A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


O„zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

6.3. O„zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari 
jamg„armalarni rivojlantirish 
 
Respublikada  bozor  munosabatlarini  rivojlantirish  jarayoni  juda 
salbiy  sharoitda  boshlandi  (inqiroz  iqtisodiyotning  deyarli  barcha  soha 
va  tarmoqlariga  kuchli  ta‘sir  ko‗rsatdi,  aholining  turmush  darajasiga 
pasaydi) va moliyaviy resurslar cheklanganligi bilan murakkab tus olgan 
edi.  Shunga  bog‗liq  ravishda  davlat  tomonidan  O‗zbekistonda  iqtisodiy 
va  ijtimoiy  sohalarni  barqarorlashtirish  bo‗yicha  eng  muhim  vazifalar 
bajarilishini  ta‘minlash  uchun  maqsadli  byudjetdan  tashqari 
jamg‗armalar tuzila boshlandi. 
O‗zbekistonda 1992-yilda aniq pirovard vazifalarni hal etish uchun 
oltita byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‗armalari tashkil etildi: 
•  Bandlikka  ko‗maklashish  jamg‗armasi  –  ish  bilan  band  ishchi 
kuchlarining  ishdan  bo‗shatilishi  va  ishsizlikning  o‗sishi  bilan  bog‗liq 
muammolarni hal qilish uchun; 
• Mineral resurslarni tiklash jamg‗armasi – o‗z mineral-xomashyo 
bazasini rivojlantirish uchun; 
•  Respublika  yo‗l  jamg‗armasi  –  O‗zbekiston  hududida 
avtotransport 
kommunikatsiyalarini 
saqlash 
va 
rivojlantirish 
muammolarini hal qilish uchun; 
• O‗zbekiston davlat jamg‗armasi – makroiqtisodiy masalalarni hal 
qilish uchun; 
•  Ijtimoiy  sug‗urta  jamg‗armasi  –  ijtimoiy  ta‘minot  va  ijtimoiy 
sug‗urta uchun; 
•  Kasaba  uyushmalari  federatsiyasi  Kengashi  jamg‗armasi  – 


242 
 
mehnat  qiluvchilarning  huquqlarini  himoyalash  masalalarini  hal  qilish 
uchun. 
1995-yildan 
buyon 
byudjetdan 
tashqari 
davlat 
maqsadli 
jamg‗armalari 
mablag‗laridan 
maqsadga 
yo‗naltirilgan 
tarzda 
foydalanish davom etilgan holda ularning mablag‗lari davlat byudjetida 
konsolidatsiyalanadi.  Ushbu  chora  davlatning  fiskal  organlari  nazorati 
ostida barcha davlat mablag‗larini konsolidatsiyalash imkonini beradi. 
1998-yilda 
mablag‗lari 
davlat 
byudjetining 
―Maqsadli 
jamg‗armalar  xarajatlari‖  va  ―Maqsadli  jamg‗armalar  daromadlari‖ 
nomli  maxsus  bo‗limlarida  aks  ettirilgan  holda  davlat  byudjetida 
konsolidatsiyalanadigan  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarning  soni 
to‗rttagacha  kamaydi.  O‗zbekiston  Respublikasining  2013-yil  25- 
dekabrdagi  ―Byudjet  kodeksini  tasdiqlash  to‗g‗risida‖gi  qonuni  bilan 
ularga davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli 
jamg‗armalari maqomi berilib, ular quyidagilardir: 
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika 
yo‗l jamg‗armasi; 
•  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulkini  boshqarish  davlat 
qo‗mitasining maxsus hisob raqamlari; 
• Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi; 
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari pensiya jamg‗armasi. 
Ularning  har  biri  uchun  mablag‗lar  manbalari,  har  bir  manbadan 
mablag‗lar  kelib  tushish  me‘yorlari  va  shartlari,  shuningdek,  ushbu 
mablag‗lardan  foydalanish  maqsadlari  qonunchilik  tomonidan  belgilab 
qo‗yilgan. 
Davlat  maqsadli  jamg‗armalari  –  ayrim  davlat  xarajatlarini 
moliyalashtirish  uchun  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tashkil 
etilgan  va  mablag‗lar  tushumi  hamda  ulardan  maqsadli  foydalanish 
ustidan yanada to‗liq  davlat nazoratini ta‘minlash uchun  mamlakatning 
byudjet tizimi tarkibida konsolidatsiyalanadigan jamg‗armalardir
82

                                                           
82
 Сирожиддинова З.Х. Бюджетная система Республики Узбекистан. Учебник. - Т. ―infoCom‖, 2010. -С.344. 


243 
 
Davlat  maqsadli  jamg‗armalarini  tashkil  etish,  mablag‗larini 
shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  tartibi  O‗zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi
83
.  Operativ  boshqaruv 
tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‗lgan maxsus ma‘muriy apparat 
tomonidan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Byudjet  kodeksiga  binoan  bugungi 
kunda alohidaligi va maqsadga yo‗naltirilganligi saqlangan holda davlat 
byudjetida  quyidagi  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  davlat  maqsadli 
jamg‗armalari mablag‗lari jamlanadi: 
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari  Pensiya  jamg‗armasi  fuqarolarning  davlat  pensiya  ta‘minoti, 
ijtimoiy  nafaqa,  kompensatsiya  va  boshqa  to‗lovlarni  to‗lash  bo‗yicha 
xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‗naltiriladigan majburiy to‗lovlar, 
badallar  va  boshqa  manbalardan  kelib  tushayotgan  pul  mablag‗larini 
jamg‗aradi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‗armasining  yuqori  boshqaruv  organi 
Jamg‗arma kuzatuv kengashi hisoblanadi. 
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika 
yo‗l  jamg‗armasi  majburiy  to‗lovlar  va  boshqa  manbalardan  kelib 
tushayotgan  pul  mablag‗larini  jamg‗arib,  keyin  ularni  umumiy 
foydalanishdagi  avtomobil  yo‗llari  tarmoqlarini  rivojlantirish  va 
takomillashtirish  dasturlarini  (loyihalari)  va  yo‗llarning  tegishli  texnik 
holati  va  o‗tkazuvchanlik  qobiliyatini  saqlashga  yo‗naltirilgan 
tadbirlarni  moliyalashtirishda  foydalanadi.  O‗zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo‗l  jamg‗armasining  yuqori 
boshqaruv organi Jamg‗arma Kengashi hisoblanadi. 
•  Davlat  mulkini  xususiylashtirishdan  tushgan  mablag‗lar 
jamg‗armasi  belgilangan  tartibda  taqsimlanadigan  davlat  mulkini 
xususiylashtirishdan tushgan mablag‗larni jamg‗aradi. 
•  O‗zbekiston  Respublikasi  bandlikka  ko‗maklashish  davlat 
jamg‗armasi bandlik va aholini ijtimoiy himoyalash sohasida xarajatlar 
                                                           
83
 Ўзбекистон Республикасининг Бюджет кодекси, 26.12.2013 й. № ЎРҚ-360, 25-модда. 


244 
 
moliyalashtirilishini  ta‘minlash  uchun  yagona  ijtimoiy  to‗lovdan 
ajratmalar va boshqa manbalardan mablag‗larni jamg‗aradi. 
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari  ta‘lim  va  tibbiyot  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini 
rivojlantirish  jamg‗armasi  majburiy  to‗lovlar  va  boshqa  manbalardan 
maktabgacha ta‘lim muassasalarini, umumta‘lim maktablari, kasb-hunar 
kollejlarini, akademik litseylarni, bolalar musiqa va san‘at maktablarini, 
oliy  ta‘lim,  ilmiy-tadqiqot  muassasalarini,  shuningdek,  tibbiyot 
muassasalarini  qurish,  rekonstruksiya  qilish,  mukammal  ta‘mirlash  va 
jihozlash  (qayta  jihozlash)  ishlarini  moliyalashtirish,  sog‗liqni  saqlash 
muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qo‗yish va davolash asbob 
-uskunalari,  kompyuter  texnikasi  hamda  boshqa  tibbiy  apparatlar, 
maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta 
jihozlashni  moliyalashtirish,  belgilangan  tartibda  aniqlanadigan  boshqa 
maqsadlar  uchun  foydalanishga  yo‗naltiriladigan  mablag‗larni 
jamg‗aradi.  Ushbu  jamg‗armaning  oliy  boshqaruv  organi  Jamg‗arma 
boshqaruv kengashi hisoblanadi. 
•  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
sug‗oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash jamg‗armasi sug‗oriladigan 
yerlarni  meliorativ  yaxshilash  bo‗yicha  dasturlarni  (loyihalarni)  va 
melioratsiya  obyektlarining    tegishli  texnik  holatini  ta‘minlash, 
shuningdek,  melioratsiya  texnikasini  xarid  qilish  bo‗yicha  choralarni 
moliyalashtirishga  yo‗naltiriladigan  maqsadli  moliyaviy  resurslarni 
jamg‗aradi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
sug‗oriladigan 
yerlarning 
meliorativ 
holatini 
yaxshilash 
jamg‗armasining oliy organi Jamg‗arma Kengashi sanaladi. 
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oliy ta‘lim 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‗armasi oliy 
ta‘lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  modernizatsiyalash  va 
mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  yaxshilash  bo‗yicha  chora-tadbirlarni 
moliyalashtirish uchun yo‗naltiriladigan  maqsadli  moliyaviy  resurslarni 
jamg‗aradi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  oliy 
ta‘lim 
muassasalarining 
moddiy-texnik 
bazasini 
rivojlantirish 


245 
 
jamg‗armasi mablag‗larini boshqarish vakolatli organ tomonidan amalga 
oshiriladi
84
. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish