Fizik (Jismoniy, moddiy) qatlam. Seriplex kabel sistemasi 4 kabeldan, 2 ta AWG #22 himoyalangan kabeli ma’lumot va soat signallarini yuborish uchun va 2ta AWG #16 quvvat va neytral simlaridan tashkil topgan. Himoyalanga kabel himoya uchun yerga ham ulangan bo‘ladi. Soat signali 16 dan 100 kHz oraliqda bo‘lib eng yangi versiyalarida 200 kHz gacha bo‘lishi mumkin. o‘tkazuvchanlik aloqa tarmoqlarida ta;siri katta hisoblanib, yuqori o‘tkazuvchanlikka ega kabellar ko‘plab korxonalarda ma’lumot almashinish darajasini orttirish uchun keng qo‘llaniladi. 100kHz da 500 fut oralig‘ida Seriplexda yuqori o‘tkazuvchanlik(16pF/ft)ni qo‘llashda mavjud kabellashdir. Shunga qaramay, 20pF/ft kabellari bu masofani 100kHz da 350 fut gacha chegaralab qo‘yishi mumkin.
12 V o‘zgarmas kuchlanish birinchi avlod tizimlarida kabel orqali I/O qurilmalariga taqsimlangan. Ikkinchi avlod tizimlarida yoki 12 yoki 24 V o‘zgarmas tok qo‘llanilgan, qo‘llaniladigan tizimiga qarab ikkisidan biri tanlangan. Soha bog‘lanishlari Sireplex modullarida soha qurilmalari yaqinida joylashgan.
Individual I/O adreslari har bir nuqtani tarmoqqa bog‘lash modulida dasturlangan. Jami 255 ta foydalanishga tayyor adreslar modullarda mavjud. Raqamli kirishlar va chiqishlar har biri bitta adresda qo‘llaniladi. Har bir 8 bitlik analog modul 8 ta adresni qo‘llaydi (bitta analog kirish yoki chiqish uchun). Ko‘paytirish metodi jami raqamli I/O larni 7706 gacha yoki analog I/O larni 480 tagacha yoki shularning kombinatsiyalarini orttirish uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumot vas oat signallari 0 dan +12V gacha raqamli pulslar orqali tarmoqda uzatiladi.
Malumotlar bog‘lanishi qatlami. Ikkita qo‘llash metodi Seriplexda mavjud bo‘lib, bular qo‘llash turiga bog‘liq. Har ikkala qo‘llash turi o‘ziga hos boshqaruv metodlari bilan bog‘liq bo‘lib quyidagi Rejim 2 da keltirilgan.
Rejim 1 da, yoki tengdosh (peer-to-peer) rejimda, modullar mantiqan, host kontrollersiz bog‘lanishi mumkin. Bu holatda mantiqiy funksiyalar modullarning o‘zida bajariladi. Hamda alohida soat moduli ham talab etiladi chunki soat haqida doimiy ma’lumot berib boruvchi host qo‘llanilmaydi. Modul chiqishlari mantiqan funksiyalar orqali boshqa modullar kirish holatiga asosan dasturlanishi mumkin. Bu orqali oddiy mantiqiy funksiyalar host controller yordamisiz ko‘rsatilishi mumkin.
Rejim 2 ni ishlatishda soat signallarini ta’minlash maqsadida host kontrollerlaridan foydalaniladi. Har bir modulning qabul qilgichlari soat pulsini sanaydi. Qachonki sanalayotgan soat pulsi qabul qilgich adresiga teng bo‘lsa, qabul qilgich uchun ma’lumoo‘qish va host kontrollerga ma’lumot yozish imkoni ochiladi.
Bu aloqa boshqaruv metodi sistema uzra davomli soat va ma’lumot pulslari sikl “poyezdi” tufayli o‘ziga hos bo‘lib. Ma’lumot qatorida individual adreslarning aloqasi (bit holati) taqdim etilgan vaqt oralig‘ida adresning vaqt oniga asoslangan holda ma’lumotlar oqimida taminlangan. (16.8-rasmga qarang). Bu “davomli so‘rovnoma” 8 ta soat siklida sinxronlash bilan boshlanadi va “so‘roq qilish” boshlanayotganligi haqda ma’lumot berish uchun xizmat qiladi. Sikl boshida ma’lumot qatori bo‘sh bo‘ladi. Puls har bir modulning sanog‘I bilan bir xil sanar ekan, modullar bit qiymatlarini ma’lumotlar qatorida “qoldirishadi”, shunday qilib sikl yakunida barcha ma’lumotlar host uchun jamlangan bo‘ladi. Ramka o‘lchami uzunligi 16 dan 256 bitgacha bo‘lib, turli o‘lcham sistemalarini joylashtirish uchun 16 ga ko‘paytirilgan. Kichik tarmoqlarda sistemalar uchun to‘g‘ri o‘lcham tanlash va to‘g‘ri ramka o‘lchami o‘ta tez ishlash va ma’lumotlarning yangilanishini taqdim etadi.
16.8,a-rasm. Seriplex rejim 1
16.8,b-rasm. Seriplex rejim 2
Ma’lumotlarning aks sadosi bit bosqichida xatolarni aniqlash imkonini beradi. To‘g‘ri ma’lumot qabul qilinganini tasdiqlash uchun ma’lumot qabul qiluvchi xabarlarni aks sadosini beradi (ular odatda har bir adresga 1 bit dan bo‘ladi). Bu avtomatik emas va dastur qatlamiga dastur programmatori orqali tadbiq qilinadi.
Seriplex bit ga asoslangan tarmoq bo‘lib quyi bosqich qurilmalarini ham fizik jihatdan ham rejim 1 qo‘llanishidagi, mantiqan bog‘lash maqsadiga mo‘ljallangan. Bu funksiyalarni barcha Seriplex qurilmalari konfiguratsiyasida joylashgan AS-I-C chipi o‘z ichiga olgan. Qo‘lda tutiluvchi dasturlash qurilmalari Seriplex qurilma konfiguratsiyasini yoqish uchun mavjud. Host kontrollerlari yoki mahsus kirish kanallari yuqori bosqich soha tarmoqlari interfeysi qurilmalarida ham mavjud.