A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Davlat  byudjetining  daromad  qismi  loyihasini  tuzish  tartibi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar  moliya  boshqarmalari  olingan  daromadlar  bo‗yicha  hisoblash 
shakllarini  taqdim  etish  muddatini  ko‗rsatgan  holda  tuman  va  shahar 
hokimligining  moliya  bo‗limlariga,  shuningdek,  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
davlat 
soliq 
boshqarmalariga yuboradi. 
Tuman  va  shahar  hokimliklarining  moliya  bo‗limlari  olingan 
daromadlar  bo‗yicha  hisoblash  shakllarini  taqdim  etish  muddatini 
ko‗rsatgan  holda  tegishli  tuman  va  shahar  soliq  inspeksiyalariga 
yuboradi. 
Quyi  moliya  organlari  tegishli  soliq  organlari  bilan  birgalikda 
tegishli  byudjetlarning  daromad  qismi  loyihasini  tuzish  uchun  yuqori 
moliya organlariga tayyorlangan buyurtmalarni taqdim etadi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  quyi  moliya  organlari, 
Davlat  soliq  va  bojxona  qo‗mitasidan  tegishli  buyurtmalarni  olgach, 
davlat  byudjeti  loyihasi  kiritish  uchun  davlat  byudjeti  daromadlarining 
kontingenti  ko‗rsatkichlari loyihasini tayyorlaydi. 
Davlat byudjeti daromadlarining kontingenti ko‗rsatkichlari loyihasi 
O‗zbekiston  Respublikasi  bo‗yicha  umumiy  va  Qoraqalpog‗iston 


Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar kesimida tuziladi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetlarining  daromad  va  xarajatlarini  balanslash  uchun  tegishli 
byudjetlarga  umumdavlat  soliqlaridan  ajratmalarni  tartibga  solish  rejasi 
tuziladi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetlari loyihasining daromad qismining belgilash uchun O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  Davlat  byudjeti  bosh  boshqarmasi 
tomonidan  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  byudjetlariga  umumdavlat  soliqlaridan  ajratmalarni 
tartibga solish rejasi tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi: 
–Respublika  byudjeti,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti, 
viloyatlar  va  Toshkent  shahar  byudjetlariga  tartibga  soluvchi 
umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativi va miqdori
–respublika  byudjeti,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti, 
viloyatlar  va  Toshkent  shahar  byudjetlariga  biriktirilgan  umumdavlat 
soliqlari ro‗yxati va miqdori; 
–Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetlariga biriktirilgan mahalliy soliqlar va yig‗imlar ro‗yxati hamda 
miqdori. 
Tartibga 
solish 
rejasi 
mahalliy 
byudjetlarga 
umumdavlat 
soliqlaridan  ajratmalar  miqdori  va  normativlarini,  quyi  turuvchi 
byudjetlarga  ushbu  byudjetlarning  daromad  va  xarajatlarini  balanslash 
uchun ajratilgan dotatsiyalar (subvensiyalar) hajmi. 
Tartibga  solish  rejasi  o‗z  tarkibida  boshqa  quyi  turuvchi  hudud 
byudjetiga  ega  har  bir  hudud  byudjeti  uchun  tuziladi,  har  yili  keyingi  
moliya  yili  uchun  byudjet  loyihalarini  tuziladi  va  moliya  yili  yakuni 
bo‗yicha  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  yozma 
xabarnomasi yaratiladi. 
Davlat  byudjetining  xarajat  qismi  loyihasini  tuzish  tartibi.  Byudjet 
mablag‗lari  oluvchilar  byudjet  so‗rovini  olgach,  quyi  tashkilotlardan 
olingan ma‘lumotlar asosida uni o‗rganib chiqadi va byudjetdan mablag‗ 
ajratish uchun buyurtmalar tuzadi. 
Respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 


oluvchilar  byudjet  mablag‗lari  olish  uchun  byudjet  tasnifining  tegishli 
bo‗limlari bo‗yicha buyurtma tuzadilar: bo‗limlar, boblar, paragraflar va 
xarajatlar  moddalari,  choraklar  bo‗yicha  ajratilmagan  holda  umumiy 
yillik miqdor. 
Byudjet  mablag‗lari  olish  uchun  buyurtma  har  bir  byudjet 
mablag‗lari  oluvchilarga,  o‗tkaziladigan  tadbirlarga  iqtisodiy  tasnif 
moddalari kesimida tuziladi. Byudjet mablag‗lari olish uchun individual 
buyurtmalar  asosida  byudjet  mablag‗larining  Bosh  taqsimlovchisi 
tomonidan unda keltirilgan har bir paragraf bo‗yicha umumiy buyurtma 
tuziladi. 
Paragraflar  bo‗yicha  buyurtmalar,  zaruratga  ko‗ra,  ularga  har  bir 
byudjet mablag‗lari oluvchilarga ilovalar bilan O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining tegishli moliya boshqarmalariga taqdim etiladi. 
Byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning  byudjet  mablag‗larini  olish 
uchun  buyurtmalari  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining 
moliyalashtiruvchi  boshqarmalari  tomonidan  ko‗rib  chiqiladi  va 
tekshiriladi. 
Byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning  byudjet  mablag‗larini  olish 
uchun  taqdim  etgan  buyurtmalarini  ko‗rib  chiqish  va  tekshirish 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  moliyalashtiruvchi 
boshqarmalari  tomonidan  byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning  vakillari 
ishtirokida  amalga oshiriladi. 
Byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning  byudjet  mablag‗larini  olish 
uchun buyurtmalarni ko‗rib chiqish jarayonida O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalari: 
–  kelgusi  yil  uchun  xarajatlar  va  ularni  qoplash  manbalarini 
aniqlash,  shuningdek,  xarajatlar  smetasini  tuzishda  joriy  narxlar,  ish 
haqi, moddiy va pul sarflari me‘yorini hisoblashda qo‗llash to‗g‗riligini 
tekshiradi; 
–  byudjet  mablag‗larini  olish  uchun  buyurtmalarni  aniqlashtiradi,  
zarurat  tug‗ilganda,  ularga  ko‗rib  chiqish  natijalariga  bog‗liq  ravishda 
o‗zgartirishlar kiritadi. 
Respublika byudjeti xarajatlariga O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining  zaxira  jamg‗armasini  shakllantirish  uchun  ajratmalarni 


ham o‗z ichiga oladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjeti 
tarkibida 
konsolidatsiyalashgan  davlat  maqsadli  jamg‗armalarining  byudjet 
loyihalariga  (O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 
Respublika  yo‗l  jamg‗armasi,  Davlat  mulkini  boshqarish  bo‗yicha 
O‗zbekiston  Respublikasi  davlat  qo‗mitasining  maxsus  hisobi, 
Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi, O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya  vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‗armasi 
Respublikasi) kiradi. 
Har  yili  davlat  maqsadli  jamg‗armalarini  taqsimlovchi  organlar 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  yuborilgan 
byudjet  so‗rovi  asosida  keyingi  moliya  yili  uchun  davlat  maqsadli 
jamg‗armalari byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi. 
Loyihalarda kelgusi moliya yili uchun daromad manbalari bo‗yicha 
tushumlar va har bir davlat maqsadli jamg‗armasi bo‗yicha mablag‗larni 
sarflash yo‗nalishi aks ettiriladi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  davlat  maqsadli 
jamg‗armalarining  taqsimlovchi  organlari  hamkorligida  taqdim  etilgan 
davlat  maqsadli  jamg‗armalarining  byudjetlari  loyihalarini  ko‗rib 
chiqadi,  zaruratga  ko‗ra,  taqdim  etilgan  loyihalarga  aniqlik  kiritish 
bo‗yicha takliflar bildiradi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  o‗zi  tuzgan  respublika 
byudjeti  loyihasi,  ko‗rib  chiqilgan  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 
byudjeti  loyihasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  byudjetlari  loyihalari, 
shuningdek,    davlat  maqsadli  jamg‗armalari  byudjetlari  loyihalari 
asosida  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  taqdim  etish 
uchun O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasini tuzadi. 
Keyingi  moliya  yili  uchun  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat 
byudjeti loyihasi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
–  byudjet  tasnifiga  muvofiq  aks  ettirilgan  davlat  byudjeti  daromad 
va xarajatlari
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetlariga 
umumdavlat 
soliqlaridan 
ajratmalar 
normativi, 
shuningdek, ularning daromad va xarajatlari miqdori (jumladan, byudjet 


dotatsiyalari va subvensiyalari); 
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetlarining naqd aylanma kassa mablag‗lari miqdori; 
–  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  zaxira 
jamg‗armasi,    Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar byudjetlarining zaxira jamg‗armalari miqdori, ularning doirasida 
tegishli  byudjetlarning  mablag‗lari  kutilmagan  xarajatlarni  qoplashga 
yo‗naltirilishi mumkin; 
–  davlat  byudjeti  defitsitining  chegaraviy  miqdori  va  uni 
moliyalashtirish manbalari; 
–  kafolat  jamg‗armasi,  ichki  va  tashqi  davlat  qarzi,  davlat 
tomonidan beriladigan kreditlarning chegaraviy miqdori. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  vakolatli  vazirliklar, 
davlat  qo‗mitalari,  idoralar,  shuningdek,  tegishli  tashkilotlar  bilan 
birgalikda  quyidagi  7  hujjatni  o‗z  ichiga  olgan  byudjetnoma  loyihasini 
ishlab  chiqadi  va  1  oktyabrgacha  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasiga kiritadi: 
1)  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  o‗tgan  yilgi 
asosiy  yakunlari  va  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning 
joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi; 
2)  O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  tegishli  xulosasi 
bilan  o‗tgan  yilgi  Davlat  byudjeti  ijrosi  to‗g‗risidagi  hisobot  va  joriy 
yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 
3) kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar; 
4)  O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  tegishli  xulosasi 
bilan  mamlakat  byudjet  va  soliq  siyosatining  kelgusi  yilgi  asosiy 
yo‗nalishlari loyihasi; 
5)  mamlakat  byudjet  va  soliq  siyosatining  kelgusi  yilgi  asosiy 
yo‗nalishlariga sharhlar
6)  davlat  ichki  va  tashqi  qarzlari  hamda  ular  bo‗yicha  xarajatlar 
holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; 
7)  O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  tegishli  xulosasi 
bilan kelgusi moliya yiliga mo‗ljallangan Davlat byudjeti loyihasi. 
Byudjetnoma  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 


tomonidan  joriy  yilning  o‗n  beshinchi  oktyabridan  kechiktirmay 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. 
Kelgusi  moliya  yiliga  mo‗ljallangan  Davlat  byudjeti  loyihasini 
tayyorlash  jarayonini  muvofiqlashtirish  va  nazorat  qilishni  O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Raisi  yoki  uning  topshirig‗iga  ko‗ra 
O‗zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi. 
Byudjet faoliyatining ikkinchi bosqichi byudjetni ko‗rib chiqish va 
tasdiqlash hisoblanadi. 
Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  Byudjetnomani  ko‗rib  chiqish 
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‗mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat  byudjeti  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 
qabul qilinadi. 
Davlat byudjetiga muvofiq quyidagilar qabul qilinadi: 
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  byudjetlari  –  Davlat  byudjeti  qabul  qilinganidan  keyin  ikki 
haftalik  muddat  ichida  tegishli  ravishda  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 
Jo‗qorg‗i  Kengesi  hamda  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimiyat 
vakillik organlari tomonidan
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  va  viloyatlar  tarkibiga  kiruvchi 
tumanlar  va  shaharlar  byudjetlari  –  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  va 
viloyatlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida 
tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan; 
–  shaharlar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlar  byudjetlari  va  tuman 
bo‗ysunuvidagi  shaharlar  byudjetlari  –  belgilangan  muddatlarda 
mahalliy hokimiyatning yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan. 
Byudjet faoliyatining uchinchi bosqichi byudjet ijrosi va  uning ijro 
etilishi ustidan nazorat hisoblanadi. 
Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi: 
–  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  hokimliklari  e‘tiboriga  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 
byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  byudjetlari  daromadlari  va 
xarajatlari  miqdorini,  shuningdek  kelgusi  moliya  yili  uchun  ularga 
respublika  byudjetidan  ajratiladigan  byudjet  dotatsiyalari  va  byudjet 


subvensiyalari miqdorini va byudjetga oid boshqa ko‗rsatkichlarni – uch 
kunlik muddat ichida; 
–  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‗mitasi  va  O‗zbekiston 
Respublikasi  Davlat  bojxona  qo‗mitasi  e‘tiboriga  Davlat  byudjeti 
daromadlarining tasdiqlangan miqdorini – bir haftalik muddat ichida; 
–  respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar, 
shuningdek,  davlat  maqsadli  jamg‗armalarini  taqsimlovchi  organlar 
e‘tiboriga  ular  uchun  belgilangan  daromadlar  va  xarajatlar  miqdorini  –
o‗n kunlik muddat ichida yetkazadi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar 
qabul  qilinganidan  keyin  tegishli  moliya  organlari  bir  haftalik  muddat 
ichida: 
–  davlat  soliq  xizmatining  tegishli  mahalliy  organlari  e‘tiboriga  – 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar 
daromadlarining tasdiqlangan miqdorini; 
– Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  e‘tiboriga  ular  uchun  belgilangan 
byudjetdan ajratiladigan mablag‗lar miqdorlarini yetkazadi. 
Byudjet 
parametrlari 
tasdiqlanganidan 
so‗ng  (40  kundan 
kechiktirmay),  moliya  organlari  tasdiqlangan  byudjetlar  smetasi  va 
byudjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro‗yxatdan o‗tkazadi. 
Tashkilotlar quyidagi tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi lozim: 
–  O‗zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjetida  bo‗lgan 
tashkilotlar – O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida
– 
mahalliy 
byudjetlar 
va 
Toshkent 
shahar 
byudjeti, 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetida 
bo‗lgan 
tashkilotlar – Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar 
va Toshkent shahar moliya boshqarmasida
–  shahar  va  tumanlar  byudjetida  bo‗lgan  tashkilotlar  –  shahar, 
tuman va tuman moliya bo‗limlarida. 
Belgilangan  muddatda  moliya  organlarida  xarajatlar  smetasi  va 
shtatlar jadvalini ro‗yxatdan o‗tkazmagan byudjet tashkilotlarini moliya 
organlari  moliyalashtirmaydi,  bank  muassasalari  esa  to  ro‗yxatdan 
o‗tkazilmaguncha  ushbu  tashkilotlarning  ish  haqi  va  xarajatlari  uchun 


mablag‗ berishni to‗xtadi. 
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish amalga oshiriluvchi byudjet 
parametrlari qabul qilingandan keyin 40 kundan ko‗p bo‗lmagan muddat 
ichida  byudjet  tashkilotlarining  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini 
ro‗yxatdan  o‗tkazish  tugamagunga  qadar  tashkilot  xarajatlarini  
moliyalashtirish  o‗tgan  moliya  yili  so‗nggi  choragi  uchun 
rejalashtirilgan  byudjet  ajratmalarining  uchdan  bir  qismidan  oshmagan 
miqdorda amalga oshiriladi. 
Byudjet  tashkilotlarining  rahbarlari  tomonidan  tasdiqlangan  shtat 
jadvali ro‗yxatdan o‗tkazilishi kerak. 
Vazirliklar va huquq-tartibot tuzilmalari idoralarining shtat jadvalini 
ro‗yxatdan  o‗tkazish  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan 
kelishilgan 
shakllarga 
muvofiq 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan har bir tarkibiy bo‗linma uchun qabul qilinadi. 
Namunaviy 
shtatlar 
belgilangan 
byudjet 
muassasalari 
va 
tashkilotlarining  shtat  jadvallari  namunaviy  shtatlarga  muvofiq  va  ular 
tomonidan  xarajatlar  smetasida  nazarda  tutilgan  mehnatga  haq  to‗lash 
jamg‗armasi doirasida qabul qilinadi. 
Namunaviy  shtatlarni  ish  hajmiga  ko‗ra  muayyan  byudjet 
tashkilotlariga nisbatan qo‗llash mumkin bo‗lmagan hollarda, ro‗yxatga 
olish  uchun  rahbarlar  tomonidan  tasdiqlangan  shtat  jadvallari  qabul 
qilinib,  ushbu  rahbarlarga    o‗zi  tomonidan  o‗rnatilgan  mehnatga  haq 
to‗lash jamg‗armasi doirasida shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan. 
Byudjet  tashkilotlari  xodimlarining  lavozim  maoshi  va  tarif 
stavkalari mehnatga haq to‗lash bo‗yicha tasdiqlangan smetaga muvofiq 
belgilanadi, smetada nazarda tutilgan mehnatga haq to‗lash jamg‗armasi 
doirasida ro‗yxatga olish uchun qabul qilinadi. 
Byudjet  tashkilotlari  xodimlarining  lavozim  maoshi  va  tarif 
stavkalariga  avval  ro‗yxatdan  o‗tkazilganga  nisbatan  o‗zgarishlar 
Hukumatning  ish  haqini  oshirish  to‗g‗risida  qaroriga  muvofiq, 
shuningdek,  o‗rnatilgan  tartibda  xodimlarni  navbatdagi  attestatsiyadan 
o‗tkazishda  va  byudjet  tashkilotlari  uchun  belgilangan  mehnatga  haq 
to‗lash  jamg‗armasi  hisobida  va  doirasida  o‗zgartirilishi  mumkin. 
Bunday  hollarda  shtat  jadvallari  ro‗yxatga  olinmaydi.  Boshqa  barcha 


hollarda shtat jadvaliga kiritilgan o‗zgartirishlar tegishli moliya organlari 
tomonidan ro‗yxatga olinishi kerak. 
Ish haqi  miqdori tarifikatsiya bo‗yicha aniqlanadigan, ya‘ni, ushbu 
xodimlarga attestatsiya natijalariga ko‗ra berilgan tegishli malaka toifasi 
mavjudligiga, ularning ish vaqtining haqiqatdagi hajmiga va boshqalarga 
bog‗liq mehnatga haq to‗lash jamg‗armasi shtat jadvalida keltiriladi va u 
rahbar  hamda  bosh  buxgalter  (buxgalter)  tomonidan  imzolangan 
tarifikatsiya  ro‗yxati  bo‗yicha  mehnatga  haq  to‗lash  jamg‗armasiga 
muvofiq bo‗lishi lozim. 
Xodimlarni  moddiy  rag‗batlantirish  uchun  maxsus  jamg‗arma 
ajratilgan  mehnatga  haq  to‗lash  jamg‗armasining  15  foizi  miqdorida 
ro‗yxatga olinadi. 
Stipendiya  jamg‗armasi  byudjet  tashkilotlarining  xarajatlar  smetasi 
hisob-kitoblariga muvofiq ro‗yxatga olinadi. 
 ―Boshqa  xarajatlar‖  guruhi  xarajatlar  yoyilmasiga,  xarajatlar 
smetasi  hisob-kitobiga  va  xarajatlar  smetasida  tasdiqlangan  ushbu 
guruhga  muvofiqligini  tekshirish  bilan  to‗lig‗icha  ro‗yxatdan  o‗tkazish 
uchun qabul qilinadi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish