A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


-BOB. BYUDJETDAN TASHQARI MAQSADLI



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

6-BOB. BYUDJETDAN TASHQARI MAQSADLI 
JAMG„ARMALARNING DAROMADLARI VA XARAJATLARI 
HAMDA ULARNING XUSUSIYATLARI 
 
6.1. Byudjetdan tashqari jamg„armalar tushunchasi, mohiyati 
va tasnifi 
 
Ixtiyoriy  davlat  mavjud  bo‗lishi  uchun,  mamlakatning  ayrim 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  yo‗nalishlarini  qo‗shimcha  moliyaviy 
resurslar  bilan  ta‘minlash  uchun  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar 
muhim  ahamiyat  kasb  etib,  ular  markaziy  yoki  mahalliy  hokimiyat 
organlari  tasarrufida  bo‗lgan,  maqsadli  yo‗nalishi,  shakllantirish  va 
foydalanish  tartibi  moliya  huquqi  bilan  tartibga  solinadigan  moliyaviy 
resurslar majmuini o‗zida aks ettiradi. 
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar turli darajadagi davlat organlari 
tasarrufida  bo‗lib,  muayyan  faoliyatni  moliyalashtirish  uchun 
mo‗ljallangan  maxsus  jamg‗armalarda  to‗plangan.  Shunday  qilib, 
byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  davlat  moliyaviy  resurslarini 
shakllantirishning bir usuli sanaladi
77

Tarixiy jihatdan, davlat o‗z faoliyatini kengaytirishi barobarida bu 
yanada yangi xarajatlarni talab qilardi. Ularni qoplash uchun mablag‗lar 
maxsus  jamg‗armalarda  markazlashgan  va  maxsus  maqsadlar  uchun 
mo‗ljallangan.  Bunday  mablag‗lar,  odatda,  vaqtinchalik  xarakterga  ega 
bo‗lardi. Davlat tomonidan ko‗zlangan maqsadlarga erishilishi va ularni 
moliyalashtirish  to‗xtatilishi  bilan  jamg‗armalar  ham  o‗z  faoliyatini 
yakunlagan. 
Maxsus  jamg‗armalar  soni  muntazam  o‗zgarib  turgan:  ayrimlari 
paydo bo‗lsa, boshqalari bekor qilingan. Umuman, jamg‗armalar soni va 
hajmining 
ortish 
tendensiyasi 
kuzatilgan. 
Byudjetdan 
tashqari 
jamg‗armalarning  ko‗pligi  muayyan  moliyaviy  noqulayliklarni  yuzaga 
keltirgan,  chunki  ayrim  jamg‗armalarda  mablag‗lar  yetishmasligi, 
                                                           
77
 Финансы, денежное обращение и кредит:. Учебник / Под ред. М.В. Романовского и О.В. Врублевской. 2-е 
изд. М.: ЮРАЙТ, 2010. -С.180. 


227 
 
boshqasida  esa  ortiqchaligi  kuzatilgan  va  bu  ularni  boshqarishda 
qo‗shimcha 
xarajatlarni 
talab 
qilgan. 
Markazlashgan 
davlat 
mustahkamlanishi bilan jamg‗armalarni birxillashtirish davri boshlanadi. 
Ushbu jamg‗armalarni sarflash qat‘iy belgilangan maqsad bo‗yicha 
amalga oshiriladi, aynan esa: davlat va ijtimoiy sug‗urta, moddiy-texnik 
bazasini  mustahkamlash  uchun  qo‗shimcha  moliyalashtirish  xarajatlari, 
fiskal  va  huquq-tartibot  organlarining  ijtimoiy  ta‘minoti,  hududlarning 
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish. 
Zamonaviy shart-sharoitlarda byudjet bilan bir qatorda byudjetdan 
tashqari  jamg‗armalarning  ahamiyati  ham  ortib  bormoqda.  Ushbu 
jamg‗armalarning  soni  va  hajmining  ortishi  bir  qator  sabablar  bilan 
izohlanadi. Birinchidan, davlat hokimiyati organlarida, ayniqsa, beqaror 
iqtisodiyot  sharoitida  xo‗jalik  hayotiga  va  tadbirkorlikni  moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlashga  aralashish  uchun  qo‗shimcha  vositalar  yuzaga 
keladi. Ikkinchidan, bu jamg‗armalar byudjetdan ajratilgan holda, davlat 
tomonidan alohida e‘tibor talab qilinadigan yangi muhim masalalarni hal 
etish  uchun  mo‗ljallangan.  Mablag‗laridan  qat‘iy  maqsadli  foydalanish 
asosida  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarning  paydo  bo‗lishi  davlat 
nazorati  yanada  samarali  kechishini  ta‘minlaydi.  Uchinchidan, 
byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  muayyan  sharoitlarda,  ya‘ni,  aktiv 
saldo  mavjudligida  byudjet  defitsitini  qoplash  uchun  ishlatilishi 
mumkin. 
Byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  bir  qancha  asosiy  yo‗llar  bilan 
tashkil  qilinadi.  Birinchi  yo‗l  –  bu  byudjetdan  o‗ta  muhim  ahamiyatga 
ega  muayyan  xarajatlarni  ajratish  bo‗lsa,  ikkinchisi  –  o‗z  daromad 
manbalariga  ega  byudjetdan  tashqari  jamg‗armani  shakllantirishdir
78

Masalan,  ko‗plab  mamlakatlarda  aholining  ayrim  guruhlarini  ijtimoiy 
qo‗llab-quvvatlash  uchun  mo‗ljallangan  ijtimoiy  sug‗urta  jamg‗armasi 
tashkil etilgan. Boshqa jamg‗armalar jamiyat tomonidan alohida e‘tibor 
talab qilinuvchi yangi ilgari ma‘lum bo‗lmagan xarajatlar kelib chiqishi 
bilan  bog‗liq  ravishda  paydo  bo‗ladi.  Bu  holatda  hukumatning  taklifi 
                                                           
78
 Финансы: Учеб. пособие / Под ред. AM. Ковалевой. 6-е изд. М.: Финансы и статистика, 2010. -С.62 


228 
 
bilan qonun chiqaruvchi organ mazkur byudjetdan tashqari jamg‗armani 
shakllantirish bo‗yicha maxsus qaror qabul qiladi. Bir qator davlatlarda 
iqtisodiy  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  shu  tariqa  yuzaga  kelgan. 
Maxsus  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  maqsadli  foydalanish  uchun 
mo‗ljallangan.  Odatda,  jamg‗arma  nomidan  mablag‗larni  sarflash 
maqsadiga ishora qilinadi. 
Moliya  tizimining  boshqa  bo‗g‗inlari  kabi  byudjetdan  tashqari 
jamg‗armalarning  moddiy  manbai  ham  milliy  daromad  hisoblanadi. 
Jamg‗armaning  asosiy  qismi  uni  qayta  taqsimlash  jarayonida  vujudga 
keltiriladi. 
Jamg‗armalarni shakllantirishdagi qayta taqsimot jarayonida milliy 
daromadni safarbar etishning asosiy metodlari quyidagilardir: 
– maxsus soliqlar va yig‗imlar; 
– byudjet mablag‗lari; 
– zayomlar; 
– yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari. 
Birinchi holatda maxsus soliq va yig‗imlar qonunchilik hokimiyati 
tomonidan  o‗rnatiladi  va  bu  maxsus  jamg‗armalarni  shakllantirishning 
asosiy metodi hisoblanadi, ushbu metod asosan umumdavlat byudjetdan 
tashqari jamg‗armalarini shakllantirish uchun qo‗llaniladi. 
Davlat  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarining  salmoqli  qismi 
markaziy  va  mahalliy  byudjetlar  mablag‗lari  hisobidan  shakllantiriladi. 
Byudjet  mablag‗lari  beg‗araz  subsidiyalar  yoki  soliq  tushumlaridan 
muayyan ajratmalar shaklida kelib tushadi. 
Byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarning  daromadlari  sifatida  qarz 
mablag‗lari  ham  namoyon  bo‗lishi  mumkin.  Byudjetdan  tashqari 
jamg‗armalar  ijobiy  saldoga  ega  bo‗lgan  hollarda,  u  qimmatli 
qog‗ozlarni  sotib olish  va  dividendlar  yoki  foizlar  shaklida  foyda  olish 
uchun foydalanilishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarning  daromad 
qismi  homiylik  mablag‗lari,  ko‗ngilli  xayriya,  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarning hadyalaridan tashkil topishi mumkin. 
Jamg‗armalarning xilma-xilligi jamg‗armalar va moliya tizimining 


229 
 
boshqa bo‗g‗inlari o‗rtasida yuzaga keladigan murakkab ko‗p bosqichli 
aloqalarni  taqozo  etadi.  Shunga  bog‗liq  ravishda  bir  tomonlama,  ikki 
tomonlama va ko‗p tomonlama aloqalarni ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Bir tomonlama aloqalarda pul mablag‗lari moliyaviy bo‗g‗inlardan 
byudjetdan tashqari jamg‗armalarga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Bunday aloqa 
byudjetdan tashqari jamg‗armalarni shakllantirishda yoki ular tomonidan 
mablag‗lardan  foydalanishda  yuzaga  keladi.  Masalan,  ko‗plab 
mamlakatlarning  valyuta  jamg‗armalari  markaziy  byudjet  mablag‗lari 
hisobiga  qaytarilmaydigan  subsidiyalar  shaklida  shakllanadi.  Bir 
tomonlama  aloqa  jamg‗arma  o‗z  mablag‗larining  bir  qismini  boshqa 
moliyaviy bo‗g‗inlarga o‗tkazib berganda ham kuzatiladi. Misol uchun, 
maxsus soliqlar hisobiga shakllantiriladigan AQSh yo‗l jamg‗armasi o‗z 
tasarrufida ortiqcha mablag‗ bo‗lgan vaqtlarda federal byudjetga zayom 
taqdim etadi. 
Ikki  tomonlama  aloqalarda  pul  oqimi  byudjetdan  tashqari 
jamg‗armalar va moliyaviy tizimning boshqa qismlari o‗rtasida har ikki 
yo‗nalishda  ham  harakat  qiladi.  Shunday  qilib,  ijtimoiy  sug‗urta 
jamg‗armalari  nafaqat  sug‗urta  mukofotlari,  balki  markaziy  byudjet 
mablag‗lari hisobiga ham shakllantiriladi. Aktiv saldo mavjudligida ular 
bir vaqtning o‗zida qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi va byudjet kreditori 
bo‗ladi. 
Ko‗p  tomonlama  aloqalarda  bir  vaqtning  o‗zida  byudjetdan 
tashqari jamg‗arma turli xil moliyaviy bo‗g‗inlar bilan bog‗lanadi, ya‘ni, 
pullar ularning o‗rtasida turli yo‗nalishlarda harakat qiladi. 
Byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  mablag‗larini  qayta  taqsimlash 
sohasi  davlat  byudjetinikiga  nisbatan  ancha  tor  bo‗ladi,  chunki 
byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarning  moliyaviy  resurslarni  qayta 
taqsimlash  doirasi  jamg‗armaning  maqsadli  yo‗nalishlari  bilan 
cheklangan,  tarmoqlararo  jamg‗armalarda  esa  –  tarmoqqa  mansublik 
tushunchasi  ham  mavjud.  Moliya  tizimidagi  ushbu  bo‗g‗inning  qayta 
taqsimlash  funksiyasidagi  bunday  cheklov  ayrim  hollarda  moliyaviy 
resurslarni  qayta  taqsimlashning  byudjet  shakliga  qaraganda  bir  qator 
afzalliklarga  ega.  Moliyaviy  mablag‗larning  bir  qismini  byudjetdan 


230 
 
tashqari  jamg‗armaga  ajratishda  markazlashgan  manbalar  va 
ehtiyojlarning  mutanosibligini  o‗rganib  chiqish  osonroq,  moliyaviy 
resurslarning  ushbu  qismini  boshqarish  masalalari  ancha  tezkor  hal 
qilinadi,  ushbu  jamg‗armalar  bo‗yicha  defitsit  muqarrarligi  bartaraf 
etiladi,  binobarin,  iqtisodiy  inqiroz  sharoitida  byudjetlarda  bunga 
erishishning iloji yo‗q bo‗ladi. 
Davlat  byudjeti  tarkibida  konsolidatsiyalanadigan  jamg‗armalar 
hisoblanuvchi  davlat  maqsadli  jamg‗armalari  alohida  o‗rin  egallab, 
ularning  har  biri  uchun  moliyalashtirish  manbalari,  har  bir  manbadan 
kelib  tushadigan  mablag‗lar  me‘yorlari  va  shartlari,  shuningdek,  ushbu 
mablag‗lardan foydalanish mumkin bo‗lgan maqsadlar qonunchilik bilan 
belgilangan  bo‗ladi.  Ulardan  birida  mablag‗lar  yetishmasligi  yuzaga 
kelgan taqdirda, uning xarajatlarini qoplash uchun konsolidatsiyalashgan 
davlat  byudjeti  tarkibiga  kiruvchi  boshqa  jamg‗armalar  mablag‗laridan 
foydalanish yoki davlat byudjetining o‗zida yoxud uning bir bo‗g‗inidan, 
masalan,  Respublika  byudjetidan  yordam  berishi  mumkin.  Ortiqcha 
mablag‗lar  mavjud  bo‗lgan  sharoitda  esa  ushbu  mablag‗lar  keyingi 
moliya  yilida  foydalanish  uchun  davlat  maqsadli  jamg‗armasida 
qoldirilishi  yoki  boshqa  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  tomonidan 
foydalanish uchun yo‗naltirilishi mumkin. 
Davlat moliya tizimining tarkibiy qismi bo‗lgan davlat byudjetdan 
tashqari jamg‗armalari quyidagi kabi qator xususiyatlarga ega: 
–  hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtirilgan va 
aniq maqsadli yo‗nalishlarga ega; 
–  jamg‗armalarning  pul  mablag‗lari  byudjetga  kiritilmagan  davlat 
xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi; 
–  asosan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  majburiy  ajratmalari 
hisobiga shakllantiriladi; 
–  jamg‗armalarga  sug‗urta  badallari  va  ularni  to‗lash  natijasida 
kelib  chiqadigan  o‗zaro  munosabatlar  soliq  tabiatiga  ega  bo‗ladi, 
badallar tariflari davlat tomonidan belgilanadi va majburiy sanaladi; 
–  jamg‗armaning  pul  mablag‗lari  davlat  mulki  hisoblanadi,  ular 
byudjet  tarkibiga,  shuningdek,  boshqa  jamg‗armalarga  kiritilmaydi  va 


231 
 
qonunchilikda  to‗g‗ridan-to‗g‗ri    nazarda  tutilmagan  biron-bir  maqsad 
uchun olib qo‗yilmaydi; 
–  jamg‗armalardan  mablag‗larni  sarflash  Hukumat  yoki  maxsus 
vakolatli  organ  (Jamg‗arma  boshqaruvi)  buyrug‗i  bilan  amalga 
oshiriladi. 
Shunday qilib, byudjetdan tashqari jamg‗armalar davlat tomonidan 
uning  bir  qator  funksiyalari  va  vazifalari  bajarilishini  ta‘minlaydigan 
instrumentlardan biri, degan xulosaga kelish mumkin. 
Byudjetdan tashqari jamg‗armalarning tasnifini ko‗rib chiqamiz: 
Byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  huquqiy  maqomi  bo‗yicha 
davlat va mahalliy jamg‗armalarga ajratiladi. 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish