Toshqollarni qayta ishlash
Metallurg olimlarimizning fikricha, tarkibida 0,7–1,0 % misi bor
toshqolni qayta ishlash ruda tarkibidagi misni ajratib olishdan ancha arzonga
tushadi. Raqam va dalillarga murojaat qilinsa, 1 tonna metall, xususan, mis olish
uchun kamida 1000 tonna tog‘ jinsini qazib olish, 300–400 tonna rudani kamida
0,1 mm yiriklikda maydalab, boyitish kerak bo‘ladi. Eritish pechiga kelsak, 1
tonna metall olish uchun 10–30 tonna toshqol tashlanma joyga 1150–1200
0
C
haroratda suyuq holda chiqarib tashlanadi. Uning tarkibida misni 0,5 % dan
kamaytirishning shu kungacha deyarli iloji yo‘q. Iloji bo‘lsa ham, eritish
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Demak, shunday yangi texnologiya yaratilishi kerakki, toshqol tarkibidagi
nafaqat mis, balki boshqa metallar, hatto temir ham ajratib olish metallurgiya
sanoatida katta bir burilish bo‘lgan bo‘lar edi. Toshqol tarkibida misning asosiy
qismi sulfid va elementar holatda joylashgan, desak, qolgan qismi erigan holda
bo‘lishi Moskva texnologiya universiteti olimlari V.A.Vanyukov, V.Ya.Zaysev,
V.P.Bistrovlar boshchiligida o‘rganilgan. Sulfid va metall holidagi misni ajratib
olish mumkin bo‘lganligi uchun ham quyidagi usullar ishlab chiqilgan:
- gidrometallurgiya;
- flotatsiya;
- pirometallurgiya va boshqa turli aralash usullar.
XXI asr boshida tarkibida rangli va nodir metallar kam bo‘lgan toshqol va
chiqindilarni qayta ishlash asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Juda ko‘p
tavsiya etilgan toshqollarni qayta ishlovchi texnologiyalar sanoat miqyosida to‘liq
ishlatilmayapti. Faqat flotatsiya usuli bilan boyitishgina ishlatilmoqda. Rossiyada
professor
V.A.Romenes
rahbarligida
ROMELT
jarayoni
“Novolipesk”
kombinatida sanoat miqyosida tatbiq qilingach, metallurgiya sanoatida katta
burilish yasaldi. Bu jarayon asosan yangi usul bo‘lib, tarkibida temiri yuqori
68
bo‘lgan chiqindilarni kokssiz qayta ishlab, cho‘yan olishga mo‘ljallangan.
ROMELT ancha oddiy bo‘lib, unda asosan “Vanyukov pechi” jarayoni asos qilib
olingan.
Tarkibida temiri bor xomashyo temirli boyitma shlam, okalin, temir
chiqindilari va unga ohaktosh, ko‘mir qo‘shilib, qayta ishlanadi va qaytarilish
jarayonida suyuq temir va uglerodli yarim mahsulot olinadi. ROMELT–bu jarayon
bugungi kunda ishlab turgan oddiy cho‘yan olish texnologiyasiga qaraganda
quyidagi afzalliklar bilan farq qiladi:
- qimmat bo‘lgan koks ishlatilmaydi va uning o‘rniga ancha arzon bo‘lgan
ko‘mir ishlatish mumkin, tabiiy gaz kam sarflanadi;
- tarkibida temiri bor xomashyoni har qanday holatda tayyorgarliksiz
pechga yuklash mumkin.
Temir va misning cho‘yan tarkibiga o‘tish foizi yuqori, ya’ni 60–90%.
Kichik hajmdagi pechni qurish va ularni ishlatish qulay. Atrof-muhitni
ifloslantirmaslik darajasi yuqori va chang chiqishi kam. Pechdan chiqayotgan oqova
gaz harorati to‘la sovutiladi. Vanyukov pechi tinimsiz ishlaydigan jarayonlar
turkumiga kirib, uning asl mohiyati tarkibida kislorodi yuqori bo‘lgan havo bilan
biqirlab, toshqolli suyuq vannada tarkibida temiri bor ashyolar birikmasining
tinimsiz erishi va qaytarilishidir. Biqirlash quyidagi barcha jarayonlar bosqichi
qaytarilishini, mahsulotning hosil bo‘lishini va uning chiqishini tezlashtiradi.
Hosil bo‘lgan cho‘yan vannaning tubiga cho‘kib, vaqti-vaqti bilan pechdan
chiqarilib turilsa, hosil bo‘lgan toshqol ham ikkinchi tomondan chiqarib turiladi.
1984-yil ushbu kombinatda, ya’ni “Novolipesk” metallurgiya kombinatida
temir rudalaridan po‘lat eritish sanoatining changidan hamda har xil qirindilaridan
cho‘yan eritib olish texnologiyasi qayta sinab ko‘rilgach, Yaponiyaning “Ninnon
stil” va AQSHning “Kayzer injiri” firmalari ROMELT litsenziyasini sotib oldi.
Ushbu taklif qilingan texnologiya yordamida tarkibida rangli va qora metallar bor
chiqindilarni qayta ishlash natijasida nafaqat temir, balki mis va boshqa metallarni,
toshqollarni qayta ishlash natijasida esa har xil qurilish materiallari – toshqol,
toshli mahsulot, sement va boshqa mahsulotlar ajratib olish nazarda tutilgan edi.
69
Mis eritish zavodining toshqollari va flusni qattiq holatda 45 mk.m. va undan
yuqori bo‘lgan o‘lchamda hech qanday tayyorgarliksiz Vanyukov pechida eritish
mumkin. Namlik deyarli ta’sir qilmaydi. Yoqilg‘i sifatida suyuq uglevodorodlar,
tabiiy gaz yoki ko‘mir ishlatish mumkin. Vanyukov pechidagi jarayonni ikki
kamerali bo‘limda o‘tkazib, ularda oksidlovchi va qaytaruvchi jarayonlarning
borishi pechga yana bir qulaylikni keltiradi.
Natijada uglerodli yoqilg‘ilarning SO, H
2
va O
2
to‘liq yonishi natijasida
oksidlovchi chegarada shixta aralashmasining erishi ro‘y beradi. Jarayonning juda
tez borishi toshqol, cho‘yan, oqova gaz tarkibi hamda eritmadagi haroratning tez
o‘zgarishiga olib keladi, chunki qattiq moddalarning erish vaqti bor-yo‘g‘i 15–20
minut bo‘lib, tayyor mahsulot ajralib chiqadi. Shuning uchun bu jarayonni tezkor
boshqarish talab qilinadi. Oqova gaz kam chiqadi, shuningdek, changning chiqishi
ham 1,5% atrofida bo‘ladi.
Kerakli bo‘lgan haroratni 1400–1500
0
C atrofida doimiy ta’minlash hamda
to‘xtovsiz yuklanayotgan ashyolarni eritish uchun energetik ko‘mir ishlatiladi.
Eritmaning yaxshi aralashishi uchun doimiy purkash yaxshi natija beradi. Moskva
texnologiya universiteti “Rangli va nodir metallar metallurgiyasi” kafedrasi
olimlari professor V. P. Bistrov boshchiligida pechga biroz o‘zgartirish kiritib, ikki
kamerali pechda ikki bosqichli toshqollarni qayta ishlash mumkinligini har tomon-
lama to‘liq nazariy va amaliy jihatdan asoslab berishdi. Bu jarayonni mis eritish
zavodi toshqollari bor har qanday zavod va korxonada qo‘llash hamda qo‘shimcha
temirga boy po‘lat yoki cho‘yan olish mumkin. Pechning birinchi qavatining
o‘zida erish zonasining oksidlovchi tartibi PO>10–9, qaytarilish zonasida esa
PO<<10–9 atm.
Qaytarilish zonasida quyidagi asosiy kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi:
C+½O
2
=CO
(1.23)
Fe
2
O
3
→Fe
3
O
4
→FeO→Fe (1.24)
FeO+CO=Fe+CO
2
(1.25)
FeS+CaO=FeO+CaS
(1.26)
70
S+2O
2
=2SO
2
(1.27)
(FeO) +C = {Fe}+CO
(1.28)
Birinchi zonadan ikkinchi zonaga yuqori oksidlovchi-qaytariluvchi
potensial bilan harakat qilayotgan oqova gazlar aralashib, pechdan to‘g‘ri qozon
sovutkichga uzatiladi. Tarkibida o‘rtacha quyidagilar: SO–32,4; H
2
O–56,1; N
2
–
9,1; SO
2
–1,3 va hokazolar mavjud. Olingan tayyor mahsulot, agar u misli cho‘yan
bo‘lsa, S–3,4%; Cu–2%; Si–1%; Fe– 0,3–0,4%. Vanyukov kompleks majmuini
qurish uchun kerak bo‘lgan asosiy uskunalar quyidagilar:
- shixta aralashmasini uzatuvchi tizim, tabiiy gaz, kislorod va havo
uzatuvchi tizim, uzunligi 11 m, kengligi 2–4 m bo‘lgan Vanyukov pechi;
- qozon sovutkich;
- elektr suzgich;
- yengil suzgich;
- havo tortkich;
- texnologik jarayonni boshqarish avtomatik tizimi.
Toshqollarni qayta ishlashga tayyorlash haqida ko‘pgina ilmiy izlanishlar
olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |