1.9-rasm. Olmaliq mis eritish zavodining yallig‘ qaytaruvchi eritish pechi
va konverteri oralig‘i aks ettirilgan. Rasmdagi cho‘mich orqali olingan suyuq
shteyn konverterga, suyuq konverter toshqoli esa yallig‘ eritish pechiga
quyiladi.
Yallig‘ pechning me’yoriy ishlashi uning texnikaviy nazoratiga bog‘liq.
Nazorat issiqlik tartibini, moddalarning tarozida tortilishi, dastlabki xomashyo va
mahsulotlarning kimyoviy tahlili va bir necha boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Boyitma, flus, konverter toshqoli, aylanma materiallar va jarayon mahsulotlari
kimyoviy tahlil qilinadi. Smenali namunalar Cu, Fe, S, SiO
2
, CaO larga tahlil qili-
nadi: konverter toshqoli misga, toshqol Cu, Fe, SiO
2
va CaO larga tahlil qilinib,
tarkibi aniqlanadi. Sutkalik namunalar quyida kimyoviy birikmalarga alohida tahlil
qilinadi: boyitma – Cu, S, SiO
2
, CaO, Al
2
O
3
; fluslar – SiO
2
, Fe, CaO, Al
2
O
3
;
shteyn Cu, Fe va S aylanuvchi qator mahsulotlar – Cu, Fe, SiO
2
, S, Al
2
O
3
; toshqol
– Cu, Fe, SiO
2
, CaO, Al
2
O
3
, MgO. Zarurat bo‘lganda boshqa birikmalar ham
aniqlanib turadi.
66
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Har qanday metallurgik korxonaning ish faoliyati texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Asosiy ko‘rsatkichlar: solishtirma eritish qobi-
liyati, solishtirma yoqilg‘ining sarfi, suyuq eritish jarayonida mahsulotlarning
chiqishi, misning shteynga ajratib olish darajasi, quvvat, suv va olovbardosh
g‘ishtlarning 1 t xomashyoga sarfi va hokazo.
Solishtirma eritish qobiliyati zamonaviy yallig‘ pechlarda 4,5 – 6 t/m
2
sutka
davomida o‘zgaradi.
Yallig‘ pechlar turli yoqilg‘ilar bilan ishlaydi. Jarayonga sarflanadigan
issiqlikni baholash uchun solishtirish shartli yoqilg‘ining sarfi bilan baholanadi.
Shartli yoqilg‘i hisobida 7000 kkal/kg (29400 kDj/kg) organik modda qabul
qilingan. Yallig‘ pechda shartli yoqilg‘ining sarfi o‘rtacha miqdorda 1 t xomashyo-
ga 110 dan 290 kg gacha o‘zgaradi. Bunday katta oraliq xomashyoning sifati,
ishlab chiqarish tartibi, mahsulotlarning sifati, eritma va gazning harorati va
boshqa o‘zgaruvchan omillarga bog‘liq.
Yallig‘ pechda o‘tadigan jarayonda misni shteynga ajratib olish darajasi
95,0 – 99,5 % ni tashkil qiladi. Misning toshqol bilan isrofgarchiligi 1,5–2,6 % ni
tashkil qiladi. Misning gaz bilan isrofgarchiligi 0,5–1,5 % oralig‘ida bo‘ladi.
Elektr quvvati sarfi 1 t xomashyoga uncha katta emas 15–25 kvt·s 1 t
xomashyoga o‘tga chidamli olovbardosh g‘ishtning sarfi 0,14 kg ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish korxonasining umumlashtirilgan ko‘rsatkichi – bu
mahsulotning tannarxidir. Mis sanoatida umumiy sarf-xarajatlarning 40–60 %
xomashyoga tegishlidir, boyitish jarayoniga 20–40 % va metallurgik qayta
ishlashga 20–30 % atrofida bo‘ladi.
Olmaliq mis eritish zavodida yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida eritish sarf-
xarajatlarining tuzilishi o‘rtacha quyidagichadir, %:
yoqilg‘i – 26;
quvvat sarfi – 53;
ishchilar maoshi – 5;
sex sarflari – 7;
67
dastgohning ekspluatatsiyasi – 9;
jami – 100;
Do'stlaringiz bilan baham: |