Budjet intizomi va uning nazorati
Intizom va
nazorat
strukturasi
Intizom va
nazorat
mexanizmi
Intizom va
nazorat
jarayoni
Budjet intizomi va
nazoratini amalga
oshirish tizimi
Budjet intizomi
nazorati
organlari
Intizom va
nazorat
tamoyillari
Intizom va
nazorat jarayoni
mazmuni
Loyihalashtirish
tizimi
Budjet intizomi
nazorati
kadrlari
Intizom va
nazorat
maqsadlari
Intizom va
nazorat
dasturlarini
yaratish
Intizom va nazorat
tizimini tashkil qilish
Budjet intizom
va nazoratining
texnik
vositalari
Intizom va
nazorat
metodlari
Intizom va
nazorat
dasturlarini
uyg‘unlash-
tirish
Intizom va nazorat
tizimlarini
muvofiqlashtirish
Budjet intizomi
va nazorati
Intizom va
nazorat
Intizom va
nazorat
Intizom va nazorat
tizimlarini
358
12.4-rasm. Byudjet intizomi va nazorati ko„rsatkichlari tizimi
122
2017 yilning oktabr oyida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 870-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh
boshqarmasi to‗g‗risida‖gi Nizomda shu bosh boshqarma va uning
joylardagi boshqarmalarining asosiy vazifasi etib, davlat tomonidan
ajratilgan byudjet mablag‗laridan to‗g‗ri va maqsadga muvofiq
foydalanilayotganligi ustidan moliyaviy nazorat ishlarini tashkil etish va
uni amalga oshirish belgilangan.
Shuningdek, uning asosiy vazifalaridan yana biri bu korxona,
tashkilot va muassasalarda moliya-byudjet intizomiga rioya qilinishi va
122
Turabov B.T. Byudjetdan moliyalashtirilayotgan muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash masalalari.
Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtorefati. T. -2007.
359
mavjud
mablag‗lardan
oqilona
foydalanilayotganligi,
tekshirish
o‗tkazilayotgan joylarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o‗tkazish
bo‗yicha qabul qilingan hukumat qarorlari to‗g‗ri bajarilayotganligi
yuzasidan nazorat ishlari o‗tkazish belgilangan edi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Byudjet
intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Qarori
123
bilan Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari turli darajadagi byudjetlar ijrosini ko‗rib chiqish, byudjet
mablag‗lari oluvchilarining moliya-xo‗jalik faoliyatini o‗z vakolatlari
doirasida taftish qilish va tekshiruvdan o‗tkazish huquqlari berildi.
O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirib kelinayotgan islohatlar
samarasi va natijalari byudjet tizimida ham o‗ziga xos o‗zgarishlar
qo‗llanishga zarurligini taqozo qildi. O‗z navbatida, bunday o‗zgarish va
takomillashuvlar byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda byudjet
intizomida rioya qilish va uning ijrosi nazoratini kuchaytirishga o‗z
ta‘sirini
ko‗rsata
olish
natijasida
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining ―Tibbiyot va ta‘lim muassasalarini moliyalashtirish
mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada
takomillashtirish to‗g‗risida‖ 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son
qarori ijrosi
yuzasidan
O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 24 oktabrdagi 870-sonli qaror bilan
―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy
nazorat bosh boshqarmasi sifatida qayta tashkil etildi va uning yangi
nizomi tasdiqlandi.
Yangi ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat
moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi to‗g‗risida‖gi Nizom 6 bob, 22
bandan iborat bo‗lib, shunga ko‗ra, Davlat moliyaviy nazorat bosh
boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari,
funksiyalari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmasi va ular ishini
tashkil etish kabi muhim jihatlarida ham ancha to‗ldirishlar va paxta
123
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 11 fevraldagi ―Byudjet intizomiga rioya qilinishi
ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi 66-sonli Qarori
360
tozalash sanoatiga doir qo‗shimchalar amalga oshirilganligini ko‗rish va
uni ijobiy baholash mumkin.
Shuningdek, yuqoridagi Nizomda Davlat moliyaviy nazorat bosh
boshqarmasining hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridagi Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmalarining
funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Byudjet
jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini
nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasining hamda
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi
Davlat moliyaviy nazorat boshqarmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ma‘lumki, O‗zbekiston Respublikasining ―Xo‗jalik yurituvchi
sub‘yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‗g‗risida‖gi
Qonuniga
124
muvofiq, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
jamg‗armalar mablag‗lari hisobidagi moliyalashtiriladigan muassasalar
faoliyati yuzasidan tahlil va tekshirishlar o‗tkazishda nazorat organlari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi talab etilmaydi.
Bunday muassasalarda tahlil va tekshirishlar Moliya vazirligi va
boshqa moliya organlarining ish rejasi hamda alohida holatlarda esa
rejasiz amalga oshiriladi.
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va
uning joylardagi organlari tomonidan zimmalariga yuklatilgan
ma‘suliyatli vazifalarni bajarish va berilgan huquqlardan to‗liq
foydalanish bo‗yicha ko‗rilgan chora tadbirlar va amalga oshirilgan
nazorat ishlari ta‘sirida respublika moliya vazirligi tizimida va barcha
bo‗g‗indagi byudjet muassasalarida byudjet intizomini sezilarli darajada
mustahkamlandi, moliya organlari hamda byudjet muassasalari rahbar
va mansabdor shaxslarning ma‘suliyati va saviyasi ancha yuqoriga
ko‗tarildi, byudjet intizomini buzish holatlari keskin kamaytirishga
hamda birinchi darajali xarajatlarni o‗z vaqtida mablag‗ bilan
ta‘minlanib berilishiga erishildi.
124
O‗zbekiston Respublikasining Qonuni №717-I. Qabul qilingan sana 24.12.1998 y., kuchga kirish sanasi
20.01.1999
361
Shu bilan o‗tkazilayotgan tekshirishlar va taftishlar natijasi shuni
ko‗rsatmoqdaki, moliya organlari va byudjet xarajatlari faoliyatida
byudjet mablag‗larini noto‗g‗ri sarflash holatlariga hali ham yo‗l
qo‗yilmoqda, byudjet tashkilotlarida belgilangan limitlardan ortiqcha
mablag‗lar sarflash hollari davom etmoqda, rahbar va mansabdor
shaxslar tomonidan belgilangan shtat intizomi buzilmoqda.
Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va hududiy
boshqarmalari tomonidan moliya muassasalari faoliyati ustidan
nazoratni bo‗shashtirib yuborganligi oqibatida moliya organlari va
byudjet
tashkilotlari
rahbarlari
birinchi
darajali
xarajatlarni
moliyalashtirish uchun yo‗naltirish o‗rniga byudjet parametrlarida
ko‗rsatilmagan xarajatlarga yo‗naltirish, byudjet mablag‗larini boshqa
moddalarga sarflash holatlariga yo‗l qo‗yishni davom ettirmoqda.
Bu o‗z o‗rnida byudjet intizomini buzilishining quyidagi xarakterli
ko‗rinishlarini keltirib o‗tish joizdir:
1. Birinchi darajali to‗lovlarni (ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‗lovlar,
ijtimoiy
nafaqalar
va
stipendiyalar)
o‗z vaqtida
moliyalashtirilmasligi hamda naqd pul bilan ta‘minlanmasligi, to‗lov
muddatlarini kechiktirish;
2. Byudjet parametrlariga va xarajatlar smetalaridagi limitlarga amal
qilmaslik natijasida ish haqi, kommunal xizmatlar va xo‗jalik
xarajatlaridan ortiqcha xarajatlarga yo‗l qo‗yish;
3. Byudjet
muassasalarining
xarajatlar
smetalarida
ko‗zda
tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish va byudjet mablag‗laridan
samarasiz va boshqa maqsadlarda foydalanish;
4. Byudjet muassasalarining rahbarlari tomonidan shtat-smeta
intizomiga rioya qilmaslik, ortiqcha shtat birliklaridan foydalanish, ish
haqlarini belgilangan miqdorlarini oshirib yuborish, ishlamagan
xodimlarga haq to‗lash;
5. O‗z-o‗zini boshqarish organlari (mahalla qo‗mitalari) orqali
aholining ta‘minlanmagan qatlamlariga to‗lanadigan ijtimoiy nafaqalarni
tayinlashdagi turli mahalliychilik va qarindosh-urug‗chilikka yo‗l
qo‗yish hamda ularni to‗lash davrida bank muassasalari xodimlari va
362
o‗z-o‗zini boshqarish organlari xodimlari bilan birgalikda turli qonun
buzarliklarga va davlat mablag‗larini o‗zlashtirishga yo‗l qo‗yish;
6. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari va boshqa mansabdor
shaxslarning byudjet jarayoniga asossiz arlashuvi natijasida, byudjet
mablag‗larini byudjet parametrlarida ko‗zda tutilmagan qurilish,
ta‘mirlash ishlariga, avtomabillarga dabdabali jihozlar sotib olishga
hamda turli tadbirlar o‗tkazishga sarflash;
7. Moddiy javobgar shaxslar tomonidan javobgarlikdagi moddiy
qiymatliklar va naqd pullardan kamomadlarga hamda talan-tarojliklarga
yo‗l qo‗yish
8. Byudjet
muassasalari
tomonidan
xarajatlar
smetasini
rejalashtirishda amaldagi me‗yoriy xujjatlar talablari chuqur
o‗rganilmaganligi natijasida byudjetdan ortiqcha mablag‗ olish;
9. Umumta‗lim muassasalarida tarifikatsiya jadvalini tuzishda
vakant soatlarga yuqori toifali tarif razryadlari qo‗llanilishi natijasidan
byudjetdan ortiqcha mablag‗ olish;
10. Turli sabablar bilan o‗tilmagan dars soatlari hisobidan iqtisod
bo‗lgan mablag‗larni o‗z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli
byudjetga qaytarilmasligi;
11. Vakant saqlanayotgan shtat birliklari hisobidan iqtisod bo‗lgan
mablag‗larni o‗z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga
qaytarilmasligi;
12. Mehnatga haq to‗lashning Yagona tarif setkasi razryadlarini
va koeffitsiyentlarini hamda ustama to‗lovlarini noto‗g‗ri qo‗llash
hisobiga ortiqcha xarajatlarga yo‗l qo‗yish va h.k.
2018 yilda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning
hududiy boshqarmalari tomonidan ish rejasi, hukumat va huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 7 047 ta nazorat
tadbirlari o‗tkazildi. Shuni ta‘kidlash joizki, 2018 yilda o‗tkazilgan
nazorat tadbirlari soni o‗tgan yilga nisbatan 2 martaga kamaydi. (2017
yilda – 14 296 tani tashkil etgan).
O‗tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 539,3 mlrd.so‗m
miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy
363
xarajatlar aniqlandi va 2017 yilda o‗tkazilgan nazorat tadbirlarida
aniqlangan (534,1 mlrd.so‗m) miqdorga teng bo‗ldi.
I. Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) byudjet
intizomiga rioya etilishi va mablag‗larning maqsadli foydalanilishi
yuzasidan o‗tkazilgan bo‗lib, nazorat tadbirlarida 68,1 mlrd.so‗m
byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi,
maqsadsiz va asossiz mablag‗lar sarflanishi aniqlanib, 51,1 mlrd.so‗mi
(75%) byudjetga tiklanishi ta‘minlandi.
Ma‘lumot uchun: 2017 yilda o‗tkazilgan 11 510 ta nazorat
tadbirlarida
byudjet
qonunchiligini
buzish
holatlari 91,1
mlrd.so‗mni tashkil etib, shundan 72,2 mlrd.so‗mi (79%) byudjetga
tiklangan.
Byudjet qonunchiligini buzish holatlari Davlat byudjeti
xarajatlarning 2017 yilda 0,18 foiziga teng bo‗lsa, bu ko‗rsatkich 2018
yilda 0,09 foizni tashkil etib 2 martaga kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |