A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rasm.5.1. 
Byudjet jarayoni bosqichini 
Byudjet jarayoni
 
Byudjet 
loyihasini ishlab 
chiqish
 
Byudjetni ijro etish 
va uning 
bajarilishini 
nazorat qilish
 
Byudjetni ko‗rib 
chiqish va tasdiqlash
 
Byudjet ijrosi va 
uni tasdiqlash 
to‗g‗risidagi 
hisobot tuzish
 


Byudjet jarayoni byudjet faoliyatining to‗rt bosqichini qamrab oladi: 
Byudjet loyihasini tuzish bosqichida quyidagi masalalar hal etiladi: 
keyingi  byudjet  yili  uchun  byudjet  hajmi,  soliq  va  pul-kredit  siyosati, 
mablag‗lardan  foydalanishning  asosiy  yo‗nalishlari,  byudjet  defitsitini 
qoplash  manbalari  va  byudjet  tizimining  byudjetlari  o‗rtasida 
daromadlarning taqsimlanishi belgilanadi. 
Byudjet loyihasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlar qo‗yiladi: 
– iqtisodiyot samaradorligini oshirishga faol ta‘sir; 
–  moliyaviy  va  boshqa  resurslarni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  dasturlar  – 
hukumat prognozlari bilan muvofiqlashtirishni ta‘minlash; 
– mablag‗larni sarflashda zarur nisbat va ustuvorliklarni belgilash; 
– byudjet defitsitini qoplash uchun manbalarni topish. 
Byudjet loyihasini tayyorlash boshlanishidan oldin Moliya vazirligi 
vazirliklar va davlat idoralari rahbarlariga muayyan sanagacha xarajatlar 
smetasi va ehtimoliy daromadlar hisobini taqdim etish bo‗yicha direktiv 
ko‗rsatmalar  yo‗llaydi.  Bir  qator  mamlakatlarda,  masalan,  Fransiyada 
ularga  ehtimoliy  ajratmalarning  umumiy  nazorat  raqamlari  ma‘lum 
qilinib, ular byudjet aziralari (so‗rovlari) va smetalarning asosi sanaladi, 
boshqalarda esa byudjet so‗rovlari davlat organlari tomonidan mustaqil 
ravishda jo‗natiladi. 
Byudjet  to‗g‗risida  qaror  qabul  qilayotganda,  iqtisodiy  rivojlanish 
istiqbollari,  inflyatsiya  darajasi,  ish  bilan  bandlik,  ijtimoiy  himoyadan 
foydalanadiganlar soni hisobga olinadi. Byudjetni tayyorlash jarayonida 
davlat  boshlig‗i,  hukumat,  Moliya  vazirligi,  vazirlar  va  boshqa  davlat 
idoralarining  rahbarlari  o‗rtasida  axborot  almashish,  takliflar  va 
baholashlar kuzatiladi. 
Kelgusi  yil  uchun,  shuningdek,  o‗rta  muddatli  istiqbol  (3-5  yil) 
uchun byudjet loyihasini ishlab chiqish paytida daromad va xarajatlarni 
hisoblashning turli metodlaridan foydalaniladi: dasturiy-maqsadli metod, 
jumladan, tizimli tahlil, iqtisodiy modellar va boshqalar. 
Byudjet  tartiboti  –  byudjetlarning  daromad  bazasini  minimal 
zaruriy  darajagacha  tenglashtirish  maqsadida  turli  darajadagi  byudjetlar 
o‗rtasida  daromadlarni  taqsimlash  va  mablag‗larni  qayta  taqsimlash 
jarayoni byudjet jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. 


Byudjet  loyihasini  ko‗rib  chiqish  va  tasdiqlash.  Byudjet  loyihasi 
oliy  ijro  organi  –  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  ma‘qullangandan 
so‗ng  ko‗rib  chiqish  va  tasdiqlash  uchun  qonun  chiqaruvchi  organ  – 
parlamentga  yuboriladi.  Parlament  palatalarida  aniq  byudjet  masalalari 
bilan ko‗pincha dasturlar bo‗yicha shug‗ullanadigan maxsus qo‗mita va 
komissiyalar mavjud. 
Ular  byudjet  loyihasini  batafsil  tahlil  qilishadi,  tuzatishlar 
kiritishadi  va  xulosa  berishadi.  So‗ngra,  har  bir  palata  byudjetni  qabul 
qilganidan  keyin  va  ular  o‗rtasida  ixtiloflar  yo‗q  bo‗lgan  sharoitda 
byudjet  haqida  parlamentning  umumiy  qarori  qabul  qilinadi.  Agar 
ixtiloflar  yuzaga  kelsa,  ular  ikkala  palata  vakillaridan  tashkil  topgan 
kelishuv  komissiyasiga  taqdim  etiladi.  Byudjet  jarayonining  ushbu 
bosqichi byudjetni qabul qilish bilan yakunlanadi. 
Byudjet  ijrosi  va  uning  ijro  etilishi  ustidan  nazorat.  Byudjet  ijrosi 
byudjet  jarayonining  ijro  hokimiyati,  moliya  va  soliq  organlari,  kredit 
tashkilotlari,  soliq  to‗lovchilar  va  byudjet  mablag‗lari  oluvchilari  – 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  byudjet  mablag‗laridan 
foydalanish  va  safarbar  qilish  harakatlarini  o‗z  ichiga  oluvchi  muhim 
bosqichi  sanaladi.  Ushbu  jarayon  daromadlarning  yaxlit  va  har  bir 
manba  bo‗yicha  tushumini,  shuningdek,  moliya  yili  davomida  byudjet 
mablag‗larini  tasdiqlangan  chegarada  tashkilot  va  muassasalarning 
xarajatlari uchun to‗lanishini ta‘minlaydi. 
Byudjet jarayonining mazkur bosqichida byudjetning kassa ijrosi – 
mamlakat  hududlarida  byudjet  mablag‗lari  yig‗imini  tashkil  etish, 
ularning  saqlash  va  sarflash,  shuningdek,  hisob  va  hisobotini  yuritish 
muhim element hisoblanadi. 
Byudjet  ijrosi  vakolatli  organ  tomonidan  ma‘qullangandan  so‗ng 
boshlanadi. Moliya organlari byudjetning bajarilishini ta‘minlash uchun 
har bir moliya organining bo‗linmalarining vazifalarini nazarda tutuvchi 
tashkiliy  rejani  tayyorlaydi.  So‗ngra,  byudjet  daromadlarini  bir  xil 
safarbar  qilish  va  byudjetdan  to‗lanadigan  tadbirlarni  pul  mablag‗lari 
bilan  uzluksiz  ta‘minlash  maqsadida  byudjetni  choraklar  bo‗yicha 
taqsimlash amalga oshiriladi. 
Xarajatlar bo‗yicha byudjet ijrosi quyidagi bosqichlarga ega: 


–  byudjet  mablag‗lari  oluvchilariga  va  taqsimlovchilariga  byudjet 
mablag‗larini ajratish va tasdiqlash; 
–byudjet 
mablag‗lari 
oluvchilar 
tomonidan 
byudjet 
majburiyatlarining  qabul  qilinishi  (byudjet  mablag‗lari  oluvchilar 
tomonidan rasmiylashtirilgan byudjetga talablar qo‗yish huquqi); 
– byudjet majburiyatlarining bajarilishini tasdiqlash va tekshirish; 
– bajarilgan majburiyatlar bo‗yicha xarajatlar va to‗lovlar. 
Jahon amaliyotida g‗aznachilik, bank va aralash byudjet ijro tizimi 
mavjud.  
G‗aznachilik tizimida byudjet ijrosini tashkil qilish, ularning hisob 
va  byudjet  mablag‗larini  boshqarish  maxsus  moliya  organi  – 
G‗aznachilik  tomonidan  amalga  oshirilib,  u  barcha  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilari  va  taqsimlovchilari  uchun  kassir  sanaladi  va  byudjet 
muassasalari nomidan va ularning topshirig‗iga ko‗ra to‗lovlarni amalga 
oshiradi. 
Bank  tizimida  byudjetlarni  tashkil  etish  va  ijrosi  funksiyasini 
Markaziy banki (tijorat banklari ishtiroki ham mumkin) bajaradi. 
Byudjet  hisobiga  xizmat  ko‗rsatishning  aralash  tizimida  ham, 
G‗aznachilik,  ham Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. 
Daromad bo‗yicha byudjet ijrosi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
–  byudjet  daromadlarini  yagona  G‗aznachilik  hisobvarag‗iga 
o‗tkazish va qayd qilish (g‗aznachilik tizimida byudjet ijrosi); 
–  tasdiqlangan  normativlarga  muvofiq  davlat  tartibot  soliqlarini 
byudjetlar o‗rtasida taqsimlash; 
– tegishli byudjetlarda daromadlarni qayd qilish; 
– ortiqcha to‗langan  daromadlar summasini qaytarish; 
–  byudjet  daromadlarini  hisoblash  va  byudjet  tasnifiga  muvofiq 
daromad  haqida hisobot tuzish. 
Byudjet  xarajatlari  ijrosi  byudjet  xarajatlarini  tasdiqlash  va 
moliyalashtirish  tartibini  amalga  oshirishni  nazarda  tutadi.  Tasdiqlash 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
–  davlat byudjetidan byudjet mablag‗larini ajratish va tasdiqlash; 
–  davlat  byudjetining  majburiyatlari  chegaralarini  tasdiqlash  va 
etkazish; 


– davlat byudjetining majburiyatlarini qabul qilish; 
– davlat byudjetining to‗lov majburiyatlarini tasdiqlash. 
Byudjet ijrosi jarayonida xarajatlarning rejaviy miqdorida, masalan, 
daromadlar  bo‗yicha  prognozning  bajarilmasligi  yoki  ortig‗i  bilan 
bajarilishi oqibatida o‗zgarishlar kuzatilishi mumkin. 
Byudjet ijrosi moliya yoki byudjet yili davomida amalga oshiriladi. 
Uning  boshlanishi  va  vaqt  chegaralari  turli  mamlakatlarda  turlicha,  bu 
tarixiy  an‘analar,  shuningdek,  parlament  sessiyalarining  muddatlariga 
bog‗liq.  Misol  uchun:  Fransiya,  Germaniya,  Italiya,  Belgiya,  Rossiya, 
Qozog‗iston,  O‗zbekistonda  byudjet  yili  1  yanvarda;  Yaponiya,  Buyuk 
Britaniya, Kanadada – 1 apreldan; Shvetsiya, Norvegiya, Pokistonda – 1 
iyuldan; Qo‗shma Shtatlarda – 1 oktyabrdan boshlanadi. 
Byudjet  ko‗rsatkichlarini  iqtisodiy  jihatdan  oqilona,  to‗g‗ri 
shakllantirishni nazorat qilish; daromadlarni safarbar etishning to‗liqligi; 
byudjet  mablag‗laridan  maqsadli  va  samarali  foydalanish;  yuridik  va 
jismoniy shaxslar  – byudjetga soliq va yig‗im to‗lovchilar yoki byudjet 
mablag‗lari  oluvchilar  soliq  va  byudjet  qonunchiligiga  rioya  qilishi 
byudjet jarayonining majburiy elementi sanaladi. 
Byudjet  nazorati  hukumatning  vakolatli  organlari,  Hisob  palatasi 
(parlament  nazorati),  moliya  va  soliq  organlari  (ma‘muriy  nazorat) 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat  byudjetining  ijrosi  to‗g‗risida  hisobot  tuzish  va  uni 
Parlament tomonidan tasdiqlash – byudjet jarayonining so‗nggi bosqichi 
bo‗lib,  moliya  yili  tugaganidan  so‗ng  boshlanadi.  Byudjet  ijrosi 
to‗g‗risida  hisobotga  muvofiq  byudjet  ijrosining  turli  jihatlari  tahlil 
qilinadi.  Byudjet  ijrosi  tahlilini  o‗tkazish  uchun  muayyan  metod  va 
vositalardan foydalaniladi. 
Byudjet tahlili quyidagi metodlar bo‗yicha amalga oshiriladi: 
–  taqqoslash  –  hisobot  davridagi  byudjet  ko‗rsatkichlari 
rejalashtirilgan  yoki  bazis  (o‗tgan  davrlar  uchun)  ko‗rsatkichlar  bilan 
taqqoslanadi.  Zarur  hollarda  ko‗rsatkichlarning  taqqoslanuvchanligini 
ta‘minlash  uchun  ularning  korrektirovkasi  amalga  oshiriladi  (masalan, 
inflyatsiyaning  yuqori  sur‘atlarida,  taqqoslanayotgan  ko‗rsatkichlarning 
har xilligida va boshqalarda); 


–  guruhlash  –  ko‗rsatkichlar  analitik  hisob-kitoblarni  amalga 
oshirishga  imkon  beradigan,  muayyan  hodisalarning  rivojlanishidagi 
muayyan tendensiyalarni, ularning o‗zaro bog‗liqligi, ko‗rsatkichlarning 
o‗zgarishiga  ta‘sir  qiluvchi  omillarni  aniqlashga  mo‗ljallangan 
jadvallarga bo‗linadi va guruhlanadi; 
– zanjirli almashtirish (eliminatsiya) – alohida hisobot ko‗rsatkichini 
bazaviy ko‗rsatkichga almashtirish amalga oshirilib, bunda qolgan bazis 
ko‗rsatkichlar o‗zgarishsiz qoladi. Bu esa alohida omillarning jamlanma 
byudjet ko‗rsatkichiga ta‘sirini aniqlash imkonini beradi. 
Byudjet 
tahlili 
uchun 
instrumentariy 
sifatida 
byudjet 
koeffitsiyentlari – ayrim mutlaq byudjet ko‗rsatkichlarining boshqalarga 
nisbatini 
ifodalovchi 
hududning 
moliyaviy 
ahvolining 
nisbiy 
ko‗rsatkichlari  qo‗llanilishi  mumkin.  Byudjet  koeffitsiyentlari  turli 
hududlarning 
moliyaviy 
ahvoli 
ko‗rsatkichlarini 
solishtirish, 
shuningdek,  hududlarning  moliyaviy  holatidagi  ko‗rsatkichlar  va 
tendensiyalarni  rivojlantirish  dinamikasini  aniqlash  uchun  ishlatilishi 
mumkin. 
Byudjet  tahlili  daromad  va  xarajatlar  bo‗yicha  alohida  amalga 
oshiriladi. Byudjet tahlili uchun quyidagilar qo‗llanilishi mumkin: 
gorizontal  tahlil,  uning  borishi  davomida  joriy  byudjet 
ko‗rsatkichlari  o‗tgan  davr  ko‗rsatkichlari  bilan,  shuningdek, 
haqiqatdagi 
ko‗rsatkichlar 
rejalashtirilgan 
ko‗rsatkichlar 
bilan 
solishtiriladi; 
vertikal  tahlil,  buning  natijasida  byudjet  tuzilmasi,  yakuniy 
ko‗rsatkichda  alohida  byudjet  ko‗rsatkichlarining  ulushi  va  ularning 
umumiy natijalarga ta‘siri aniqlanadi; 
trend  tahlil,  byudjet  ko‗rsatkichlarining  dinamikasi  o‗zgarishi  u 
tendensiyalarini  aniqlash  uchun  olib  boriladi.    Ushbu  tahlil  jarayonida 
bir  necha  yillar  uchun  rejalashtirilgan  yoki  hisobot  ko‗rsatkichlari 
taqqoslanadi. 
Retrospektiv 
tahlil 
asosida 
kelgusi 
byudjet 
ko‗rsatkichlarini prognozlash mumkin; 
omilli  tahlil,  uning  mohiyati  alohida  omillarning  byudjet 
ko‗rsatkichlariga  ta‘sirini  aniqlashdan  iborat  (masalan,  byudjet 
muassasalari  xodimlarining  soni,  ushbu  muassasalarning  faoliyat  davri, 


narxlar  darajasi,  inflyatsiya  indeksi  va  hokazo  omillarning  ijtimoiy-
madaniy tadbirlarga xarajatlar ko‗rsatkichlari qiymatiga ta‘siri). 
Tahliliy  ishlar  jarayonida  byudjetning  daromad  va  xarajat 
qismlarining  mutlaq  ko‗rsatkichlari,  nisbiy  ko‗rsatkichlar  –  byudjet 
koeffitsiyentlari (o‗z daromadlari bilan ta‘minlanganligi, o‗z va tartibga 
solinadigan  daromadlarning  nisbati  va  boshqalar)  qo‗llanishi  mumkin; 
byudjet  ko‗rsatkichlarining  rivojlanish  tendensiyalari,  byudjetni 
shakllantirish  va  ijro  etish  jarayoniga  alohida  omillarning  ta‘sirini 
miqdoriy va sifat jihatlari aniqlanadi. 
Barcha  darajadagi  byudjetlarni  shakllantirish,  ko‗rib  chiqish, 
tasdiqlash  va  ijro  hisoboti  davlatning  milliy  valyutasida  amalga 
oshiriladi. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish