A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

5.7. Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini 


muvofiqlashtirishda byudjetlararo munosabatlardan foydalanish 
amaliyoti 
Byudjetlararo  munosabatlar  byudjet  jarayonida,  davlat  byudjetini 
shakllantirish  va  ijro  etishda  turli  darajadagi  byudjetlar,  shuningdek, 
davlat byudjeti bilan davlat  maqsadli jamg‗armalari o‗rtasidagi byudjet 
mablag‗larining  harakati  bilan  bog‗liq  munosabatlar  majmuidir. 
Byudjetlararo  munosabatlarning  mazmunini  yoritishda  rus  iqtisodchi 
olimlari  A.M.Babich  va  L.N.Pavlovaning  ―Государственные  и 
муниципальные 
фынансыˮ 
nomli 
darsligida: 
―Byudjetlararo 
munosabatlar  davlat  hokimiyati  organlari,  markaziy  hokimiyat  va 
mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari o‗rtasida byudjetlarni tuzish va 
ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq huquq va 
majburiyatlar,  vakolatlarning  biriktirilishi  va  chegaralanishiga  oid 
munosabatlar  majmuyidir‖
63
  mazmunida  ta‘rif  keltirilgan.  Ammo 
byudjetlararo  munosabatlarga  berilgan  ushbu  ta‘rif  mazkur  masalaning 
huquqiy  asoslarini,  byudjet  jarayoni  ishtirokchilarining  turli  darajadagi 
byudjetlarni  shakllantirishdagi  huquqiy  munosabatlarnigina  aks  ettiradi. 
Byudjetning  ijro  etilishi  davomida  mablag‗larning  bir  byudjet 
bo‗g‗inidan  boshqasiga  yoki  bir  darajadagi  byudjetlar  o‗rtasidagi 
haqiqatdagi harakati haqida fikr bildirilmagan. 
Z.Srojiddinovaning  ―Byudjetlararo  munosabatlar‖  deb  nomlangan 
o‗quv qo‗llanmasida esa: ―Byudjetlararo munosabatlar, deganda byudjet 
jarayoni  davomida  davlat  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  o‗rtasida 
yuzaga  keluvchi  iqtisodiy-huquqiy  munosabatlar  majmuyi  tushuniladi. 
Byudjetlararo  munosabatlar  davlat  boshqaruvi  tizimida  vertikal  yoki 
gorizontal  bo‗yicha  paydo  bo‗ladi  va  amal  qiladi  hamda  hokimiyat  har 
bir darajasining faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularning moliyaviy 
imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  tartibga  solinadi‖
64
,  degan  fikrlar 
o‗rin olgan. 
Maxsus  adabiyotlar  va  ilmiy  ishlarda,  shuningdek,  byudjetlararo 
munosabatlarga 
quyidagicha 
ta‘riflar 
berilgan: 
―Byudjetlararo 
                                                           
63
  Бабич  А.М.,  Павлова  Л.Н.  Государственные  и  муниципальные  финансы.  Учебник  для  вузов.  –  2-е  изд., 
перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2012. – 703 с. 
64
 Srojiddinova Z.X. Byudjetlararo munosabatlar. O‗quv qo‗llanma. T.: infoCOM.UZ. – 2010. b.5. 


munosabatlar  davlat  byudjet  mexanizmining  muhim  va  ajralmas 
elementi  bo‗lib,  markazdan  turib  mamlakatning  ma‘muriy-hududiy 
tuzilmalari subyektlari o‗rtasida barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash 
jarayonini  oqilona  tartibga  solishni  ta‘minlaydigan  va  bundan  tashqari, 
markaziy  hukumatning  aniq  funksiyalarini  davlat  boshqaruvining  turli 
darajalarida  huquq  va  majburiyatlarni  o‗zaro  taqsimlab  olish  orqali 
bajarish  uchun  davlat  byudjetida  jamlangan  pul  mablag‗larining  ushbu 
subyektlar  o‗rtasida  qayta  taqsimlanishini  o‗z  ichiga  oluvchi 
munosabatlar yig‗indisidir‖
65
 (bu haqida mazkur o‗quv qo‗llanmaning 3-
bobida ham qisqacha to‗xtalgan edik). 
Umuman  olganda,  byudjetlararo  munosabatlarning  iqtisodiy 
voqelik  sifatidagi  tabiatini  tahlil  qilish  asosida  quyidagilarni  ta‘kidlash 
zarur: 

  birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet 
siyosatini  markaziy  va  hududiy  darajada  amalga  oshirish  jarayonining 
ajralmas 
qismi 
hisoblanadi. 
O‗zbekiston 
 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha 2017-2021-yillarga 
mo‗ljallangan 
Harakatlar 
strategiyasida 
ham 
―Makroiqtisodiy 
barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori  iqtisodiy  o‗sish 
sur‘atlarini  saqlab  qolish‖  chora-tadbirlari  ichida  ―Davlat  byudjetining 
barcha  darajalarida  mutanosiblikni  ta‘minlash,  mahalliy  byudjetlarning 
daromad 
qismini 
mustahkamlashga 
qaratilgan 
byudjetlararo 
munosabatlarni takomillashtirish‖
66
 vazifalari belgilangan; 

  ikkinchidan,  byudjetlararo  munosabatlar  byudjet  siyosatining 
boshqa  yo‗nalishlariga  nisbatan  birlamchi  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki 
mahalliy  byudjetlarning  barqarorligini  ta‘minlash,  ularning  daromad 
bazalarini 
mustahkamlash, 
hududlarning 
iqtisodiy 
va 
byudjet 
potensialini  oshirish  masalalari  byudjet  siyosatining  asosiy  masalalari 
sifatida 
qaraladi, 
ularning 
ijobiy 
yechimi 
byudjetlararo 
munosabatlarning to‗g‗ri tashkil etilishiga ko‗p jihatdan bog‗liq; 

  uchinchidan,  byudjetlararo  munosabatlar  –  nafaqat  turli 
                                                           
65
  B. Nurmuhamedova ―Davlat byudjeti‖. O‗quv qo‗llanma. T. 2018 y. 87-b. 
66
 2017-2021-yillarda O‗zbekiston  Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar 
strategiyasi. 
3.1-band.
O‗zbekiston    Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi  PF-4947-sonli 
farmoniga
  1-
ilova. O‗zbekiston  Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 70-modda. 


darajadagi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  o‗rtasidagi 
munosabat,  balki  markaziy  davlat  hokimiyatining  ijtimoiy-iqtisodiy 
funksiyalarini  hududlar  darajasida  bajarish,  jamiyat  taraqqiyoti  uchun 
normal    sharoitlarni  yaratish  maqsadlariga  yo‗naltirilishi  lozim  bo‗lgan 
barcha  byudjet  mablag‗larining  maqsadga  muvofiq  taqsimlanishi  va 
qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir

  to‗rtinchidan,  hududlar  mablag‗larning  markaziy  hokimiyat 
(respublika byudjeti) ixtiyoriga tushib turishini ta‘minlar ekan, bu bilan 
hududiy  boshqaruv  organlari  markaziy  hokimiyatdan  davlat  boshqaruvi 
bo‗yicha  aniq  majburiyatlarning  bajarilishini  talab  qilib  olish  huquqiga 
ham  ega  bo‗ladilar,  bu  holat  markaziy  hokimiyatning  hududlar 
manfaatlari  yo‗lida  yagona  va  samarali  boshqaruvning  olib  borilishini 
ta‘minlaydi.  Shu  bilan  birga  respublika  byudjetidan  mahalliy 
byudjetlarga  mablag‗  ajratish  mexanizmlari  bilan  markaziy  hukumat 
mahalliy 
hokimiyatlar 
zimmasidagi 
byudjet 
majburiyatlarining 
bajarilishiga  erishadi,  ularda  boqimandalik  kayfiyatlarini  oldini  olish 
uchun  dastak  yaratadi  hamda  ularni  hududlarning  iqtisodiy-moliyaviy 
jihatdan barqarorligini ta‘minlashga undaydi; 

  beshinchidan,  byudjetlararo  munosabatlar  –  teng  ahamiyatli 
tarzda  yuqoridan  quyiga  va  quyidan  yuqoriga  harakatlanuvchi  byudjet 
mablag‗lari, moliyaviy oqimlardir. Ushbu munosabatlar turli darajadagi 
byudjetlar,  ayniqsa,  byudjet  tizimining  quyi  pog‗onasi  bo‗lgan  tuman 
byudjetlarining  daromadlilik  darajasini  tartibga  solish  uchun  xizmat 
qiladi,  ushbu  moliyaviy  oqimlar  mahalliy  byudjetlar  daromadlarini 
shakllantiruvchi ta‘sirchan omil hisoblanadi. 
O‗zbekiston    Respublikasi  Byudjet  kodeksining  132-moddasida: 
―Byudjetlararo  munosabatlar  O‗zbekiston    Respublikasining  respublika 
byudjeti,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasining  respublika  byudjeti, 
viloyatlarning  viloyat  byudjetlari,  Toshkent  shahrining  shahar  byudjeti, 
tumanlar, 
shaharlar 
byudjetlari, 
shuningdek, 
davlat 
maqsadli 
jamg‗armalari  byudjetlari  o‗rtasidagi  tegishli  byudjetlarga  biriktirilgan 
xarajatlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‗lgan  tegishli  byudjetlarni 
moliyaviy  resurslar  bilan  ta‘minlashga  doir  munosabatlardir‖,  deb 
belgilab qo‗yilgan.  


 
5.4-rasm. Byudjetlararo munosabatlarda moliyaviy oqimlarning 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish