NAM ANGAN DAVLAT
№55
UNIVERSITET1
{ ^ fC £ 0
A h Ь о г о t - r« s u r s m a
r
k a
1
1
Mustaqillik
yiJlarida etnologiya fani.
XX asr davomida etnolo
giya yo‘nalishida boy empirik va nazariy materiallar yig'ildi. XX asr
ning birinchi yarmida bajarilgan akademik tadqiqotlarda ko‘proq
o'tmishga aylanayotgan an’anaviy urf-odatlar to ‘g‘risidagi m a’lu-
motlarni yozib olishga diqqat-e’tibor qaratilgan bo‘lsa, XX asr ik
kinchi yarmidan boshlab mavjud vaziyat o‘zgardi va etnologik mate-
riallarning kolarni kengaydi, amaliy qadr-qimmati osha boshladi.
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin etnologiya fani ham
yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, etnogenez va etnik tarix
muammolari bo‘yicha qator tadqiqotlar yaratildi. Bu sohada
etnologiya fani daig‘alaridan biri, akademik Karim Shoniyozovning
qator fundamental tadqiqotlari va monografiyalari alohida e’tiborga
molikdir. Zahmatkash va fidoyi olim K. Shoniyozov o ‘zining
qariyb yarim asrlik ilmiy faoliyati m obaynida 0 ‘rta Osiyo
m intaqasida yashovchi o ‘zbeklar va boshqa qardosh xalqlar
etnogenezi va etnik tarixini izchil o ‘rgandi. Natijada, bu mavzu
doirasida bir necha yirik monografiyalar va yuzdan ortiq ilmiy
maqolalar yaratildi. Olimning « 0 ‘zbek qarluqlari» (Т.: 1964),
« 0 ‘zbek xalqining etnik tarixiga oid»(T.: 1974), « 0 ‘zbek xalqining
moddiy madaniyatidan etnografik lavhalar»(T.: 1981), «Qang‘
davlati va qang‘lilar»( Т.: 1990), «Qarluq davlati va qarluqlar»
(Т.: 1999), « 0 ‘zbek xalqining shakllanish jarayoni»( T.:2000)
kabi fundamental monografiyalari boy tarixiy manbalar, ko‘pdan-
ko‘p folklor-etnografik ekspeditsiyalarning materiallari asosida
yaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. K. Shoniyozov
o ‘zining o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixiga oid fundamental
tadqiqotlari orqali o ‘zbek xalqi etnik tarixini o ‘rganishda yangi
ilmiy yo‘nalishga asos soldi. Tarixiy va etnografik m a’lumotlarni
arxeologiya, antropologiya, numizmatika, folklorshunoslik va
tilshunoslik kabi yondosh fanlar yutuqlari bilan qiyosiy o ‘rganish
va m uam m oni yoritishda muayyan ilmiy xulosalarga kelish
0 ‘zbekiston etnologiyasi fanida Karim Shoniyozov asos solgan
yangi yo‘nalishning muhim bir xususiyatidir. Shuning uchun
ham akademik olimning tadqiqotlari nafaqat respublikamizdagi
ilmiy jamoatchilik tom onidan yaxshi kutib olingan, balki xorijlik
mutaxassislar tom onidan ham e ’tirof etilgan.
i I nogcnez va etnik tarix inuammolarini tadqiq qilishda akademik
A Asqarovning ham xizmatlari kattadir. Taniqli olim o ‘z tad-
(|K|ollarida birinchilardan bo‘lib tarixiy va arxeologik, etnografik
vn imtmpologik manbalarga ham da adabiyotlarga asoslanib,
ii’/bcklarning shakllanish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lib
ladqiq qilgan va qator nazariy-metodologik hamda ilmiy konseptua!
xulosalar chiqargan. Mualiif keyingi yillardagi tadqiqotlarida
etnogenez va etnik tarix muammolari bilan jiddiy shug‘ullanib,
d u o s nazariyasiga oid bir qator ilmiy arijum anlar va sem inarlar
liishkil etdi ham da bu borada o ‘zining qator ilmiy-nazariy va
melodologik qarashlarini ilgari surdi.
Sluiningdek, bu davrda xalqimizning moddiy va m a’naviy
uiiulaniyati, oilaviy va jamoaviy hayoti, etnoslararo jarayonlarni
o'rganish borasida ham ancha samarali ishlar bajarildi. Xususan,
o'/tick oilasi tarixi (O. Bo‘riyev), to ‘y va motam marosimlari (H.
Ismoilov, Q. Nasriddinov), an ’anaviy uy hunarmandchiligi (X.
I'oshcv va M. 0 ‘roqov), o'zbeklar orasidagi mahalla va qo‘ni-
(|o‘shnichilik an ’analari (Z. Orifxonova), qadimiy diniy e’tiqodlar
va ularning o‘zbek xalqi turmush tarzidagi izlari (A. Ashirov),
etnoslararo jarayonlar (U. Abdullayev) mavzulari doirasida qator
ilmiy monografiya va risolalar e’lon qilindi. Shu bilan birga 0 ‘zbe-
kistonning tarixiy etnografik mintaqalari - Toshkent shahri (Z.
( )iifxonova, G. Zunnunova), Buxoro vohasi (A. Jumayev, M. Qur-
bonova), Farg'ona vodiysi (Sh. Abdullayev, U.Abdullayev, V. Haq-
liyev, A. Ashirov, B. Tursunov, I. Xo'jaxonov), Janubiy 0 ‘zbe-
kiston (O. Bo‘riyev, Q. Nasriddinov, F. Rahmonov, G. Tosheva, S.
Tursunov, A. Qayumov, B. Hamroqulova, M. Ibragimova) etno-
logiyasini tadqiq etish borasida samarali natijalarga erishildi.
0 ‘zbekistonda etnografiya va etnologiya fanining tarixshunosligi
(Л. Doniyorov, D. Hoshimova), m azkur fanning Oliy o ‘quv
yurt larida o'qitilishi bo'yicha qo‘llanma va risolalar (I. Jabborov,
(). Bo'riyev, T. Salimov, B. Isoqov), etnologiya atam alarning
qisqacha lug‘ati (O. Bo‘riyev va T. X o‘jamberdiyev) chop etildi.
Hozirgi davrga kelib, 0 ‘zbekiston Respublikasining qator
ilmiy maskanlarida mazkur yo‘nalishda jiddiy tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda. Jum ladan, 0 ‘zR FA Tarix institutining Etnologiya
bo'lirni, 0 ‘zM Uda «Arxeologiya va etnologiya» kafedrasi, TerD U
va Qarshi DU da Etnologiya ilmiy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz bo‘yicha doimiy va mavsumiy ilmiy ekspeditsiyalar
uyushtirilmoqda. 0 ‘zbekiston etnologiyasining dolzarb m uam -
molariga bag‘ishlangan bir qator xalqaro va mintaqaviy anju-
m anlar (1999, 2000, 2004, 2005, 2007) tashkil etildi. Etnologiya
fanining so'nggi natijalariga bag‘ishlangan «Akademik Karim
Shoniyozov o ‘qishlari» turkumidagi ilmiy konferensiyani har
ikki yilda o ‘tkazish yaxshi bir an ’anaga aylanib ulgurdi.
M amlakatimiz etnologlari AQSh, Angliya, Fransiya, G er-
maniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Markaziy Osiyo
respublikalari etnologlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqala-
rini o‘matganlar. Rossiya FA Etnologiya va antropologiya instituti
bilan ham doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunday ilmiy
aloqalar yurtimizda etnologiya jahon ilmi bilan o ‘zaro uyg‘un
rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda etnologik tadqiqotlar
jam iyat hayotining turli sohalarida o‘ta m uhim ilmiy va amaliy
ahamiyat kasb etib bormoqda. Etnolog olimlarning bilimi va
maslahatlaridan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy m uam m olarni hal
etishda keng foydalanilmoqda. Fan yutuqlari kommunikatsiya
tizim ida, xalqaro savdoda, di plom atiya da va boshqa qator
sohalarda samarali qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda etnologiya
ning ko‘plab boshqa yondosh fanlar bilan doimiy aloqalari sama-
rasi sifatida etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya,
etnom adaniyat, etnopedagogika, etnofolkloristika, etnozoolo-
giya, etnobotanika kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ana shu
yutuqlarga tayanib aytish mumkinki, etnologiya bugungi kunga
kelib o ‘zining yangi bir rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |