A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Iqtisodiy 
metodlar 
xo‗jalik 
subyektlarining 
moddiy 
manfaatdorligiga ta‘sir qiladi. Bunga quyidagilar kiradi: 
*  soliqlar  va  byudjet  to‗lovlari,  ular  orqali  xo‗jalik  subyektlariga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri manzilli ta‘sir amalga oshiriladi; 
*  pul-kredit  instrumentlari  (Markaziy  bank  tomonidan  amalga 
oshiriladigan  hisob  stavkasini  manipulyatsiya  qilish,  moliya  institutlari 
Markaziy bankda saqlashi majburiy bo‗lgan minimal zaxiralar miqdorini 
belgilash  va  o‗zgartirish,  davlat  majburiyatlari  emissiyasi,  ular  bilan 
savdo  qilish  va  qaytarish  kabi  davlat  qimmatli  qog‗ozlari  bilan 
operatsiyalar).  Ushbu  instrumentlar  yordamida  davlat  moliya  bozorida 
talab va taklif nisbatini kerakli yo‗nalishda o‗zgartirishga intiladi; 
* amortizatsiya siyosati; 
* iqtisodiyotni dasturlash, prognozlash va rejalashtirish; 
* davlat mulki obyektlarini tashkil etish va ularning asosida xususiy 
biznes  samarali faoliyat  yuritishini ta‘minlovchi tadbirkorlik  va boshqa 
faoliyatni amalga oshirish. 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  metodlari  orasida 
butunlay  yaroqsizi  va  samarasizi  yo‗q,  ularning  barchasi  kerak;  bunda 
eng asosiysi – u yoki bu metodni qaysi sohalarda qo‗llash va maqsadga 
muvofiqligini aniqlash hisoblanadi. 
Boshqaruv  –  odamning  turli  obyektlarga  va  tevarak  olamda 
kechayotgan  jarayonlarga,  shuningdek,  ular  bilan  bog‗liq  odamlarga 
ongli  ta‘sir  etishi  bo‗lib,  bu  jarayonlarga  muayyan  yo‗nalish  berish  va 
kerakli natijalarga erishish uchun amalga oshiriladi. 
Boshqaruv  ta‘siri  yo‗naltirilgan  obyekt  turiga,  boshqarayotganlar 
qanday  odamlar  doirasiga  ta‘sir  o‗tkazayotganiga  bog‗liq  ravishda, 
jamiyatni,  davlatni,  iqtisodiyotni,  ijtimoiy  jarayonlarni,  korxonalarni, 
ishlab chiqarish jamoalarini va uy xo‗jaliklarini boshqarish kabi turli xil 
moliyaviy boshqaruvlar ajratib ko‗rsatiladi. 
Moliyaviy  boshqaruv  –  ularni  takomillashtirish  va  rivojlantirish 
maqsadida  moliyaviy,  aralash  iqtisodiy  va  ijtimoiy  tizimlarga  ta‘sir 
ko‗rsatish jarayonidir. 
Moliyaviy boshqaruvni quyidagicha tasniflash mumkin: 


1)  Moliyaviy  boshqaruv  obyektlarining  manfaatlarini  hisobga  olish 
nuqtayi nazaridan iqtisodiy va ma‘muriy boshqaruv farqlanadi. 
2)  Boshqariladigan  obyektga  ta‘sir  ko‗rsatish  bo‗yicha  tarmoq  va 
hududiy moliyaviy boshqaruv uchun ajratiladi. 
3)  Qabul  qilinayotgan  qarorlarni  bajarish  muddatiga  bog‗liq  holda 
boshqaruv tezkor va strategik moliyaviy boshqaruvga bo‗linadi. 
Moliyaviy boshqaruv asosida quyidagi tamoyillar yotadi: 
– ilmiy asoslanganlik; 
– maqsadga muvofiqlik, sifat va miqdoriy jihatdan aniqlik; 
– optimallik; 
– o‗z vaqtidalik; 
– haqqoniylik. 
Moliyaviy boshqaruv tizimi moliya organlarini umume‘tirof etilgan 
moliyaviy  islohotlarning  dasturiy  maqsadlari  va  vazifalariga  muvofiq 
kuchlar  bilan  ta‘minlash  bo‗yicha  metodik  va  tashkiliy  jihatdan  o‗zaro 
bog‗liq chora-tadbirlar majmuini o‗zida aks ettiradi. 
Moliyani davlat tomonidan tartibga solish – bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‗lgan davlat moliyaviy boshqaruvining ajralmas qismidir. 
Davlat  moliyaviy  tartibotining  shakllari  sifatida  byudjet-soliq,  pul-
kredit va ma‘muriy tartibga solishni aytish mumkin. 
Byudjet-soliq tartiboti davlat byudjetini ishlab chiqish, tasdiqlash va 
ijro  etishni  talab  qiladi.  Pul-kredit  tartiboti  davlatning  valyuta 
barqarorligini saqlash, inflyatsiyaga qarshi kurash bo‗yicha harakatlarini 
o‗z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotini ma‘muriy tartibga solish majburiy 
kartellashtirish  yoki  kichiklashtirish,  litsenziyalash,  kvotalash  va  h.k. 
kabi chora-tadbirlar bilan amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy tartibotiga oid instrumentlar: 
– iqtisodiy prognozlash; 
– iqtisodiy rivojlanishni dasturlash; 
– iqtisodiy rivojlanishni byudjetlashtirish; 
– indikativ rejalashtirish. 
Moliyaviy  ko‗rsatkichlarni  tahlil  qilish  va  asoslash  metodlari 
ro‗yxati  juda  ko‗plab  aniq  yondashuvlarni  o‗z  ichiga  oladi.  Bunga 
quyidagilar kiradi: 


tuzilmaviy-mantiqiy va matematik modellar; 
balansli va omilli metodlar; 
―maqsadlar  daraxti‖  vositasidan  foydalangan  holda  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqish metodlari; 
moliyaviy  rivojlanish  variantlarini  optimallashtirish  va  shu  asosda 
davlat  tomonidan  qo‗llab-quvvatlash  uchun  ustuvor  yo‗nalishlarni 
aniqlash metodlari; 
iqtisodiyotning  tarmoq  tuzilmalarini  istiqbol  uchun  asoslash 
instrumenti sifatida tarmoqlararo balanslashtirish; 
ratsional  mintaqalararo  munosabatlarni  asoslashning  balansli 
metodlari. 
Davlat  bir  qator  omillarga  bog‗liq  ravishda  iqtisodiy  taraqqiyotda 
ishtirok etadi: 
– tanlangan jamiyatni rivojlantirish modeli; 
– siyosiy tuzum; 
– mavjud an‘analar; 
– tashqi omillar. 
Bunda u quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
–  iqtisodiy  rivojlanish  normal  kechishiga  imkon  beruvchi  huquqiy 
bazani belgilaydi; 
– raqobatni himoya qiladi va monopol faoliyatni cheklaydi; 
– daromad va boylikni qayta taqsimlaydi; 
– iqtisodiyotni barqarorlashtirishga ko‗maklashadi; 
– resurslarni qayta taqsimlaydi. 
Ushbu  funksiyalar  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  yoki  bilvosita  moliya 
tushunchasi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  bu  aloqa  ko‗proq  oxirgi  3  funksiyada 
namoyon bo‗ladi. 
Hozirgi  sharoitda  iqtisodiy  jarayonlarga  davlat  aralashuvi  nafaqat 
zarur, balki asoslangan sanaladi. 
Davlatning  moliya,  kredit  va  soliq  siyosati  jamiyatning  iqtisodiy 
o‗sishi va ijtimoiy barqarorlashuviga xizmat qilishi lozim. 
Bozor jarayonlariga davlat aralashuvi ko‗proq yumshoq iqtisodiy va 
huquqiy metodlar orqali amalga oshirilishi kerak. 
Davlat  moliyaviy  tartibotining  minimal  va  maksimal  chegaralarini 


aniqlash mumkin. 
Minimal  talab  qilinadigan  davlat  tomonidan  tartibga  solish  normal 
faoliyatni ta‘minlash, jumladan, iqtisodiyotning davlat sektori, mudofaa 
va  xavfsizlik,  mudofaa  sanoati,  sog‗liqni  saqlash,  ta‘lim,  ilm-fan, 
madaniyat  va  davlat  apparatini  moliyalashtirish;  ijtimoiy  ne‘matlarni 
zarur  miqdorda  va  kerakli  sifatda  ta‘minlash;  inflyatsiyaga  qarshi  va 
inqirozga qarshi siyosatni amalga oshirish bilan cheklanadi. 
Davlat  tomonidan  tartibga  solishning  maksimal  ruxsat  etilgan 
chegaralari 
bozor 
mexanizmining 
normal 
ishlashiga 
putur 
yetkazmaydigan shakllar va  miqdorlarda bozor jarayonlariga aralashuvi 
bilan belgilanadi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning turlari: 
- aralashmaslik; 
- normativ va huquqiy tartibga solish; 
- dirijizm. 
- indikativ va direktiv rejalashtirish. 
Iqtisodiyotning  davlat  tomonidan  moliyaviy  tartibga  solish  –  bu 
uning faoliyatini har bir aniq bosqichida iqtisodiyotning makroiqtisodiy 
muvozanatiga  ta‘sir  ko‗rsatish  uchun  davlat  shakllari  va  xo‗jalik 
subyektlarida  moliyaviy  ta‘sir  metodlarini  maqsadga  yo‗naltirilgan  va 
izchil tarzda qo‗llash jarayonidir. 
Tartibga 
solish 
jarayoni 
turli 
kategoriyalar 
va 
ularning 
elementlaridan  foydalangan  holda  obyektiv  va  subyektiv  omillar, 
iqtisodiy  faoliyat  shart-sharoitlarining  xilma-xilligi  bilan  tavsiflanadi. 
Shuning uchun mazkur asoslarga ko‗ra davlat tomonidan tartibga solish 
tizimini  chegaralash  turlari,  ko‗rinishlari,  shakllari  va  metodlarini 
tasniflash muhim sanaladi. 
Ularning  turlari  quyidagilardir:  iqtisodiy  (moliyaviy,  kredit,  narx, 
valyuta) va ma‘muriy. 
Moliyaviy tartibga solinadigan turlari: soliq, byudjet, moliya-kredit, 
bojxona-tarif, valyuta-moliyaviy, ichki firma. 
Tartibga  solish  shakli  moliyaviy  subkategoriyaning  tegishli 
ko‗rinishi  uchun  ham,  boshqa  barchasi  uchun  ham  xarakterli  bo‗lgan 
sanab  o‗tilgan  turlarda  sodir  bo‗layotgan  jarayonlarni  anglatadi: 


masalan, 
byudjet 
ko‗rinishida 
quyidagi 
shakllar 
sanaladi: 
moliyalashtirish 
(subvensiyalar, 
subsidiyalar, 
transfertlar), 
soliq 
ko‗rinishida  –  bevosita  va  bilvosita  soliqqa  tortish,  valyuta-moliya 
ko‗rinishida – tashqi investitsiyalash, tashqi zayomlar va tashqi qarzlar. 
Rejalashtirish (prognozlash) umumiy shakl hisoblanadi. 
Tasnifning eng ko‗p sonli elementlari ham tartibga solish metodlari 
sanalib,  ular  alohida  shakllar  uchun  maxsus  bo‗lishi  (masalan,  soliqda 
stavka  metodi,  zayomlardagi  konversiya)  yoki  bir  nechta  shakllarda 
foydalanish  uchun  qo‗llanilishi  mumkin  (masalan,  byudjetlarda  va 
xo‗jalik  subyektlarining  moliyaviy  rejalarida  balanslash  metodi,  ushbu 
shakllarda zaxiralarni shakllantirish). Uslublar mustaqil usullar, uslublar 
bilan  ajralib  turadi  va  tartibga  solish  tizimining  o‗zgaruvchan 
elementlari hisoblanadi. 
Davlatni  tartibga  solish  tizimining  turlari  -  usullari,  uslublari 
shakllari  tanlangan  yo‗nalishda  muvofiqlashtirilgan,  barqaror  iqtisodiy 
rivojlanishni  ta‘minlash  uchun  mo‗ljallangan.  Bozor  sharoitida  davlat 
tomonidan tartibga solishning bilvosita usullariga ko‗proq e‘tibor beradi. 
Ayniqsa, ishlab chiqilgan rivojlanish yo‗lidan sezilarli darajada noto‗g‗ri 
chayqalishlar  bilan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri,  aniq  ko‗rsatmalar  bilan 
to‗ldiriladi. 
Boshqaruv  obyektlari  uchta  makroiqtisodiy  tuzilmalardan  iborat. 
Birinchidan,  bu  umumiy  ishlab  chiqarish:  barcha  mahsulotlarni  ishlab 
chiqaruvchi  korxonalar  majmuasi.  Ikkinchidan,  tartibga  solishning 
obyekti  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  sanaladi:  muayyan  davr  uchun 
mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  (mahsulot  va  xizmatlar)ning 
umumiy  miqdori.  Uchinchidan,  bu  yalpi  ehtiyojni  o‗z  ichiga  oladi: 
jamiyatning barcha a‘zolari ehtiyojlarining umumiy miqdori. 
Ushbu  makroiqtisodiy  tuzilmalar  uchta  doiraviy  diagramma 
ko‗rinishida keltirilgan (1-rasm). 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish