A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/102
Sana26.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#468659
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102
Bog'liq
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
1.
Kislorodning yondirgichdan chiqish tezligi?
 
2. 
Kislorodli-mash’alli eritish pechi tuzilishi?
 
3.
O‘ta maydalangan shixta qorishmasi qancha bo‘ladi?
 
4.
Muallaq holatda kislorod yordamida eritish usuli? 
 
1.11.
 
Sul'fidli mis boyitmalarni suyuq vannada eritish (Vanyukov 
jarayoni) 
So‘nggi yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen 
jarayonlar keng qo‘llanilmoqda. Avtogen jarayon deb, qisman tashqaridan yoqilg‘i 
sarf qilgan holda, oltingugurtli birikmalarning oksidlanishi natijasida ajralib 
chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarflanishiga aytiladi. 


90 
Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metallar metallur-
giyasi” kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon “suyuq vannada 
eritish” deb ataladi. 
Uzoq yillar davomida otasi, professor Vladimir Andreyevich boshlagan 
ishni sanoat miqyosida o‘g‘li, professor Andrey Vladimirovich Vanyukov tatbiq 
qilib, yuksak yutuqlarga erishdi va metallurgiya sanoatiga o‘ta unumdorligi bilan 
ajralib turadigan yangi agregat olib kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni har 
tomonlama zamonaviy jihozlashda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti olimlari 
bilan birgalikda “Ginsvetmet” (rangli metallar bosh ilmiy tadqiqot instituti, 
Moskva shahri), “Gipronikel” (nikel ilmiy-loyiha tadqiqot instituti, Moskva 
shahri), “Kazminsvetmet” (Qozog‘iston rangli metallar vazirligi), Qozog‘iston 
Fanlar akademiyasi olimlari hamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya 
kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba zavodi mutaxassislari va ilmiy xodimlari 
faol ishtirok etishdi.
Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tkazilib, 
yaxshi natija bergach, 1986-yili Norilsk kon-metallurgiya kombinatida to‘la 
sinovdan o‘tkazildi. Har tomonlama yaxshi natijalar olingach, uning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha paytda sobiq Ittifoq sanoatida ishlab turgan 
eritish pechlaridan, balki rivojlangan chet eldagi ayrim pechlardan ham ustun 
ekanligi namoyon bo‘la boshladi. 
1987-yilda Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A.V. Vanyukov-
ning vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga “Vanyukov pechi”, jarayonga esa 
“Vanyukov jarayoni” deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukovlar boshlagan 
ishni uning shogirdlari Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir 
metallar metallurgiyasi” kafedrasining mudiri professor, texnika fanlari doktori 
Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich Zaysevlar davom ettirib 
kelmoqda. Ular yildan-yilga “Vanyukov pechi”ni takomillashtirib, yuqorida qayd 
etilgan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga 
olib keldilar.


91 
Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq 
yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomil-
lashgan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri 
burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. 
Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon 
tomonidan purkab turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil 
hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida 
eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar 
orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi. 
1.14-rasmda ko‘rsatilganidek, pechning asosiy qulayligi har ikkala yon 
tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkalanishidir. 
Bu ustki va ostki purkalanish jarayonlariga qaraganda ancha qulay va issiqlik 
massa almashinuviga o‘z ta’sirini yuqori me’yorda ko‘rsatadi. Undan tashqari, 
vannada erigan va hali erib ulgurmagan ashyolar aralashmasi harakatining bir xilda 
biqirlashiga olib keladi. Ana shu eritmadagi bir xildagi doimiy ashyolarning 
aylanishi va biqirlashi mayda sulfidli zarralarning bir-biriga to‘qnashishiga, buning 
natijasida zarralarning yiriklashuviga olib keladi. Eritmada jarayon qanday holatda 
ro‘y berishidan qat’i nazar (harakat, toshqol qovushqoqligi va hokazo), 
kattalashgan shteyn zarralari pechning tubiga, shteyn fazasiga cho‘kadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish