, tabiatdagi ilohlar va oxir oqibatda yagona tangri
taologa bo‘lgan e ’tiqod shakllangan deb ta ’kidlaydi.
Taylorning evolutsionistik qarashlari etnologiyadagi dastlabki
«inqilobiy» nuqtai nazarlardan biri edi. Evolutsionistlar qarash-
larining m uhim jihatlaridan biri shundaki,
m azkur nazariya
tarafdorlari ilk bora tarixiy jarayonlarning yaxlitliligi va madaniyat
taraqqiyotining progressivligi to ‘g‘risidagi izchil konsepsiyani ilgari
surganlar. Biroq, evolutsionizm konsepsiyasi, shu jum ladan,
Taylor qarashlarining kamchiligi borasida, birm uncha kechroq
bo‘lsa-da, qator tanqidiy fikrlar bayon etilgan.
Taylor qarashlarining izdoshlari boshqa m am lakatlarda ham
mavjud edi. Shu bois uning qarashlari juda tez m uddatda etno-
logiyada yetakchi qarashlarga aylangan.
Etnologiyada evoluisionizm klassiklaridan biri ingliz faylasu-
fi, biologi,
psixologi va sotsiologi
Gerbert Spenser
(1820 — 1903-
yillar) ushbu g‘oyani asosan bir tom onlam a tahlil va talqin qil-
gan. Uning fikricha, ibt idoiy jamiyat vakillari jism onan, aqlan va
ruhiy jihatdan taraqqiy etmaganlar. Qolaversa, Spenserning evo-
lyutsionistik qarashlari m a’lum m a’noda irqchilik xarakterida
bo‘lgan.
Etnologiyada evolutsionizm asoschilari
orasida am erikalik
olim
Lyus Genri Morgan (1818 — 1881-yillar)
ulkan xizmatlari
tufayli alohida ajralib turadi.
M organ yirik olim bo‘lib u hech kimning da’vatisiz tad
qiqotchi bo'lgan. U o ‘zining qariyb 40-yillik ilmiy faoliyatini
dastlab AQShdagi hindu qabilasi - - irokezlarni, so‘ngra boshqa
Amerika hindularini va o ‘zga yurtlardagi xalqlarni o'rganishga
bag'ishlagan. Morganning barcha qarashlari va turfa xil g'oyala-
rini to'liq hamda atroflicha tavsiflash ancha mushkul. Uning etnik
muammolarga oid asosiy qarashlari
«Qadimgi jamiyat»
(1877)
nomli yirik asarida mujassamlashgan.
M azkur asarda Morgan
etnologiyaning asosiy uch m uhim m uam m osini, ya’ni insoniyat
tarixida urug'chilik jamiyatining o ‘rni va ahamiyati, oilaviy-nikoh
munosabatlarning shakllanish tarixi ham da insoniyat tarixini
davrlashtirish muammosini batafsil tahlil qilgan.
U «Qadimgi jamiyat» kitobida irokezlaming o'ziga xosjamoaviy
tuzum ini rekonstruksiya qilish oqibatida ibtidoiy jam oa tuzum i
asosan u ru g ‘chilikka asoslangan, degan xulosaga kelgan.
Morganning fikricha, insoniyat tarixini ikkita katta davrga bo‘lish
mumkin. Birinchisi, bu qabila va urug‘laiga asoslangan ilk ijtimoiy
jam oalar davri;
ikkinchisi, hududiy va m ulkchilik asosidagi
so‘nggi-siyosiy uyushm alar davri hisoblanadi. M organning
qarashlariga ko‘ra, urug‘chilik Osiyodagi, Yevropadagi, Afrikadagi
va Avstraliyadagi qadimgi jamiyatlar uchun deyarli bir xil kechgan.
Xalqlarning urug‘chilik jam oalarini tadqiq etishda M organ
evolutsion-tarixiylik prinsi pi, tamoyiliga asoslangan. U urug‘-
chilik tuzumi qoldiqlarini Avstraliya qabilalari turm ush tarzidan
izlagan. U rug‘chilikning rivojlangan shakllarini esa jam o a
taraqqiyotining yuqoriroq pillapoyalaridan, ya’ni irrokezlar