A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#718626
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Bog'liq
A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov

Nazorat savollari
 
1. Mis shteynlarini konverterlash jarayonining kimyosi? 
2. Mis shteynlarini konverterlash jarayoni necha bosqichdan iborat? 
3.Xomaki mis nima? 
4.Xomaki misda misni miqdori qancha bo‘ladi? 
1.13.Mis shteynlarini konverterlash jarayoni reaksiyalarining 
termodinamikasi 
Mis shteynini konvertorlash davomida havo eritma hajmidan nihoyatda tez 
–0,13 sekundda o‘tadi. Bunda kislorodni o‘zlashtirish darajasi 95 % ni tashkil 
etadi. Hisobotlarga ko‘ra, har bir jarayonning minutda suyuq vannadagi kislorodga 
muhtojlikning faqat yuz mingdan bir qismigina qondiriladi. Bu reaksiyalarning 
nihoyatda tez borishini ko‘rsatadi. 
Mis yarim sulfidini oksidlantirish uchun haroratni har doim yuqori 
qatlamga berish kerak, shuningdek, mis zavodlarida furmalar konverterning 
biqinida joylashadi. Metallurg ishchi-mutaxassis havoning to‘g‘ri kelishini doim 


102 
nazorat qilishi kerak va konverterni aylantirib, havo yo‘lini oq shteynga 
yo‘naltirishi lozim. 
Amaliyotda jarayonning ikkinchi bosqichi uzluksiz, taxminan 2–3 soat 
davomida o‘tkaziladi, jarayonning yakunlanishi maxsus kimyoviy tahlil orqali 
aniqlanadi. 
Shteynni purkashdan oldin konverter, yoqilg‘i yondirish yoki oldinga 
o‘tgan jarayon hisobiga yuqori haroratda isitilgan bo‘ladi. Aniqlangan ekzotermik 
reaksiyalar borishi davomida ajralib chiqqan issiqlik jarayon talab qilgan issiqlikni 
to‘la qondira oladi. 
Issiqlikning ortiqcha qismi eritilgan moddalarning haroratini orttirishga 
sarflanadi. Haroratning ortish tezligi birinchi bosqichda 0,9–3
0
C/minutni va 
ikkinchi bosqichda 0,15–1,2
0
C/minutni tashkil qiladi. 
Toshqolni pechdan chiqarish paytida eritmaning harorati pasayadi, uning 
yuqori issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga ega ekanligi sababli haroratning pasayish 
tezligi ancha ortadi va 3–8
0
C/minutni tashkil qiladi. 
Mis shteynlarida rux va qo‘rg‘oshindan boshqa bir qator nodir va zarrali 
ikkilamchi metallar bor. Amaliyotdan ma’lumki, shteyn tarkibidagi zararli 
moddalar gaz bilan quyidagi darajada yo‘qotiladi %: 84 As, 73 Sb va 96 Bi. 
Konvertorlash davomida xomaki mis tarkibiga 70–80 % selen va 40–50 % 
tellur o‘tadi. Reniy deyarli to‘liq gaz fazasiga ajralib chiqadi. Bunday gazlar bir 
qator foydali elementlarga boy va alohida ajratib olish anchagina iqtisodiy samara 
beradi. 
Konverterda furmadan chiqayotgan havoning boshlang‘ich tezligi 100–170 
m/s ni tashkil qiladi. Havo oqimining katta tezligi oksidlantirish reaksiyalarining 
tez va to‘liq o‘tishiga yordam beradi. 
Konverterda ortiqcha issiqlikning borligi unda sovuq ikkilamchi 
moddalarni eritishga imkon yaratadi. Aylanuvchi (oborot) sovuq materiallarning 
soni shteyn massasiga nisbatan 20–25 % ni tashkil qiladi. 


103 
Jarayonning ikkinchi bosqichida konvertorlashdan umumiy ajralib 
chiqadigan issiqlik 20 % ni tashkil qiladi. Ayniqsa, bu davrda issiqlik ortiqcha 
bo‘lib, sovuq moddalarni qo‘shish imkoniyati bo‘ladi. 
Konverter jarayonini takomillashtirish yo‘llaridan biri – bu katta mablag‘ 
sarfini talab qiladigan ishlardan asosiylari – mexanizatsiyalash va avtomatlash, 
o‘tga chidamliroq olovbardosh g‘ishtlarni ishlatish va asosiy kimyoviy 
reaksiyalarni tezlashtirishdir. 
Reaksiyalarni 
tezlashtirish 
uchun 
kislorodga 
boyitilgan 
havodan 
foydalanish katta ahamiyatga ega. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish 
unumdorligi kislorodga nisbatan o‘sishidan ko‘ra yuqoriroqdir. Masalan, havodagi 
tarkibi 23,3% bo‘lsa (nisbiy boyitish 11,5 %), konverterni ishlab chiqarish 
unumdorligi 14,1 % ga ortadi. Havoning kislorodga boyitish darajasini 25,3 % ga 
olib chiqish unumdorlikni 38,7 % ga oshiradi. Faqat bu tadbirni qo‘llashda 
haroratning keskin ortishi natijasida olovbardosh g‘ishtlarning tezda ishdan 
chiqishini e’tiborga olish lozim. 
Konverter jarayonining asosiy kamchiliklaridan biri – uning davriyligidir. 
Hozirgi davrda uzluksiz jarayonni yaratish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib 
borilayapti. Jarayonni amalga oshirish qiyinchiliklari ikki bosqichli bo‘lib, birinchi 
bosqichi toshqolni yo‘qotishdir. 
Jarayonning ikkinchi katta kamchiligi – bu ajralib chiqayotgan sulfidli 
gazlarning atrof-muhitni zaharlashidir. Ustki qismi yopiq konverterlarni qo‘llash 
va hamma gazlarni sulfat kislotasini olishga yuborish maqsadga muvofiq bo‘lar 
edi. 
Konverter toshqollarida 3,0–3,5 % mis bor, bu yarim mahsulot hisobla-
nib, qaytadan yallig‘ pechga yuklanadi. Toshqolda 27–29 % kremniy dioksidi 
bo‘lsa, yallig‘ pechda qayta ishlash deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Toshqollarni flotatsiya bilan boyitishda uning tarkibida faqat 18–20 % SiO
2
bo‘lishi kerak. 


104 
II bosqich temir sulfidining (FeS) shteyn tarkibidagi faolligining kamayishi 
bilan boshlansa-da, Cu
2
S faolligi ortib boradi. Bu o‘z navbatida, temir oksidi (FeO) 
faolligining kamayishiga olib keladi: 
(Cu
2
O)
toshq
+(FeS)=(Cu
2
S)+(FeO) (1.73)
Eritmada mis sulfidi (Cu
2
S ) va temir sulfidining (FeS) yuqori tezlikda 
oksidlanishi mobaynida FeS shteyn tarkibida bor-yo‘g‘i 3–4 % qolgan bo‘ladi. 
Konverterlashning II bosqich jarayonining kimyoviy reaksiyalari quyidagilar: 
Cu
2
S+O
2
=2Cu+SO
2
(1.74) 
2Cu
2
S+3O
2
=2Cu
2
O+2SO
2
(1.75) 
Cu
2
S+2Cu
2
O=6Cu+SO
2
(1.76)
Shunday qilib, 1250
0
C harorat ostida olib borilgan II bosqichdagi xomaki 
mis olish jarayoni so‘nggi ikkita reaksiya bilan yakunlanadi. Shu qatorda, xomaki 
mis olish jarayonida unga yo‘ldosh bo‘lgan qimmatbaho nodir metallar: oltin va 
kumush ham shteyn tarkibiga o‘tadi va keyingi jarayonlarda ajratib olinadi. 
Shuningdek, rux konverterlash mobaynida toshqol va chang tarkibiga o‘tadi. 
Chang tarkibidagi Zn 15–20 %ni tashkil etadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish