2017-2019 yillarda Davlat byudjetining ijtimoiy xarajatlari
tarkibi
31
№
Xarajatlar
2017-yil
2018-yil
2019-yil
mlrd
so„m
% da
mlrd
so„m
% da
mlrd
so„m
% da
I
Ijtimoiy xarajatlar - jami
26922,7
54,56
62
170,00
100
58012,1
100
Ijtimoiy xarajatlar
26708,7
54,12
42658,9
68,6
58012,1
54,2
1.
1
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlash xarajatlari
26708,7
54,12
39026,9
33,9
50334,1
47
32
Maorif
15977,7
32,4
19 504,3
31,4
28394,3
48,9
Sog‗liqni saqlash
7030,3
14,2
9 562,0
15,4
12078,0
20,8
Madaniyat va sport
750,2
1,5
1 165,4
1,9
1690,1
2,91
Fan
275,6
0,6
389,3
0,6
801,0
1,4
Bolali oilalarni hisobga olgan
holda ijtimoiy nafaqalar
2239,6
4,5
3026,2
4,9
5167,2
8,9
2.
Ijtimoiy sohaning boshqa
xarajatlari
435,3
0,9
570,0
0,9
1514,0
2,6
3.
Qishloq joylarda yakka
tartibdagi uy-joylar qurish
dasturini birgalikda
moliyalashtirishga kredit liniyasi
214
0,4
3632,0
5,8
500,0
0,9
Kichik korxonalar biznes faoliyati bilan shug‗ullanuvchi
subyekt hisoblanadi. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar
faoliyatini
ayrim
kishilarning
ehtiyojlarini
qondirish
sari
yo‗naltirilgan. Bu narsa maishiy xizmat ko‗rsatish hamda xalq
iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko‗rinmoqda.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham
g‗oyat katta ahamiyatga ega.
31
http://www.mf.uz
- O‗zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ma‘lumotlari asosida tayyorlandi.
Davlat byudjetining ijtimoiy xarajatlarini tahlil qiladigan bo‗lsak,
2017-yilda ushbu xarajat 26922,7 mlrd so‗mni tashkil qilgan holda
ta‘lim xarajatlari (15977,7 mlrd so‗m) 32,4 foizni, sog‗liqni saqlash
xarajatlari (7030,3 mlrd so‗m) 14,2 foizni, madaniyat va sport xarajatlari
(750,2 mlrd so‗m) 1,5 foizni, fan xarajatlari (275,6 mlrd so‗m) 0,6
foizni, bolali oilalarni hisobga olgan holda ijtimoiy nafaqalar xarajatlari
(2239,6 mlrd so‗m) 4,5 foizni, ijtimoiy sohaning boshqa xarajatlari
(435,3 mlrd so‗m) 0,9 foizni va qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-
joylar qurish dasturini birgalikda moliyalashtirishga kredit liniyasi
uchun ajaratilgan xarajatlar (214 mlrd so‗m) 0,4 foizni tashkil etgan.
E‘tibor qaratish lozim bo‗lgan jihatlardan biri 2017- yilgacha bo‗lgan
davrda ijtimoiy soha xarajatlari tarkibida ijtimoiy ta‘minot
xarajatlarining mavjudligi va 2017-yildan boshlab ijtimoiy sohaning
boshqa xarajatlarini kiritilganligidir.
Davlat byudjeti xarajatlarining, jumladan ijtimoiy soha (ta‘lim,
sog‗liqni saqlash, madaniyat va sport hamda fan) xarajatlari 2017-2018
yillardagi ijrosi keltirilgan bo‗lib, jami xarajatlar 2017-yilda 105,12
foizga, 2018-yilda esa 128,3 foizga bajarilgan bo‗lsak, shu jumladan
ijtimoiy soha xarajatlari 2018-yilda 152,0 foizga bajarilgan. Ijtimoiy
soha xarajatlarini alohida-alohida ko‗radigan bo‗lsak, ta‘lim xarajatlari
2018-yilda
105,8 foizga bajarilgan, bu o‗tgan 2017-yildagi
ko‗rsatkichdan 50 foizga ko‗pdir. Sog‗liqni saqlash xarajatlarining ijrosi
esa 102,14 foiz o‗rniga 100,2 foizga o‗zgargan. Madaniyat va sport
xarajatlari 2017-yildagi 155,9 foiz o‗rniga 2018-yilda 115,5 foizni
tashkil etgan. Fan xarajatlari xarajatlari 99,1 foiz o‗rniga 113,3 foizga
bajarilgan. Ijtimoiy soha xarajatlari ijrosining bunday o‗zgarishi bir
qator amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan bog‗liqdir.
2017-2018-yillarda ijtimoiy soha uchun rejalashtirilgan mablag‗lar
summalarini o‗zgarishlariga to‗xtaladigan bo‗lsak, byudjetning jami
xarajatlari summasi 2018-yilda o‗tgan 2017-yilga nisbatan 1,32
barobarga, jami ijtimoiy soha xarajatlari summasi esa 1,28 barobarga
ko‗paygan. Jumladan, ta‘lim xarajatlari summasi 1,19 barobarga,
sog‗liqni saqlash xarajatlari summasi 1,39 barobarga, fan xarajatlari
summasi 1,40 barobarga va madaniyat hamda sport xarajatlari summasi
2,42 barobarga ko‗paygan.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion
faoliyatga yo‗naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
- tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki
yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun
mo‗ljallangan xarajatlar;
- yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet
kreditlari sifatida beriladigan mablag‗lar;
- kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan
kapital ta‘mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‗liq
bo‗lgan boshqa xarajatlar;
- amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‗lgan mulkni
oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
- byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq
byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar
kiradi.
Aniqroq
ravishda
byudjetning
joriy
xarajatlari
tarkibi
quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin:
- davlat iste‘moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani,
milliy xo‗jalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy
xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining
joriy xarajatlari);
- hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy
korxonalarga joriy subsidiyalar;
- transfert to‗lovlari;
- davlat qarzlari bo‗yicha foizlarni to‗lash;
- boshqa xarajatlar.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtayi
nazardan, quyidagi ikki ko‗rinishda amalga oshiriladi:
1) Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish;
2) Xarajatlarni Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan va
mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish.
Byudjetdan mablag‗larni taqdim etishning metodlari byudjetdan
moliyalashtirishning muhim elementi bo‗lib hisoblanadi. Ularning
yordamida moliya organlari byudjetda ko‗zda tutilgan tadbirlarni pul
mablag‗lari bilan ta‘minlaydi, pul mablag‗laridan foydalanishda
yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag‗larni qayta o‗zgartirib
taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda
tarkib topayotgan proporsiyalarni tartibga soladi.
Byudjet mablag‗larini sarf qilishning asosiy tamoyili ularning
mo‗ljallanganligi va vaqt bo‗yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir
(tartibga solinganligidir).
5.4.-rasm. Xarajatlar smetasining mohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |