A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Mahalliy byudjetlar xarajatlarini amalga oshirishning hozirgi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

5.6. Mahalliy byudjetlar xarajatlarini amalga oshirishning hozirgi 
holati tahlili 
O‗zbekiston    Respublikasi  ―Byudjet  kodeksi‖ning  71-moddasiga 
muvofiq,
 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasining  respublika  byudjeti, 
viloyatlarning  viloyat  byudjetlari  va  Toshkent  shahrining  shahar 
byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari, 
shu jumladan: 
– 
umumiy  o‗rta  ta‘lim,  o‗rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi, 
maktabdan tashqari ta‘lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash,  boshqa  yordamchi  va  uslubiy  ta‘lim  muassasalarini  saqlab 
turish xarajatlari; 
– 
bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun 
hujjatlarida  Qoraqalpog‗iston  Respublikasining  respublika  byudjetidan, 
viloyatlarning  viloyat  byudjetlari  va  Toshkent  shahrining  shahar 
byudjetidan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ta‘lim  tizimidagi 
yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;  


– 
Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazi  filialini,  ko‗p 
tarmoqli  va  ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlarini,  ixtisoslashtirilgan 
kasalxonalar  va  dispanserlarni,  tug‗ruqxonalar  va  akusherlik 
majmualarini, tibbiy tashxis qo‗yish va davlat sanitariya-epidemiologiya 
nazorati  markazlarini,  qon  quyish  xizmati  va  sud-tibbiyot  ekspertizasi 
muassasalarini,  Salomatlik  va  tibbiyot  statistikasi  instituti  filialini, 
hududiy  sog‗liqni  saqlashni  boshqarish  organlari  tasarrufidagi  boshqa 
davolash-profilaktika  muassasalari  va  yordamchi  tashkilotlarni  saqlab 
turish, 
shuningdek, 
qonun 
hujjatlarida 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining  respublika  byudjeti,  viloyatlarning  viloyat  byudjetlari 
va  Toshkent  shahrining  shahar  byudjetidan  moliyalashtirilishi  nazarda 
tutilgan xizmatlarga haq to‗lash xarajatlari; 
– 
qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning 
sog‗lig‗ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;  
– 
hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi 
madaniyat,  jismoniy  tarbiya  va  sport  muassasalarini  saqlab  turish, 
shuningdek  madaniyat  va  sportni  rivojlantirishga  doir  maqsadli 
tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;  
– 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  hokimliklari  tasarrufidagi  arxivlarni  saqlab  turish 
xarajatlari;  
– 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  hokimliklari  tasarrufidagi  qariyalar  va  nogironlarning 
internat-uylari,  pansionatlari  va  sanatoriylari,  nogironlarni  reabilitatsiya 
qilish  markazlarini,  boshqa  muassasalarni  saqlab  turish  xarajatlari, 
shuningdek,  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilishga  doir  maqsadli  tadbirlar 
xarajatlari; 
– 
shahar yo‗lovchilar transporti tashuvchilarining yo‗lovchilarni va 
bagajni  cheklangan  tariflar  bo‗yicha  tashish,  shuningdek,  alohida 
toifadagi  fuqarolarni  imtiyozli  tashish  xizmatlarini  ko‗rsatish  bilan 
bog‗liq zararlarning o‗rnini qoplash xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 
– 
qishloq  xo‗jaligi  sohasida  hududiy  nazorat  organlarini  saqlab 
turish,  shu  jumladan  hayvonlar  kasalliklariga  qarshi  kurashuvchi 


muassasalar xizmatlariga haq to‗lash, shuningdek, yerlarni rekultivatsiya 
qilish ishlarini bajarish;  
– 
uy-joy-kommunal xo‗jaligi  obyektlarida ta‘mirlash ishlarini olib 
borish;  
– 
suv yo‗llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; 
– 
aholi punktlarini obodonlashtirish;  
– 
shaharlarning,  boshqa  aholi  punktlarining  ko‗chalarini  va 
xo‗jaliklararo qishloq avtomobil yo‗llarini ta‘mirlash, shuningdek, ayrim 
tashkilotlar xarajatlari;  
– 
qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  o‗rmon  xo‗jaligini  saqlab 
turish xarajatlari; 
3) Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  hokimliklari  buyurtmachi  bo‗lgan  markazlashtirilgan 
investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 
4)  Mahalliy  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarini,  shu 
jumladan: 
– 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesini; 
– 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  hokimliklari,  ularning  boshqarmalari  va  bo‗limlarini 
saqlab turish xarajatlari. 
5)  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  respublika  byudjetining, 
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining 
zaxira jamg‗armalarini shakllantirish xarajatlari. 
6) Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun  yer uchastkalarining olib 
qo‗yilishi  munosabati  bilan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  yetkazilgan 
zararning o‗rnini qoplash xarajatlari; 
7)  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  respublika  byudjetining, 
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining 
mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning 
xarajatlari. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasining  respublika  byudjetidan, 
viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar 
byudjetidan  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlariga  byudjet  ssudalari, 
dotatsiyalar, subvensiyalar va o‗tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi 


mumkin. 
O‗zbekiston    Respublikasi  ―Byudjet  kodeksi‖ning  72-moddasiga 
muvofiq, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga 
oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari, 
shu jumladan: 
– 
tumanlar (shaharlar) xalq ta‘limi muassasalari faoliyatini uslubiy 
jihatdan  ta‘minlash  va  tashkil  etish  bo‗limlarini,  shuningdek,  ular 
tasarrufidagi  maktabgacha  ta‘lim,  umumiy  o‗rta  ta‘lim,  maktabdan 
tashqari  ta‘lim  muassasalarini  saqlab  turish  hamda  qonun  hujjatlarida 
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan 
ta‘lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;  
– 
tumanlar 
(shaharlar) 
tibbiyot 
birlashmalari 
tasarrufidagi 
davolash-profilaktika 
muassasalarini 
hamda 
davlat 
sanitariya-
epidemiologiya  nazorati  tuman,  shahar  muassasalarini  saqlab  turish 
xarajatlari; 
– 
qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning 
sog‗lig‗ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 
– 
tumanlar  (shaharlar)  madaniyat  va  sport  ishlari  bo‗limlari 
tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab 
turish,  shuningdek,  madaniyat  va  sportni  rivojlantirishga  doir  maqsadli 
tadbirlar xarajatlari;  
– 
fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  tomonidan  kam 
ta‘minlangan  oilalarga  tayinlanadigan  hamda  to‗lanadigan  ijtimoiy 
nafaqalar  va  moddiy  yordam  hamda  tabiiy  ofatlardan  jabrlangan 
oilalarga  moddiy  yordam,  uyda  ijtimoiy  yordam  ko‗rsatish,  Chernobil 
AES  halokati  oqibatlarini  tugatishda  ishtirok  etgan  shaxslarni  va 
radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‗tagan pensiya yoshidagi 
shaxslarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:  
– 
veterinariya  laboratoriyalari  va  hayvonlar  kasalliklariga  qarshi 
kurashish stansiyalarini saqlab turish; 
– 
shaharlarning  va  boshqa  aholi  punktlarining  ko‗chalarini, 
shuningdek xo‗jaliklararo qishloq avtomobil yo‗llarini ta‘mirlash;  


– 
uy-joy-kommunal xo‗jaligi  obyektlarida ta‘mirlash ishlarini olib 
borish;  
– 
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;  
3)  tuman  va  shahar  hokimliklarini  hamda  ularning  bo‗limlarini 
saqlab turish xarajatlari;  
4)  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlarini  saqlab  turish 
xarajatlari; 
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va 
shaharlar  byudjetlaridan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ayrim 
tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
Byudjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar 
hamda ko‗rsatkichlar asos qilib olinadi
59

-   aholi jon boshiga ko‗ra byudjet resurslarining taqsimlanishi; 
-   iqtisodiy  potensialdan  foydalanish  darajasiga  qarab  byudjet 
resurslarining taqsimlanishi. 
Ma‘lumki, 
ijtimoiy 
sohalarni 
moliyalashtirishda 
mahalliy 
byudjetlarning  tutgan  o‗rni  kattadir.  Mahalliy  byudjetlarning  70-80% 
xarajatlari  aynan  ijtimoiy  sohalarni  moliyalashtirishga  qaratilgandir. 
Mahalliy  byudjetlardan  moliyalashtirishning  umumiy  prinsiplari  va 
boshqarish usullari quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin: 
– minimum xarajatlarda maksimum samarani olish; 
 
– 
byudjet 
assignatsiyalaridan 
foydalanishning 
maqsadli   
xarakterdaligi; 
–  ko‗zda  tutilgan  rejalarning  bajarilishi  va  oldin  berilgan 
assignatsiyalarning  foydalanilganligini  inobatga  olgan  holda  byudjet 
mablag‗larini taqdim etish. 
 
Umumiy  prinsiplar  bilan  birgalikda  byudjetdan  moliyalashtirish 
amaliyotida xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
–  faqat  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  xarajatlariga  byudjet 
assignatsiyalarini ajratish; 
–  byudjet  assignatsiyalarining  o‗lchamini  aniqlashda  ―qoldiq‖ 
                                                           
59
 Левина В.В. Бюджетная система Российской Федерации. 
Феникс
, 2017 г. 68 с.
 


yondashuvidan foydalanish;  
–  byudjetdan  moliyalashtirishni  rejalashtirilayotgan  xarajatlarni 
kredit metodi orqali ta‘minlash bilan birgalikda foydalanish; 
–  korxonalarning  moliyaviy  holatini  byudjetli  tartibga  solish 
prinsipi va boshqalar. 
 
Amaliyotda  byudjetdan  moliyalashtirishning  turli  shakllaridan 
foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, subsidiya, 
byudjet  ssudalari,  baholardagi  farqni  qoplash  va  boshqalar  byudjetdan 
moliyalashtirishning shakllaridir. 
Mamlakatimizda islohotlarning dastlabki davridan boshlab ijtimoiy 
sohani  rivojlantirishga  alohida  e‘tibor  qaratib    kelinmoqda. 
Taraqqiyotning o‗zbek modeli: 

  biz  tanlagan  strategik  yo‗lning  eng  muhim  va  ustuvor 
yo‗nalishlaridan  biri  ham  uning  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish 
masalasini  yetakchi  o‗ringa  qo‗ygani  bilan  bevosita  bog‗liqdir. 
Ma‘lumki,  o‗zbek  modelining  o‗zagi 

  ratsional  mag‗zini  tashkil 
etadigan  mashhur  besh  tamoyildan  biri  ham  aynan  kuchli  ijtimoiy 
siyosat  olib  borishni  nazarda  tutadi.  Mahalliy  byudjetlar  xarajatlarining 
asosiy  qismini  ijtimoiy  sohalar  va  aholini  qo‗llab  quvvatlash  bilan 
bog‗liq xarajatlar egallaydi. 
2-jadval  ma‘lumotlaridan  ko‗rinadiki,  ya‘ni  Toshkent  shahri 
mahalliy  byudjeti  xarajatlarining  asosiy  qismi  ijtimoiy  sohalarni 
rivojlantirish  uchun  sarf  etilmoqda.  Shu  qatorda  hudud  iqtisodiy 
rivojlanishi uchun mahalliy byudjetning 12-16 % xarajati sarf etilmoqda. 
Jadval  ma‘lumotlaridan  ko‗rinadiki,  oxirgi  yillarda  Toshkent  shahrida 
maorif  xarajatlari  va  sog‗liqni  saqlash  sohasiga  qilinayotgan  xarajatlar 
o‗sish sur‘atiga ega. 2018-yilda maorif xarajatlari jami mahalliy byudjet 
xarajatlarining 38,9%ni tashkil etgan bo‗lsa, 2019-yilga kelib 44,6 %ga 
o‗sgan  va  ushbu  xarajat  agar  2018-yilda  jami  mahalliy  byudjet 
xarajatlarining 16,2 % ni tashkil etgan bo‗lsa, 2019-yilga kelib 21,4 % ni 
tashkil etishi prognoz qilinmoqda. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish