A ashirov, sh. Atadjanov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

1.3. Etnologiya inetodlari
Har bir fan zaruriy bilimlarni jalb etgan, uiardan unumli 
foydalangan holda aniq tadqiqot obyektini o ‘rganishga qaratil- 
gan boiadi. Lekin, har bir fandagi bilitn obyektining o ‘ziga xosligi 
tadqiqotchilar oldiga o ‘rganilayotgan obyektga oid to ‘liq va aniq 
m a’lumotlarga ega bo‘lish talabini qo‘yadi.
Zam onaviy etnologiyada ilmiy tahlil uchun tu rli-tu m an
materiallar: tadqiqotlar natijasi va etnograf olimlarning turli dala 
yozuvlari, sayohatchilarning safarnomalari, kuzatuvlari, folklor 
namunalari va badiiy m atnlar, etnosotsiologik va etnopsixologik 
materiallar, publitsistik m atnlar, rasmiy hujjatlar, tarixiy va ijti- 
moiy-siyosiy adabiyotlardan foydalaniladi. Bulardan tashqari 
tadqiq qilinayotgan etnos vakillari bilan bevosita muloqot jarayoni­
da ularning turli holatlarga munosabatlari, bahs-m unozaralar va 
suhbatlarda bildirgan fikr-mulohazalari va dalillarining mantiqli- 
ligi, tevarak-atrofdagi turli ko'rinishlarni izohlash yo'llari va 
shaxsiy xulq-atvorlarini kuzatuv natijalari ham m uhim rol 
o ‘ynaydi. Shubhasiz, bunday m a’lumotlarni yig‘ish tadqiqot- 
chidan m a’lum metodlarni o ‘zlashtirib olishni talab qiladi. Hoziigi 
davrda zamonaviy etnologiyada o ‘ziga xos tadqiqot metodlari 
majmui shakllangan b o ‘lib, ularga 
dala tadqiqotlari, yozma
manbalami о ‘rganish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini to ‘plash,
statistik materiallar (aw alo turli davrlarda bajarilgan aholini
ro ‘yxatga olish materiallari)ni tahlil qilish
kiradi.


Yozma m anbalarni o'rganish
etnologiyaning eng m uhim
m etodlaridan biri bo'lib, uning qim m ati o ‘rganilayotgan xalq va 
uning m adaniyati to ‘g‘risida aniq va to'laqonli m a’lum otlarni 
berishi bilan ajralib turadi. Yozma m anbalar nafaqat etnologiya, 
shu bilan birga tarix fani uchun ham m uhim ahamiyat kasb etadi. 
Yozma manbalar, asosan, insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i, 
kishilarning o ‘zaro m unosabatlari natijasi o ‘laroq yaratilgan va 
o ‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, tarixiy voqyea, hodisa, 
jarayonlarni aks ettirgan manbalardir. Yozma manbalarga, odatda, 
m a’lum bir xalq vakillari hisoblangan m ualliflar tom onidan 
o ‘zlarining yoki boshqa xalqlarning tarixi ham da m adaniyati 
to ‘g‘risida yozib qoldirilgan qo‘lyozma asarlar, tarixiy m anbalar 
kiradi. Shuningdek, yozma m anbalarga oliy va mahalliy hukm - 
dorlar m ahkam asidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, far- 
monlar, inoyatnom alar va b.), tarixiy, geo-kosmografik ham da 
biografik asarlar ham kiradi. Yozm a m anbalar doimiy ravishda 
bir necha avlod tadqiqotchilari uchun qiziqarli m anba bo ‘lib xiz- 
m at qilib kelmoqda.
Turli xalqlar ijtim oiy-iqtisodiy xususiyatlarini o ‘rganishda 
rasmiy hujjatlar, moliyaviy-hisobot daftarlari va yozishmalaming 
aham iyati ham benihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy- 
siyosiy hayotni m a’lum bir yuridik shaklda bevosita va ko‘p hol- 
larda aynan qayd etilganligi bilan ham qim m atlidir. Lekin, ayni 
vaqtda b a ’zan ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishm alarda 
ataylab soxta m a’lum otlar berilganlari ham uchrab turishini 
unutm aslik lozim. Shuning uchun ham m azkur m anbalardan 
foydalanilganda o ‘ziga xos diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik talab 
qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borilganda, aniqrog‘i undan 
biror bir ijtimoiy-siyosiy jarayonni talqin etishda foydalanilganda 
bir hujjat bilan chegaralanmaslik, o ‘xshash hujyatlami o ‘zaro 
qiyosiy tahlil etib o ‘rganmoq zarur. Qolaversa, hozirgi kunda 
bunday tarixiy-m adaniy yozuvlar etnologlar qiziqadigan yagona 
m anba turi bo ‘lib hisoblanmaydi. Ayni zam onda turli davrlardagi 
xalqlar hayoti va m adaniyatiga bag'ishlangan h ar xil yozm a 
m anbalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘p qismi hozirgacha batafsil 
o ‘rganilmagan. Bunday yozma m anbalar jumlasiga, sayyohlar


va geograflarning safarlari to ‘g‘risidagi xabarnomalari, o ‘tkazilgan 
turli-tum an ekspeditsiyalar hisobotlari, matroslar va askarlar- 
ning kundaliklari, elchilarning hisobotlari, savdogarlarning sa- 
farnomalari, oddiy xalq vakillarining davlat rahbarlariga yozgan 
maktublari va shu kabi bir qator yozma materiallar kiradi.
Etnologiya ilmida xalqning tarixiy tafakkurini aks ettiruvchi 
xalq o g ‘zaki ijodi
nam unalari ham muhim manba hisoblanadi. 
Xalq og‘zaki ijodiyoti m adaniyatning eng qadimgi sohalaridan 
b o iib , uning ildizi insoniyatning eng qadimgi tarixiga borib 
taqaladi. Og‘zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon 
tarixchilari va Tabariy, M a’sudiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn 
al-Asir kabi Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib 
kelgan. Qayumars, Jam shid va Siyovush haqidagi afsonalar, 
To‘maris va Shiroq haqidagi qissalar ham shular jumlasidandir. 
An’anaviy urug‘-jamoaviy, xo‘jalik munosabatlarini, um um an 
olganda, turkiy xalqlarga xos milliy-etnik qadriyatlarni tadqiq 
qilishda «G o‘ro‘g‘li», «Alpomish» kabi dostonlar, shuningdek, 
xalq ertaklari, rivoyatlar, marosim qo‘shiqlari, matal va topish- 
moqlarning o ‘rni benihoyat kattadir. Yozma adabiyotdan aw al 
paydo b o ig an bu xalq durdonalari turli ijtimoiy qatlam vakillari 
hisoblangan kishilarning turm ush tarzi, m a’naviy qiyofasi, urf- 
odatlari, ayniqsa, uzoq o ‘tm ish davrlardagi ijtim oiy m uno­
sabatlar to ‘g‘risida g‘oyat qimmatli m aium otlarberadi. Qolaversa, 
etnologik tadqiqotlar jarayonida o ‘tkazilgan tajriba qo‘ni-qo‘shni 
b o iib yashagan xalqlarda ham tarixiy tafakkurning shakllanishi 
ayrim hollarda tubdan boshqa-boshqa b o iish i mumkinligidan 
dalolat beradi. Ajdodlari ko ‘chm anchi yoki yarim ko‘chm anchi 
chorvachilik bilan shug'ullangan xalqlar hatto hozirgi kungacha 
o ‘zlarining ajdodlari shajarasini yaxshi bilishlari bilan birga, 
ularning qaysi urug‘ va shu urug'ning qaysi shoxobchasiga 
mansubligi, ajdodlari qayerdan kelganligidan tortib ularning 
a n ’anaviy m ashg‘ulot turlarigacha ma lum darajada yaxshi 
biladilar. Shubhasiz, bunday qimmatli manbalar, ko'pincha, og‘- 
zaki ijod orqali ajdodlardan avlodlarga o ‘tib saqlanib keladi. Xalq 
og‘zaki ijodiga oid m ateriallar bugungi globallashuv va zam o­
naviy etnik jarayonlar ta ’sirida yo‘qolib bormoqda. H atto, yaqin


kelajakda bunday manbalarning ayrimlari butkul yo'qolib ketishi 
xavfi mavjud.
E tnologiyada tarix, etn o m ad an iy at va k o ‘proq m oddiy 
madaniyatni tadqiq qilishda 
arxeologik materiallardan
ham keng 
foydalaniladi. Arxeologik moddiy (ashyoviy) m anbalar deyil- 
ganda, insoniyatning ajdodlari yashagan qadim iy m akonlardan 
topilgan m ehnat va urush qurollari, ular dafn etilgan joylar, 
keyingi taraqqiyot jarayonida qurilgan bino va inshootlar (qal’a va 
qasrlar, h a m m o m la r va karv o n saro y lar, h u n a rm a n d ch ilik
ustaxonalari ham da suv inshootlari kabilar)ning qoldiqlari, uy- 
ro‘zglor va zeb-ziynat buyumlari tushuniladi. Yozma va og‘zaki 
manbalarga qaraganda, arxeologik moddiy ashyolar birm uncha 
ishonchliroq m anba hisoblanadi. U lar yordam ida m a’lum bir 
tarixiy voqyeaning aniq vaqti yoki moddiy m adaniyat qurolining 
tarq alish davrini nisbatan osonroq belgilash m um kin. Bu 
metodning yuqori sifatliligi bugungi kunda arxeologik materiallarni 
zamonaviy shaklda o ‘rganish va baholash mezonlariga asoslana- 
di. Jum ladan, hozirda arxeologik materiallarni o ‘rganishda statis- 
tik m etodlardan keng raishda foydalanilm oqda. Shuningdek, 
so‘nggi yillarda etnoarxeologiya kabi yo‘nalish ham jadal rivojla- 
nib borm oqda.D eskriptiv (tavsifiy) statistikani q o ‘llash arxeo­
logik materiallar zaxirasini to ‘laligicha ochishga ko‘maklashsa, 
analitik statistika esa arxeologik m ateriallarning tipologiyasi 
va ilm iy gip o tezalari, farazlarini tekshirish im konini beradi. 
0 ‘z navbatida, m azkur m a’lum otlar tahlili va talqini, ilmiy qim- 
mati etnologiyaga oid nazariyalar, g‘oyalar, konsepsiyalar va 
madaniyat modellarini paydo bo ‘lishiga asos b o ‘lib xizmat qiladi.
Etnologik tadqiqotlardagi muhim metodlardan yana biri 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish