105
1.14. Konvertelash jarayonida oksidlanish va shlak hosil bolish sharoitlari
Konverterlash jarayoni pirometallurgiya texnologiyasining
eng asosiy
bo‘limlaridan biri bo‘lib, mis boyitmasi yoki misli ruda qaysi eritish pechida
eritilishidan qat’i nazar, olingan mahsulot konverter dastgohiga yuklanadi.
Misli
shteynni konverterlashdan asosiy maqsad tarkibiga oltin, kumush va boshqa
ayrim nodir metallarni biriktirgan holda, tarkibida 96–98 % mis bo‘lgan xomaki
mis olishdir.
Konverterlash so‘zi o‘zi suyuq holdagi shteyn
tarkibidagi temir va oltin-
gugurtning havo yoki kislorodga boyitilgan havoning agregatga purkash orqali
oksidlanganligini bildiradi.
Misli shteynlarni konverterlash ilk bor 1866-yilda rus muhandisi
V.A.Semennikov tomonidan Uraldagi Bogoslovsk va Votkinsk zavodlarida sinab
ko‘rildi va taklif etildi. O‘sha paytda rus muhandisi konverterni
vertikal holatda
joylashtirib, havo purkagich furmalarini pechning ostki qismiga joylashtirgan edi.
Pech tubining tez qizib qotib qolishi xomaki mis olishda ancha qiyinchiliklar
tug‘dirdi.
1880-yilda yana bir rus muhandisi A.A.Auerbax vertikal holatdagi
konverterga yon tomondan furma purkagichlarni o‘rnatishni taklif qildi va shu yo‘l
bilan suyuq holda mis metalini olishga muyassar bo‘ldi.
100 yildan beri butun dunyo bo‘yicha ko‘pgina mis eritish zavodlarida
ushbu taklif qilingan konverterlash usuli amalda keng ishlatib kelinmoqda. Misli
shteyn asosan Cu
2
S hamda FeS dan hosil bo‘lgan oltingugurtli birikmadir. Uning
tarkibidagi mis ashyosi va boyitmasi qaysi eritish pechida qayta ishlanganligiga
bog‘liq holda 20 %dan 70% gacha bo‘ladi. Oltingugurt 24–27 % atrofida bo‘ladi.
Temirning shteyn tarkibida bo‘lishi misga bog‘liq, ya’ni
misning shteyn tarkibida
ortishi temirning kamayishiga olib keladi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Konverterlash 2 bosqichda boradi. Avval shteyn suyuq holda konverterga
yuklanadi, so‘ng shteyn tarkibidagi temirni oksidlab, toshqol holatiga o‘tkazish
uchun kvarsli yoki boshqa fluslar qo‘shiladi.
106
Natijada oltingugurtli temir oksidlanib, toshqol holatiga o‘tadi, temir oksidi
va boshqa toshqol tarkibiga kiruvchi oksidlar shteyn tarkibining zichligidan ancha
past bo‘lganligi uchun pechning yuqori qismiga chiqadi. Bu hosil bo‘lgan toshqol
pechdan egik holatda cho‘michlarga suyuq holda
quyiladi va qayta ishlashga
jo‘natiladi. Temir sulfidining oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan oltingugurt
sulfat kislota olish sexiga jo‘natiladi. Shu bilan temir vaboshqa oksidli birik-
malarning pechdan chiqarib tashlanishi boyitilgan mis sulfidining (oq matt) hosil
bo‘lishi orqali konverterlash jarayonining birinchi bosqichiga yakun yasaladi.
Ikkinchi bosqichda yarim oltingugurtli misning (Cu
2
S) to‘liq
oksidlanishi
va metall holiga aylanishi yuz beradi. Ikkinchi bosqichda ham texnologik oqova
gaz tarkibida oltingugurt oksidining tarkibi mis sulfidining oksidlanishi hisobiga
10 %gacha, goho undan ham ortiq bo‘ladi.
Hozirgi kunda ko‘pgina zamonaviy metallurgiya sanoatida, asosan,
gorizontal holatdagi konverterlar ishlatib kelinmoqda.
Jumladan, Olmaliq mis
eritish zavodida ham gorizontal konverterlar ishlatilmoqda. Shuning uchun ham
gorizontal konverterlar va ularning tuzilishi haqida fikr yuritiladi.
Asosan, amaliyotda sig‘imi 40, 75, 80 va 100 tonna, uzunligi 6–10 m,
diametri 3–4 m hamda furmalar soni 32 tadan 62 tagacha bo‘lgan konverterlar
keng ishlatilmoqda.
Gorizontal konverterlar silindrsimon egiluvchan aparat bo‘lib,
jarayon
uzlukli ravishda olib boriladi. Tashqi g‘ilofi 20 – 25 mm qalinlikdagi po‘lat listdan
qoplangan bo‘lib, uning diametri 3 – 4 metr, uzunligi 10 metrgacha bo‘ladi. Ichki
qismi to‘liq olovbardosh, xromomagnezitli g‘isht bilan terib chiqilgan. G‘ilof bilan
o‘tga chidamli g‘isht oralig‘iga olovbardosh qumli ashyo quyiladi. Buning sababi,
harorat oshgan sari terilgan g‘isht kengayishi va o‘zining hajmini o‘zgartirishi
mumkin. Konverter to‘rt juft soqqali g‘ildirakchalar ustida joylashgan bo‘lib,
elektrodvigatel va reduktor yordamida egilish uchun g‘ilofning har ikkala
tomoniga g‘ishtli g‘ildirakchalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham konverter
gorizontal o‘q atrofida egilishi va yarim aylana holigacha aylanishi mumkin.
Konverterning orqa tomoniga havo purkash uchun furmalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
107
Konverterga bo‘g‘zi orqali suyuq holda shteyn quyiladi va hosil bo‘lgan toshqol,
xomaki mis hamda oqova texnologik gazlar ham bo‘g‘iz orqali chiqadi.
Quyida konverterga taalluqli ayrim texnologik ko‘rsatkichlar keltirilgan:
Furmalardagi solishtirma
purkash sarfi, m
3
(sm
3
.min) 0,5–1,2;
purkash bosimi, MPa 0,1–0,12;
furmadan purkalanuvchi
purkash tezligi, m
3
/s 100–150;
koeffitsiyenti, % 95–98;
purkash ostida konverterning ishlash vaqti,% 65–80;
havo sarfi, m
3
1 tonna shteyn uchun 1250–1750;
1 tonna xomaki mis uchun 2100–5800;
konverter toshqolining chiqishi, % 30–80;
konverter toshqolining tarkibida, %:
mis
1,2–3,0;
kremnezem
20–28;
temir
50–55;
misning olinishi, %: (o‘tishi)
xomaki misga 87–92;
konverter toshqoliga 3–6;
qaytarmalarga 4–6;
hokazo yo‘qotishlarga 0,5–0,8;
Do'stlaringiz bilan baham: