A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/102
Sana26.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#468659
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Bog'liq
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Olmaliq metallurgiyasi 
Qalmoqqir koni.
Bu kon Markaziy Osiyodagi eng katta mis-molib- denga boy 
konlardan biri hisoblanadi. Olmaliq shahrining shundoqqina yonida joylashgan (2–
3 km) bo‘lib, 3,5 kmuzunlik, 1,6 km kenglikka ega bo‘lgan konning o‘rtacha 
chuqurligi 0,6 km ni tashkil etadi. 
Qalmoqqir makoni 1954-yildan karyer sifatida ishlab kelmoqda. Asosiy metall 
bo‘yicha konning zaxirasi balans va balansdan tashqaridagi zaxira yig‘indisi 
bo‘yicha taxminan 3 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Tasdiqlangan zaxirasi karyerning 
to‘xtovsiz ishlashini yana 100 yilga ta’minlashi mumkin. Loyihaviy kon quvvati – 
yiliga 26 mln. tonna mineralli ruda. 
Konda tabiiy minerallar uch xil ko‘rinishda uchraydi: oksidlangan, 
sulfidlangan va aralashma. 
Dastlabki sulfidlangan minerallar 150 tadan ko‘proq mineral bilan 
ifodalangan bo‘lib, ular, asosan, xalkopirit, pirit, xalkozin va molibdenitlardan 
iboratdir. Kumush xalkopirit va pirit kristall panjaralari bilan bog‘langan holda, 
qisman sof holda uchraydi. Qolgan barcha yo‘ldosh komponentlar: oltingugurt, 
selen va tellur ham yuqorida qayd etilgan minerallar bilan bog‘langan, faqatgina 
molibden va ajratib olinadigan reniyning asosiy qismi molibdenit bilan bog‘langan. 
Qalmoqqir konining rudalari sulfidlangan rudalar, shuning uchun mis ajratib 
olish flotatsiya usuli bilan 75% dan 80% gacha, goh undan ortiq foizni tashkil 
etadi. Qalmoqqir konining geologik jihatdan to‘liq qiyosi bo‘lmish “Uzoqdagi” 
mis-porfir ma’dan koni uning eng chuqur quvvatidagi tabiiy davomidir. Loyiha 
bo‘yicha rudalarni kondan qazib olish bir yilda 30 mln. tonna, bu esa karyer 
faoliyatini yana 70–80 yilga ta’minlaydi.
Kon zaxira sifatida tasdiqlangandan buyon hozirgi vaqtgacha konda qazish 
ishlari olib borilgani yo‘q. OTMK olimlari va yetuk muhandislarining 


17 
ta’kidlashicha, “Uzoqdagi” koni bugungi kunda ishlab turgan Qalmoqqir va 
Sariqcho‘qqi konlarining kamayib qolgan quvvatini to‘ldirish uchun zaxira sifatida 
2030-yilda qayta ko‘rib chiqilishi mo‘ljallanmoqda. 
Makon past ufqlari (ayni gorizonti), avtoulov transportiga ortish bilan ishlov 
beriladi, yuqorida, asosan, temiryo‘l orqali 2VS–105 dumpkarlariga yuklanib, mis 
boyitish fabrikasiga ma’danli ruda 8 km masofagacha olib boriladi. Ikkilamchi 
nokerak tog‘ jinslari, yer sathidagi qoplama tuproqlar alohida ag‘darma tashlanma 
joyga temiryo‘l transporti orqali 5 km dan 10 km gacha masofaga yetkazib 
beriladi. 
Rangli metalli ruda va tog‘ jinslarini tashib olib borib, tashlanma joyga eltish 
xarajatlarini kamaytirish maqsadida hamda karyerda ekologik holatni yaxshilash 
uchun chet elda ishlab chiqarilgan 2 ta yuqori unumli maydalaydigan – konveyer 
yig‘indisi barpo qilinishi taklif etildi. Ulardan bittasi nokerak tog‘ jinslarini 
chiqarish uchun bo‘lsa, ikkinchisi ma’dan toshni kichik karyer stansiyasiga 
yetkazib berishga mo‘ljallangan. 
Qalmoqqir karyeri sharoitlarida jinslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri karyerda 
maydalash uchun avtonom jihozi bilan maxsus o‘rmalovchi transporter, 
yarimmobil (ko‘chirma) maydalaydigan ortiqcha yuklanish agregatlari tavsiya 
etilmoqda. Bundan tashqari, karyerning yuqori ufqlarida temiryo‘l va avtoulov 
yo‘llarini qayta ta’mirlash ishlari rejalashtirilmoqda. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish