5.7. Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini
muvofiqlashtirishda byudjetlararo munosabatlardan foydalanish
amaliyoti
Byudjetlararo munosabatlar byudjet jarayonida, davlat byudjetini
shakllantirish va ijro etishda turli darajadagi byudjetlar, shuningdek,
davlat byudjeti bilan davlat maqsadli jamg‗armalari o‗rtasidagi byudjet
mablag‗larining harakati bilan bog‗liq munosabatlar majmuidir.
Byudjetlararo munosabatlarning mazmunini yoritishda rus iqtisodchi
olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlovaning ―Государственные и
муниципальные
фынансыˮ
nomli
darsligida:
―Byudjetlararo
munosabatlar davlat hokimiyati organlari, markaziy hokimiyat va
mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari o‗rtasida byudjetlarni tuzish va
ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq huquq va
majburiyatlar, vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid
munosabatlar majmuyidir‖
63
mazmunida ta‘rif keltirilgan. Ammo
byudjetlararo munosabatlarga berilgan ushbu ta‘rif mazkur masalaning
huquqiy asoslarini, byudjet jarayoni ishtirokchilarining turli darajadagi
byudjetlarni shakllantirishdagi huquqiy munosabatlarnigina aks ettiradi.
Byudjetning ijro etilishi davomida mablag‗larning bir byudjet
bo‗g‗inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar o‗rtasidagi
haqiqatdagi harakati haqida fikr bildirilmagan.
Z.Srojiddinovaning ―Byudjetlararo munosabatlar‖ deb nomlangan
o‗quv qo‗llanmasida esa: ―Byudjetlararo munosabatlar, deganda byudjet
jarayoni davomida davlat va mahalliy hokimiyat organlari o‗rtasida
yuzaga keluvchi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar majmuyi tushuniladi.
Byudjetlararo munosabatlar davlat boshqaruvi tizimida vertikal yoki
gorizontal bo‗yicha paydo bo‗ladi va amal qiladi hamda hokimiyat har
bir darajasining faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularning moliyaviy
imkoniyatlarini hisobga olgan holda tartibga solinadi‖
64
, degan fikrlar
o‗rin olgan.
Maxsus adabiyotlar va ilmiy ishlarda, shuningdek, byudjetlararo
munosabatlarga
quyidagicha
ta‘riflar
berilgan:
―Byudjetlararo
63
Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы. Учебник для вузов. – 2-е изд.,
перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2012. – 703 с.
64
Srojiddinova Z.X. Byudjetlararo munosabatlar. O‗quv qo‗llanma. T.: infoCOM.UZ. – 2010. b.5.
munosabatlar davlat byudjet mexanizmining muhim va ajralmas
elementi bo‗lib, markazdan turib mamlakatning ma‘muriy-hududiy
tuzilmalari subyektlari o‗rtasida barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash
jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydigan va bundan tashqari,
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli
darajalarida huquq va majburiyatlarni o‗zaro taqsimlab olish orqali
bajarish uchun davlat byudjetida jamlangan pul mablag‗larining ushbu
subyektlar o‗rtasida qayta taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi
munosabatlar yig‗indisidir‖
65
(bu haqida mazkur o‗quv qo‗llanmaning 3-
bobida ham qisqacha to‗xtalgan edik).
Umuman olganda, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy
voqelik sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta‘kidlash
zarur:
birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet
siyosatini markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining
ajralmas
qismi
hisoblanadi.
O‗zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha 2017-2021-yillarga
mo‗ljallangan
Harakatlar
strategiyasida
ham
―Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish
sur‘atlarini saqlab qolish‖ chora-tadbirlari ichida ―Davlat byudjetining
barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy byudjetlarning
daromad
qismini
mustahkamlashga
qaratilgan
byudjetlararo
munosabatlarni takomillashtirish‖
66
vazifalari belgilangan;
ikkinchidan, byudjetlararo munosabatlar byudjet siyosatining
boshqa yo‗nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi, chunki
mahalliy byudjetlarning barqarorligini ta‘minlash, ularning daromad
bazalarini
mustahkamlash,
hududlarning
iqtisodiy
va
byudjet
potensialini oshirish masalalari byudjet siyosatining asosiy masalalari
sifatida
qaraladi,
ularning
ijobiy
yechimi
byudjetlararo
munosabatlarning to‗g‗ri tashkil etilishiga ko‗p jihatdan bog‗liq;
uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar – nafaqat turli
65
B. Nurmuhamedova ―Davlat byudjeti‖. O‗quv qo‗llanma. T. 2018 y. 87-b.
66
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar
strategiyasi.
3.1-band.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli
farmoniga
1-
ilova. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.
darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‗rtasidagi
munosabat, balki markaziy davlat hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy
funksiyalarini hududlar darajasida bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun
normal sharoitlarni yaratish maqsadlariga yo‗naltirilishi lozim bo‗lgan
barcha byudjet mablag‗larining maqsadga muvofiq taqsimlanishi va
qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir;
to‗rtinchidan, hududlar mablag‗larning markaziy hokimiyat
(respublika byudjeti) ixtiyoriga tushib turishini ta‘minlar ekan, bu bilan
hududiy boshqaruv organlari markaziy hokimiyatdan davlat boshqaruvi
bo‗yicha aniq majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqiga
ham ega bo‗ladilar, bu holat markaziy hokimiyatning hududlar
manfaatlari yo‗lida yagona va samarali boshqaruvning olib borilishini
ta‘minlaydi. Shu bilan birga respublika byudjetidan mahalliy
byudjetlarga mablag‗ ajratish mexanizmlari bilan markaziy hukumat
mahalliy
hokimiyatlar
zimmasidagi
byudjet
majburiyatlarining
bajarilishiga erishadi, ularda boqimandalik kayfiyatlarini oldini olish
uchun dastak yaratadi hamda ularni hududlarning iqtisodiy-moliyaviy
jihatdan barqarorligini ta‘minlashga undaydi;
beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar – teng ahamiyatli
tarzda yuqoridan quyiga va quyidan yuqoriga harakatlanuvchi byudjet
mablag‗lari, moliyaviy oqimlardir. Ushbu munosabatlar turli darajadagi
byudjetlar, ayniqsa, byudjet tizimining quyi pog‗onasi bo‗lgan tuman
byudjetlarining daromadlilik darajasini tartibga solish uchun xizmat
qiladi, ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlar daromadlarini
shakllantiruvchi ta‘sirchan omil hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 132-moddasida:
―Byudjetlararo munosabatlar O‗zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjeti,
viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti,
tumanlar,
shaharlar
byudjetlari,
shuningdek,
davlat
maqsadli
jamg‗armalari byudjetlari o‗rtasidagi tegishli byudjetlarga biriktirilgan
xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan tegishli byudjetlarni
moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir‖, deb
belgilab qo‗yilgan.
5.4-rasm. Byudjetlararo munosabatlarda moliyaviy oqimlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |