A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Budjet intizomi va uning nazorati
 
Intizom va 
nazorat 
strukturasi 
Intizom va 
nazorat 
mexanizmi 
Intizom va 
nazorat 
jarayoni 
Budjet intizomi va 
nazoratini amalga 
oshirish tizimi 
Budjet intizomi  
nazorati 
organlari 
Intizom va 
nazorat 
tamoyillari 
Intizom va 
nazorat jarayoni 
mazmuni 
Loyihalashtirish 
tizimi 
 
Budjet intizomi 
nazorati 
kadrlari 
Intizom va 
nazorat 
maqsadlari 
Intizom va 
nazorat 
dasturlarini 
yaratish 
Intizom va nazorat 
tizimini tashkil qilish 
Budjet intizom 
va nazoratining 
texnik 
vositalari 
Intizom va 
nazorat 
metodlari 
Intizom va 
nazorat 
dasturlarini 
uyg‘unlash-
tirish 
Intizom va nazorat  
tizimlarini 
muvofiqlashtirish 
Budjet intizomi 
va nazorati 
Intizom va 
nazorat 
Intizom va 
nazorat 
Intizom va nazorat 
tizimlarini 


358 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12.4-rasm. Byudjet intizomi va nazorati ko„rsatkichlari tizimi
122
 
2017  yilning  oktabr  oyida  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  870-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligining  Davlat  moliyaviy  nazorat  bosh 
boshqarmasi  to‗g‗risida‖gi  Nizomda  shu  bosh  boshqarma  va  uning 
joylardagi  boshqarmalarining  asosiy  vazifasi  etib,  davlat  tomonidan 
ajratilgan  byudjet  mablag‗laridan  to‗g‗ri  va  maqsadga  muvofiq 
foydalanilayotganligi ustidan moliyaviy nazorat ishlarini tashkil etish va 
uni amalga oshirish belgilangan. 
Shuningdek,  uning  asosiy  vazifalaridan  yana  biri  bu  korxona, 
tashkilot  va  muassasalarda  moliya-byudjet  intizomiga  rioya  qilinishi  va 
                                                           
122
  Turabov  B.T.  Byudjetdan  moliyalashtirilayotgan  muassasalarda  byudjet  intizomini  mustahkamlash  masalalari. 
Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtorefati. T. -2007. 


359 
 
mavjud 
mablag‗lardan 
oqilona 
foydalanilayotganligi, 
tekshirish 
o‗tkazilayotgan  joylarda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islohotlar  o‗tkazish 
bo‗yicha  qabul  qilingan  hukumat  qarorlari  to‗g‗ri  bajarilayotganligi 
yuzasidan nazorat ishlari o‗tkazish belgilangan edi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Byudjet 
intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi  Qarori
123
  bilan  Moliya  vazirligi  va  boshqa  moliya 
organlari  turli  darajadagi  byudjetlar  ijrosini  ko‗rib  chiqish,  byudjet 
mablag‗lari  oluvchilarining  moliya-xo‗jalik  faoliyatini  o‗z  vakolatlari 
doirasida taftish qilish va tekshiruvdan o‗tkazish huquqlari berildi. 
O‗zbekiston  Respublikasida  amalga  oshirib  kelinayotgan  islohatlar 
samarasi  va  natijalari  byudjet  tizimida  ham  o‗ziga  xos  o‗zgarishlar 
qo‗llanishga zarurligini taqozo qildi. O‗z navbatida, bunday o‗zgarish va 
takomillashuvlar byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda byudjet 
intizomida  rioya  qilish  va  uning  ijrosi  nazoratini  kuchaytirishga  o‗z 
ta‘sirini 
ko‗rsata 
olish 
natijasida 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining  ―Tibbiyot  va  ta‘lim  muassasalarini  moliyalashtirish 
mexanizmini  hamda  davlat  moliyaviy  nazorati  tizimini  yanada 
takomillashtirish  to‗g‗risida‖  2017  yil  21  avgustdagi  PQ-3231-son 
qarori ijrosi 
yuzasidan 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining  2017  yil  24  oktabrdagi  870-sonli  qaror  bilan 
―O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Davlat  moliyaviy 
nazorat  bosh  boshqarmasi  sifatida  qayta  tashkil  etildi  va  uning  yangi 
nizomi tasdiqlandi. 
Yangi  ―O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Davlat 
moliyaviy  nazorat  bosh  boshqarmasi  to‗g‗risida‖gi  Nizom  6  bob,  22 
bandan  iborat  bo‗lib,  shunga  ko‗ra,  Davlat  moliyaviy  nazorat  bosh 
boshqarmasi  va  uning  hududiy  boshqarmalarining  asosiy  vazifalari, 
funksiyalari,  huquq  va  majburiyatlari,  tashkiliy  tuzilmasi  va  ular  ishini 
tashkil  etish  kabi  muhim  jihatlarida  ham  ancha  to‗ldirishlar  va  paxta 
                                                           
123
  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  11  fevraldagi  ―Byudjet  intizomiga  rioya  qilinishi 
ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi 66-sonli Qarori 


360 
 
tozalash sanoatiga doir qo‗shimchalar amalga oshirilganligini  ko‗rish va 
uni ijobiy baholash mumkin. 
Shuningdek,  yuqoridagi  Nizomda  Davlat  moliyaviy  nazorat  bosh 
boshqarmasining  hamda  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahridagi  Davlat  moliyaviy  nazorat  bosh  boshqarmalarining 
funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Byudjet 
jarayonining  barcha  bosqichlarida  byudjet  intizomiga  rioya  etilishini 
nazorat  qilish  Davlat  moliyaviy  nazorat  bosh  boshqarmasining  hamda 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi 
Davlat moliyaviy nazorat boshqarmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Ma‘lumki,  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Xo‗jalik  yurituvchi 
sub‘yektlar  faoliyatini  davlat  tomonidan  nazorat  qilish  to‗g‗risida‖gi 
Qonuniga
124
  muvofiq,  davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari 
jamg‗armalar  mablag‗lari  hisobidagi  moliyalashtiriladigan  muassasalar 
faoliyati  yuzasidan  tahlil  va  tekshirishlar  o‗tkazishda  nazorat  organlari 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi talab etilmaydi. 
Bunday  muassasalarda  tahlil  va  tekshirishlar  Moliya  vazirligi  va 
boshqa  moliya  organlarining  ish  rejasi  hamda  alohida  holatlarda  esa 
rejasiz amalga oshiriladi. 
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va 
uning  joylardagi  organlari  tomonidan  zimmalariga  yuklatilgan 
ma‘suliyatli  vazifalarni  bajarish  va  berilgan  huquqlardan  to‗liq 
foydalanish  bo‗yicha  ko‗rilgan  chora  tadbirlar  va  amalga  oshirilgan 
nazorat  ishlari  ta‘sirida  respublika  moliya  vazirligi  tizimida  va  barcha 
bo‗g‗indagi byudjet muassasalarida byudjet intizomini sezilarli darajada 
mustahkamlandi,  moliya  organlari  hamda  byudjet  muassasalari  rahbar 
va  mansabdor  shaxslarning  ma‘suliyati  va  saviyasi  ancha  yuqoriga 
ko‗tarildi,  byudjet  intizomini  buzish  holatlari  keskin  kamaytirishga 
hamda  birinchi  darajali  xarajatlarni  o‗z  vaqtida  mablag‗  bilan 
ta‘minlanib berilishiga erishildi. 
                                                           
124
  O‗zbekiston  Respublikasining  Qonuni  №717-I.  Qabul  qilingan  sana  24.12.1998  y.,  kuchga  kirish  sanasi 
20.01.1999 


361 
 
Shu  bilan  o‗tkazilayotgan  tekshirishlar  va  taftishlar  natijasi  shuni 
ko‗rsatmoqdaki,  moliya  organlari  va  byudjet  xarajatlari  faoliyatida 
byudjet  mablag‗larini  noto‗g‗ri  sarflash  holatlariga  hali  ham  yo‗l 
qo‗yilmoqda,  byudjet  tashkilotlarida  belgilangan  limitlardan  ortiqcha 
mablag‗lar  sarflash  hollari  davom  etmoqda,  rahbar  va  mansabdor 
shaxslar tomonidan belgilangan shtat intizomi buzilmoqda. 
Davlat  moliyaviy  nazorat  bosh  boshqarmasi  va  hududiy 
boshqarmalari  tomonidan  moliya  muassasalari  faoliyati  ustidan 
nazoratni  bo‗shashtirib  yuborganligi  oqibatida  moliya  organlari  va 
byudjet 
tashkilotlari 
rahbarlari 
birinchi 
darajali 
xarajatlarni 
moliyalashtirish  uchun  yo‗naltirish  o‗rniga  byudjet  parametrlarida 
ko‗rsatilmagan  xarajatlarga  yo‗naltirish,  byudjet  mablag‗larini  boshqa 
moddalarga sarflash holatlariga yo‗l qo‗yishni davom ettirmoqda. 
Bu  o‗z  o‗rnida  byudjet  intizomini  buzilishining  quyidagi  xarakterli 
ko‗rinishlarini keltirib o‗tish joizdir: 
1.  Birinchi  darajali  to‗lovlarni  (ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan 
to‗lovlar, 
ijtimoiy 
nafaqalar 
va 
stipendiyalar) 
o‗z  vaqtida 
moliyalashtirilmasligi  hamda  naqd  pul  bilan  ta‘minlanmasligi,  to‗lov 
muddatlarini kechiktirish; 
2.  Byudjet parametrlariga va xarajatlar smetalaridagi limitlarga amal 
qilmaslik  natijasida  ish  haqi,  kommunal  xizmatlar  va  xo‗jalik 
xarajatlaridan ortiqcha xarajatlarga yo‗l qo‗yish; 
3.  Byudjet 
muassasalarining 
xarajatlar 
smetalarida 
ko‗zda 
tutilmagan  xarajatlarni  amalga  oshirish  va  byudjet  mablag‗laridan 
samarasiz va boshqa maqsadlarda foydalanish; 
4.  Byudjet  muassasalarining  rahbarlari  tomonidan  shtat-smeta 
intizomiga  rioya  qilmaslik,  ortiqcha  shtat  birliklaridan  foydalanish,  ish 
haqlarini  belgilangan  miqdorlarini  oshirib  yuborish,  ishlamagan 
xodimlarga haq to‗lash; 
5.  O‗z-o‗zini  boshqarish  organlari  (mahalla  qo‗mitalari)  orqali 
aholining ta‘minlanmagan qatlamlariga to‗lanadigan ijtimoiy nafaqalarni 
tayinlashdagi  turli  mahalliychilik  va  qarindosh-urug‗chilikka  yo‗l 
qo‗yish  hamda  ularni  to‗lash  davrida  bank  muassasalari  xodimlari  va 


362 
 
o‗z-o‗zini  boshqarish  organlari  xodimlari  bilan  birgalikda  turli  qonun 
buzarliklarga va davlat mablag‗larini o‗zlashtirishga yo‗l qo‗yish; 
6.  Mahalliy  hokimiyat  organlari  rahbarlari  va  boshqa  mansabdor 
shaxslarning  byudjet  jarayoniga  asossiz  arlashuvi  natijasida,  byudjet 
mablag‗larini  byudjet  parametrlarida  ko‗zda  tutilmagan  qurilish, 
ta‘mirlash  ishlariga,  avtomabillarga  dabdabali  jihozlar  sotib  olishga 
hamda turli tadbirlar o‗tkazishga sarflash; 
7.  Moddiy  javobgar  shaxslar  tomonidan  javobgarlikdagi  moddiy 
qiymatliklar va naqd pullardan kamomadlarga hamda talan-tarojliklarga 
yo‗l qo‗yish  
8.  Byudjet 
muassasalari 
tomonidan 
xarajatlar 
smetasini 
rejalashtirishda  amaldagi  me‗yoriy  xujjatlar  talablari  chuqur 
o‗rganilmaganligi natijasida byudjetdan ortiqcha mablag‗ olish; 
9.  Umumta‗lim  muassasalarida  tarifikatsiya  jadvalini  tuzishda 
vakant  soatlarga  yuqori  toifali  tarif  razryadlari  qo‗llanilishi  natijasidan 
byudjetdan ortiqcha mablag‗ olish; 
10. Turli  sabablar  bilan  o‗tilmagan  dars  soatlari  hisobidan  iqtisod 
bo‗lgan  mablag‗larni  o‗z  vaqtida  (hisobot  davri  yakuni  bilan)  tegishli 
byudjetga qaytarilmasligi; 
11. Vakant  saqlanayotgan  shtat  birliklari  hisobidan  iqtisod  bo‗lgan 
mablag‗larni o‗z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga 
qaytarilmasligi; 
12.  Mehnatga  haq  to‗lashning  Yagona  tarif  setkasi  razryadlarini 
va  koeffitsiyentlarini  hamda  ustama  to‗lovlarini  noto‗g‗ri  qo‗llash 
hisobiga ortiqcha xarajatlarga yo‗l qo‗yish va h.k. 
2018  yilda  Davlat  moliyaviy  nazorati  bosh  boshqarmasi  va  uning 
hududiy  boshqarmalari  tomonidan  ish  rejasi,  hukumat  va  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  organlarning  topshiriqlari  asosida  7  047  ta  nazorat 
tadbirlari  o‗tkazildi.  Shuni  ta‘kidlash  joizki,  2018  yilda  o‗tkazilgan 
nazorat  tadbirlari  soni  o‗tgan  yilga  nisbatan  2  martaga  kamaydi.  (2017 
yilda – 14 296 tani tashkil etgan). 
  O‗tkazilgan  nazorat  tadbirlari  natijasida  539,3  mlrd.so‗m 
miqdorida  byudjet  intizomini  buzilish  holatlari  va  boshqa  noqonuniy 


363 
 
xarajatlar  aniqlandi  va  2017  yilda  o‗tkazilgan  nazorat  tadbirlarida 
aniqlangan (534,1 mlrd.so‗m) miqdorga teng bo‗ldi. 
  I. Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) byudjet 
intizomiga  rioya  etilishi  va  mablag‗larning  maqsadli  foydalanilishi 
yuzasidan  o‗tkazilgan  bo‗lib,  nazorat  tadbirlarida  68,1  mlrd.so‗m 
byudjet  intizomini  buzish,  pul  va  tovar  moddiy  boyliklar  kamomadi, 
maqsadsiz  va  asossiz  mablag‗lar  sarflanishi  aniqlanib,  51,1  mlrd.so‗mi 
(75%) byudjetga tiklanishi ta‘minlandi. 
  Ma‘lumot  uchun:  2017  yilda  o‗tkazilgan 11  510  ta nazorat 
tadbirlarida 
byudjet 
qonunchiligini 
buzish 
holatlari 91,1 
mlrd.so‗mni tashkil  etib,  shundan 72,2  mlrd.so‗mi (79%)  byudjetga 
tiklangan.  
  Byudjet  qonunchiligini  buzish  holatlari  Davlat  byudjeti 
xarajatlarning  2017  yilda 0,18  foiziga teng  bo‗lsa,  bu  ko‗rsatkich  2018 
yilda 0,09 foizni tashkil etib 2 martaga kamaygan. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish