A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 . O‘ZGARUVCHAN TOK MOTORLI ROSTLANUVCHI ELEKTR



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

6 . O‘ZGARUVCHAN TOK MOTORLI ROSTLANUVCHI ELEKTR 
YURITMALAR. 
6.1.
 
Asinxron motorni rostlash usullari. 
Asinxron motorlar eng ommaviy tarqalgan motorlar hisoblanadi. Bu motorlar 
quvvati 0,1 kW dan to bir necha ming kWgacha ishlab chiqariladi va xalq 
xo‗jaligining barcha sohalarida qo‗llaniladi. Asinxron motorlarning asosiy 
afzalliklari ular konsturksiyasining soddaligi va arzonligidadir. Biroq ishlash 
prinsipiga ko‗ra asinxron motor oddiy sxema bilan ulanganda uning aylanish 
tezligini rostlashning iloji yo‗q. Shunga alohida e‘tibor berishimiz kerakki, 
sezilarli darajada energiya isrofini oldini olish, qisqa tutashgan rotorli asinxron 
motorlarda esa rotorning qizib ketishidan saqlanish maqsadida motor uzoq vaqt 
ishlaydigan rejimda sirpanishning kichik qiymatlari bilan ishlash kerak. 
Asinxron motorlar tezligini rostlashni imkoni bor usullarni ko‗rib chiqamiz 
(6.1 - rasm). Motor tezligi ikki xil usul bilan aniqlanadi: stator elektromagnit 
maydoning aylanish tezligi ω
0
bilan va s sirpanish bilan: 
ω = ω
0
 – S
abs.

ω = ω
0
 · S. 
(6.1) 
6.1 - rasm. Asinxron motorlar tezligini rostlashning sinflanishi 


168 
(6.1) dan kelib chiqqan hola tezlikni rostlashning ikki xil usuli bor: stator 
elektrmagnit maydoni aylanish tezligini rostlash bilan, va ω
0
o‗zgarmas bo‗lganda 
motor sirpanishini rostlash bilan. 
Satator maydoning aylanish tezligi ikki parametrga ko‗ra aniqlanadi: 
stator chulg‗amiga beriladigan kuchlanish chastotasi f
1
bilan va motor qutb 
juftliklari soni P
n
bilan (3.3 ga qarang). Shunga mos ravishda motor tezligini 
rostlashning ham ikki xil usuli mavjud: chastota o‗zgartirgichlarini motor statori 
zanjiriga kiritib iste‘mol kuchlanishi chastotasini o‗zgartirish bilan, hamda motor 
qutb juftliklari sonini o‗zgartirish bilan. 
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar stator maydoni aylanish tezligi 
o‗zgarmas bo‗lganda motor sirpanishini rostlash stator kuchlanishi qiymatini uning 
chastotasini o‗zgartirmagan holda o‗zgartirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Faza 
rotorli asinxron motorlar uchun bundan tashqari yana ikkita usuli mavjud: rotor 
zanjiriga qo‗shimcha qarshilik kiritish (reostatli rostlash) va rotor zanjiriga chastota 
o‗zgartirgichlarini kiritib, uning yordamida qo‗shimcha rostlanuvchi E.YU.K. hosil 
qilish yo‗li bilan (asinxronli ventili kaskad va ikki hil manbali motor). 
Hozirgi paytda kuch o‗zgartirgichlarining rivojlanishi bilan yarim 
o‗tkazgichli chastota o‗zgartirgichlarining turli xillari yaratilgan va ishlab 
chiqarilmoqda. Bu esa motorlar tezligini chastotali rostlash usuli mavqeini oshirib 
yubordi va rostlanadigan elektr yuritmalarda ular juda keng miqyosida qo‗llanib 
kelinmoqda. Bu tizimning asosiy afzalliklari quyidagilardir: 
- rostlashning silliqligi va mexanik xarakteristikalar bikirligining yuqoriligi, 
bu esa tezlikni rostlashni keng masshtabda qo‗llash imkonini beradi; 
- rostlashning tejamliligi, bu hususiyat motor kichik qiymatli ablolyut 
sirpanish bilan ishlashi hisobiga motordagi yo‗qotishlar nominaldan oshmasligi 
bilan izohlanadi. 
Chastotali rostlashning kamchiligi o‗zgartirgichning murakkabligi va 
qimmatligidir (ayniqsa katta quvvatli yuritmalar uchun). 
Tezlikni qutb juftliklari o‗zgartirish yo‗li bilan rostlash bir nechta (2’4) 
ishchi tezliklar qiymatini hosil qilish imkonini beradi. Lekin bu usulda bir 


169 
tezlikdan – ikkinchi tezlikka o‗tishi jarayonlarini shakllantirish va tezlikni silliq 
rostlash imkoni yo‗q. Shuning uchun bu usul faqat alohida hollarda ishlatiladi va 
rostlanadigan elektr yuritma uchun asos sifatida ko‗rilmaydi. 
Asinxron divigatel tezligini chastotasi doimiy bo‗lgan iste‘mol kuchlanishini 
o‗zgartirish yo‗li bilan rostlash 3 – bobda ko‗rib chiqilgan edi. Unda ko‗rilgani 
bo‗yicha qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar tezligini rostlashning bunday 
usuli juda ham cheklangan edi. Buning sababi esa bunday rostlashda sirpanish 
energiyasining yo‗qotilishi va motorning qizib ketishi edi. Bunday rostlashdagi 
mexanik xarakteristikalar sifatli rostlash imkonini bermaydi. Rostlash diapazoni 
1,5’1; yana ham kengroq rostlash esa faqat qisqa vaqt uchun mumkin. Yuqoridagi 
berilgan baxolarga ko‗ra, motor tezligini iste‘mol kuchlanishini o‗zgartirish bilan 
rostlash faqatgina rostlanmaydigan elektr yuritmalarni silliq yurgazishda yoki 
qisqa vaqtga tezlikni kamaytirishda qo‗llaniladi. Ba‘zan bu usul bilan nasoslar va 
ventilyatorlar tezliklari rostlanadi (15 kV gacha) biroq bunda ham berilgan 
quvvatni oshirishga to‗g‗ri keladi. 
Faza rotorli asinxron motorlar uchun tezlikni rostlash motor rotor zanjiriga 
ta‘sir qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Rotor zanjiriga qo‗shimcha qarshilik 
kiritilganda sirpanish energiyasi motorda tarqalib ketmasdan qo‗shimcha 
qarshilikka yo‗naltiriladi. Rostlashning bu usuli tejamsiz hisoblanadi. Rele - 
kontaktorli sxemalar ishlatilganda tezlikni silliq rostlash imkoni yo‗qotiladi. 
Hozirgi paytda rotor zanjiriga qo‗shimcha qarshilik kiritish bilan tezlikni rostlash 
asosan faza rotorli asinxron motorlarni yurgazishda qo‗llaniladi. Reostat – 
kontaktorli boshqaruvchi elektr yuritmalar rostlanadigan yuritmalar sifatida 
ko‗rilmaydi. 
Asinxron motor sirpanishini o‗zgarishiga asoslangan barcha tezlikni rostlash 
usullari rotor zanjirida sirpanish energiyasi bilan bog‗liqdir. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan usullarda bu energiya rotor chulg‗amining 
qizishiga va rotor qarshiliklariga sarflanadi. Shunday rostlanuvchi elektr yuritmalar 
borki, ularda sirpanish energiyasi qarshiliklarda yo‗qotilmaydi, balki iste‘mol 
manbasiga qaytariladi, bu esa bunday rostlash tizimlarini tejamliga aylantiradi. 


170 
Shunday rostlanadigan yuritma tizimlariga asinxron ventili kaskadlar va ikki xil 
ta‘minotli motorlar kiradi. Asinxron yuritmaning kaskadli sxemasining asosiy 
xususiyati rostlash diapazoning cheklanganligi, ya‘ni 2’1 dan kata emas. Bu 
diapazonda kaskadli sxemalar tezlikni silliq va tejamli rostlash imkonini beradi. 
Elektr yuritmaning bunday tizimlari baquvvat turbomexanizmlari uchun ma‘qul 
deb bilinadi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish