A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 O„zbekiston Respublikasida byudjet jarayoni



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

4.3. O„zbekiston Respublikasida byudjet jarayoni 
 
Byudjet  faoliyatining  birinchi  bosqichi  –  byudjet  loyihasini  tuzish 
har  yili  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 
belgilangan  muddatlarda  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 
tomonidan  quyidagilarga  yuboriladigan  keyingi  moliya  yili  uchun 
byudjet so‗rovi bilan boshlanadi: 
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  hokimlariga,  davlat  maqsadli  jamg‗armalarini 
taqsimlovchi  organlarga  –  tegishli  byudjetlar  va  davlat  maqsadli 
jamg‗armalari loyihalarini tayyorlash uchun;   
–  respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilarga 
–  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‗larni  olishga 
buyurtmalar tuzish uchun. 
Byudjet so‗rovini olganidan keyin mahalliy hokimiyat organlari uch 
kun  mobaynida  tegishli  byudjet  loyihalarini  ishlab  chiqish,  ushbu 
loyihalarni  tayyorlash  tartibini  va  muddatini  belgilash  to‗g‗risida  qaror 
qabul qiladi. 
Mahalliy hokimiyat organlari qarorlari qabul qilinganidan so‗ng uch 
kun ichida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  moliya  organlari  quyidagi  organlarga  byudjet 


so‗rovlarini yuboradilar: 
–tumanlar va shaharlar hokimliklariga – tegishli byudjet loyihalarini 
tayyorlash uchun; 
–Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent 
shahar  byudjetlaridan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilarga  –  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy 
byudjetlardan byudjet mablag‗lari olishga buyurtmalar tuzish uchun.  
Viloyatga 
bo‗ysunadigan 
shaharlarning, 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  va  viloyatlar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlarning  hamda 
shaharlar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlarning  hokimlari  byudjet  so‗rovi 
olinganidan  keyin  uch  kunlik  muddat  ichida  tegishli  byudjetlar 
loyihalarini  tuzish  va  bu  loyihalarni  tayyorlash  tartibini  hamda 
muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 
Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari tegishli byudjet 
loyihalari  tuzish  haqida  qarorlar  qabul  qilinganidan  keyin  uch  kunlik 
muddat ichida shu tuman va shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan 
byudjet  mablag‗larini  oluvchilarga  byudjet  so‗rovlari  yuboradilar  – 
tumanlar  va  shaharlarning  byudjetlaridan  byudjet  mablag‗lari  olish 
uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun. 
Byudjetdan  ajratiladigan  mablag‗lar  olish  uchun  beriladigan 
buyurtma  shakli  va  uni  tuzish  tartibi  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Kelgusi  moliya  yiliga  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‗lar  olishga 
buyurtmalar: 
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjetidan  va  mahalliy 
byudjetlardan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari  oluvchilar 
tomonidan – joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya 
organlariga; 
–  respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilar  tomonidan  –  joriy  yilning  1  iyulidan  kechiktirmay 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. 
Kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar loyihalari: 
tumanlar  va  shaharlar  hokimliklari  moliya  organlari  tomonidan  – 
mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlari  belgilagan  tartibda  va 


muddatlarda,  biroq  joriy  yilning  25  iyunidan  kechiktirmay  yuqori 
moliya organlariga; 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  hokimlari,  davlat  maqsadli  jamg‗armalarini 
taqsimlovchi  organlar  tomonidan  –  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  tartibda  va  muddatlarda,  biroq  joriy 
yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga taqdim etiladi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  kelgusi  moliya  yiliga 
mo‗ljallangan  Davlat  byudjeti  loyihasini  tayyorlaydi,  uni  joriy  yilning 
15  sentyabrigacha  O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasiga  yuboradi 
hamda  Davlat  byudjeti  loyihasini  O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob 
palatasining  tegishli  xulosasi  bilan  birga  joriy  yilning  1  oktyabrigacha 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish