A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


Давлат бюджети даромадлари



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Давлат бюджети даромадлари 
Солиқ 
Солиқдан ташқари 
Солиқлар 
Мажбурий 
тўловлар 

давлат активларини 
жойлаштириш, 
фойдаланишга бериш ва 
сотишдан олинган 
даромадлар; 

мерос, ҳадя ҳуқуқи 
бўйича давлат мулкига 
ўтган пул маблағлари; 

жисмоний ва юридик 
шахслардан, шунингдек, 
чет давлатлардан беғараз 
пул тушумлари; 

резидент-юридик 
шахсларга берилган 
бюджет ссудаларини ва 
чет давлатларга 
ажратилган кредитларни 
тўлаш 
ҳисобидантўловлар; 

бошқа даромадлар. 
 

фойда солиғи;  

даромад солиғи; 

қўшимча қиймат солиғи; 

ер қаъридан 
фойдаланганлик учун 
солиқ; 

акциз солиғи; 

сув ресурсларидан 
фойдаланганлик учун 
солиқ; 

мулк солиғи; 

ер солиғи; 

бензин, дизель ѐнилғиси 
ва газ истеъмоли солиғи. 
 

ижтимоий 
жамғармаларга 
мажбурий 
тўловлар; 

давлат божи; 

божхона 
тўловлари; 

айрим турдаги 
товарлар билан 
чакана савдо 
қилиш ҳуқуқи 
ва айрим 
турдаги 
хизматларни 
кўрсатиш учун 
йиғим

 


Soliqdan tashqari daromadlar xuddi soliq daromadlari kabi, yuridik 
va  jismoniy  shaxslar  uchun  O‗zbekiston  Respublikasining  vakolatli 
davlat  organlari  tomonidan  belgilanadi.  Soliqdan  tashqari  daromadlar 
majburiy va ixtiyoriy to‗lovlar shaklida bo‗lishi mumkin. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Byudjet  kodeksiga  muvofiq  ―davlat 
byudjetining soliqdan tashqari daromadlariga quyidagilar kiritiladi: 
•  davlat  aktivlarini  joylashtirish,  foydalanishga  berish  va  sotishdan 
olingan daromadlar; 
•  meros,  hadya  huquqi  bo‗yicha  davlat  mulkiga  o‗tgan  pul 
mablag‗lari; 
•  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan,  shuningdek,  chet  davlatlardan 
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari
•  rezident-yuridik  shaxslarga  berilgan  byudjet  ssudalarini  va  chet 
davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar; 
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar‖
22

Soliq  daromadlari  qayta  yaratilgan  qiymat  natijasida  va  uni 
birlamchi  taqsimlash  (foyda,  ish  haqi,  qo‗shilgan  qiymat,  ssuda  foizi, 
renta, dividendlar va boshqalar) natijasida olingan daromadlar natijasida 
hosil bo‗ladi. 
Byudjetga  soliq  to‗lovlariga  barcha  soliqlar  va  boshqa  byudjetga 
majburiy to‗lovlar taalluqli sanaladi. Soliqlar quyidagilardan iborat: 
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i; 
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i; 
• qo‗shilgan qiymat solig‗i; 
• yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‗lovlar; 
• aksiz solig‗i; 
• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
•  mol-mulk solig‗i; 
• yer solig‗i; 
• obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i; 
• transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz iste‘moli 
uchun soliq. 
Majburiy to‗lovlarga quyidagilar kiritiladi: 
                                                           
22
 Ўзбекистон Республикаси Бюджет кодекси, 9-боб, 50-модда.
 


• ijtimoiy jamg‗armalarga majburiy to‗lovlar; 
• Respublika yo‗l jamg‗armasiga majburiy to‗lovlar; 
•  umumta‘lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar 
va  tibbiyot  muassasalarini  rekonstruksiya  qilish,  kapital  ta‘mirlash  va 
jihozlash  uchun  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarga  majburiy 
ajratmalar; 
• davlat boji; 
• bojxona to‗lovlari; 
• ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim 
turdagi xizmatlarni ko‗rsatish uchun yig‗imlar. 
Davlat  necha  asrdan  beri  mavjud  bo‗lsa,  soliqlar  ham  shunchadan 
beri  mavjud  va  iqtisodiyot  nazariyasi  ham  shuncha  asrlardan  beri 
optimal soliqqa tortish yo‗llarini izlab kelmoqda. 
―Soliq‖  tushunchasining  ildizi  qadim  asrlarga  borib  taqaladi.  Soliq 
haqidagi  dastlabki  qaydlarni  antik  davr  mutafakkirlarining  falsafiy 
asarlarida  uchratish  mumkin.  Kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  ilk 
davrida  faylasuflar  garchi  ularga  ma‘lum:  urush  o‗ljalari,  qullar 
mehnatidan  foydalanish,  qurbonlik  keltirish  kabi  soliq  shakllari 
yovvoyilarcha  bo‗lgan  bo‗lsa-da,  soliqni  ijtimoiy  jihatdan  kerakli  va 
foydali hodisa sifatida ko‗rib chiqishgan.  
Ijtimoiy  taraqqiyot  tufayli  soliq  shakllari  ham  asta-sekin  o‗zgarib, 
zamonaviy  mazmuniga  yaqinlasha  bordi.  ―Soliq‖  tushunchasining  tub 
ma‘nosi  –  jamiyat  uchun  zarur  bo‗lgan  individual  daromadlarning  bir 
qismini  umumlashtirish  jarayoniga  vositachilik  qilish  (zamonaviy 
ma‘noda  daromadlarni  davlat  g‗aznasiga  qayta  taqsimlash  jarayoni) 
o‗zgarishsiz  qoldi.  Jamiyat  bilan  davlat  o‗rtasidagi  o‗zaro 
munosabatlarning  soliq  shakllari  o‗z  davrida  turlicha  nomlarga  ega 
bo‗lgan. Nemis olimlari soliqlarni fuqarolarning davlatga ko‗rsatadigan 
qo‗llab-quvvatlashi  sifatida  ko‗rib  chiqilgan  (―staure‖  –  qo‗llab-
quvvatlash). Angliyada soliq hali ham ―duty‖  – burch (majburiyat) deb 
ataladi.  AQSh  qonunchiligi  soliqni  ―tax‖  (taksa)  deb  ta‘riflaydi. 
Fransiyaning  soliq  qonunchiligida  soliq  munosabatlariga  ―import‖ 
(majburiy to‗lov) deya ta‘rif berilgan. Rossiya qonunchilik amaliyotida 
soliq  shaklining  majburiyligi  ―podati‖  (majburiy  to‗lov)  atamasi  bilan 


ta‘kidlangan. 
Soliqlar  byudjet  daromadlarini  shakllantirishning  asosiy  usuli 
hisoblanadi.  Odatda,  soliqlar  turli  darajadagi  davlat  hokimiyatining 
to‗lov  qobiliyatini ta‘minlash maqsadida olinadi
23

Zamonaviy  adabiyotlarda  soliqlar  bo‗yicha  ko‗plab  ta‘riflar 
keltirilgan.  Shu  bilan  birga,  barcha  ta‘riflar  soliqni  majburiy  to‗lov 
sifatida  ta‘kidlaydi.  Boshqacha  aytganda,  to‗lovchilar  uchun  majburiy 
bo‗lmagan to‗lovlar soliqqa oid sanalmaydi
24

O‗zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksiga  muvofiq,  soliqlar 
deganda  muntazam,  qaytmas  va  beg‗araz  xarakterga  ega,  muayyan 
miqdorda  byudjetga  undiriladigan  majburiy  pul  to‗lovlari  tushuniladi. 
Boshqa  majburiy  to‗lovlar  –  bu  majburiy  pul  to‗lovlari,  shuningdek, 
yig‗imlar,  davlat  bojlari  bo‗lib,  ularni  to‗lash  vakolatli  organlar  va 
mansabdor  shaxslar  tomonidan  soliq  to‗lovchilarga  nisbatan  yuridik 
ahamiyatli  harakatlarni,  shu  jumladan,  muayyan  huquqni  taqdim  etish 
yoki  litsenziyalar  va  boshqa  ruxsat  beruvchi  hujjatlar  berishni 
takomillashtirish shartlaridan biri sanaladi
25 

Shunday  qilib,  soliq  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  davlat 
foydasiga  olinadigan  majburiy  to‗lovlardir.  Agar  ularning  moddiy 
mazmunini ko‗rib chiqsak, u holda soliqlar – umumiy davlat ehtiyojlari 
uchun xo‗jalik subyektlari va aholidan undiriladigan milliy daromadning 
bir qismidir. 
Ayni  paytda  soliqlar  davlat  byudjeti  daromadlarining  salmoqli 
qismini  egallaydi.  Masalan,  O‗zbekiston  Respublikasining  byudjet 
daromadlarida soliq tushumlarining ulushi 90-97% ni tashkil qiladi. 
Soliqlar  turli  belgilariga  ko‗ra  turli  guruhlarga  ajratiladi.  Shunday 
qilib, soliqlar quyidagicha tasniflanadi: 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish