A. A. Qaxxarov, yu. Sh. Avazov, U. A. Ruziyev kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Download 6,1 Mb.
bet206/216
Sana24.04.2022
Hajmi6,1 Mb.
#579102
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   216
Bog'liq
Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019

DeviceNet tizimi. DeviceNet Allen-Bradley tomonidan rivojlantirilgan bo‘lib, CAN tarmog‘iga asoslanib quyi darajadagi qurilmalarga mo‘jallangandir. U quyiroq darajadagi qurilmalar(sezgir elementlar va ijrochilar)ni yuqori daraja qurilmalari(kontrollerlar) bilan bog‘lash uchun ishlab chiqilgan. O‘zgaruvchi, CAN habar ramkasining ko‘p baytli formati uchun optimalroq bo‘lib, bit turidagi sistemalardan ko‘ra har bir habarda ko‘proq ma’lumot yuborilishi mumkin.
DeviceNet ochiq savdo assotsatsiyasi (The Open DeviceNet Vendor Association Inc.) yoki ODVA DeviceNet spetsifikatsiyasidagi muammoni yechish uchun tuzilgan, adashmovchiliklarni spetsifikatsiya orqali hal etish va DeviceNet dan foydalanmoqchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga texnik xizmat ko‘rsatadi. 125 dan ziyod firmalar allaqachon rasman qo‘shilishdi yoki a’zo bo‘lishga rozilik qog‘oziga imzo chekishdi. DeviceNet spetsifikatsiyasi ODVA ochiq va bepul spetsifikatsiyadir.
DeviceNet 64 tagacha signalni qo‘llab quvvatlashi mumkin, bu bilan 2048 tagacha qurilmalarni ta’minlashi mumkin. Yolg‘iz, 4 konduktorli kabel quvvat hamda ma’lumot almashinishini ta’minlaydi. I/O qurilmalarini bog‘lash uchun turli qurilmalar mavjud, va tarmoq asosiy liniyasi kabeli bir xil konfiguratsiyaga ruxsat beradi.
DeviceNet quyi va yuqori bosqich qurilmalari o‘rtasida interfeysni ta’milar ekan, asosiy CAN protokolining yagona bog‘lanish turi yaratildi. Bu so‘rov/javob yoki asosiy/ko‘makchi texnikalari bilan bir xil, lekin original CAN ning tezlik bo‘yicha foydasidan foydalanadi.
DeviceNet profilini ISO/OSI modeli bilan aloqasi faqatgina 1- va 2- qatlamlar CAN protokoli spetsifikatsiyasiga asoslangan, qolgan qatlamlar esa DeviceNet tarmog‘I uchun rivojlantirilgan.
Navbatdagi bo‘limda DeviceNet tarmog;I va protokoli hususiyatlari haqida yanada chuqur keltiriladi.
Fizik (moddiy, jismoniy) qatlam. DeviceNet kabel tizimi liniya (bus) tapologiyasidagi yagona 4 konduktorli kabeldan iborat bo‘lib u quvvat hamda ma’lumot almashinishini ta’minlaydi. Ma’lumot #18 egizak juftliklar orqali uzatiladi. #15 orqali quvvat ta’minlanadi. Har ikkala juftliklar falga qatlam bilan himoyalangan va #18 quruq simi bilan birlashtirib o‘ralgan. Rezistorlarni yakunlash har ikkala asosiy liniya yakunlarida talab etiladi. 24V o‘zgarmas kuchlanish ta’minlanadi va DeviceNet ingichka kabeli orqali 3A gacha DeviceNet qalin kabeli orqali 8A gacha tok kuchi ta’minlanishi mumkin. Asosiy liniyaning maksimal uzunligi DeviceNetning aynan qaysi tur kabelidan foydalanilgaligiga, unga ulangan qurilmalar soniga va ma’lumot darajasiga bog‘liq. Har bir qurilma uchun kuchlanish 11V yoki undan balan bo‘lishi kerak.
Ma’lumot darajasi 125, 250 va 500 kb/s bo‘lganlar 16.3-jadvalda keltirilganidek mavjud tarmoq konfiguratsiyasiga ega. Ko‘plab bog‘lovchilar qurilmalarni tarmoqga ulash uchun qo‘llaniladi.
Bir vaqtda 2 yoki undan ko‘p kesishish joylaridan bir vaqtda xalaqitlarsiz arbitrajni ta’minlash uchun BOSCH CAN spetsifikatsiyasi 2 mavjud mantiq darajalari “muhimroq-dominant” va “tenglik-recessive” dan foydalanadi. Arbitraj davomida dominant qiymat liniya bilan bog‘lanish huquqiga ega bo‘ladi. DeviceNet uchun dominant daraja ‘0’ orqali recessive daraja esa ‘1’ orqali ifodalanadi. Elektrik volt darajasi bu mantiqiy darajalarda ko‘rsatilishi ISO 11898 standartida belgilab qo‘yilgan.
16.3-jadval
DeviceNet uzunligi va uzatish tezligi.

Ma’lumot darajasi

Asosiy liniya uzunligi

Kritik uzunligi

maksimum

Birgalikda

125 k baud

500 metr

3 metr

156 metr

250 k baud

250 metr

78 metr

500 k baud

100 metr

39 metr

CAN balansi nazorat qilingan ma’lumot almashinishlar sistemasini CAN_H va CAN_L lar o‘rtasidagi farq sifatida ma’lumotlar signallari bilan birgalikda ko‘rinadi.


DeviceNet spetsifikatsiyasilari yer bilan bog‘langan izolyatsiyani talab etadi. Barcha qurilmalar konturlari yakunda V-bus signaliga qo‘shilib ketadi, tarmoq bog‘lanishlari faqatgina liniya quvvat manbai orqaligina yerga ulangan bo‘lishi kerak. Barcha tarmoqga qo‘shilgan qurilmalar V ga ulangan yoki yerga ulanib izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak.
DeviceNet quyidagi xususiyatlarni fizik va media qatlamlarida Mavjud bo‘lishini talab qiladi:

  • CAN texnologiyasini qo‘llash;

  • har ikkala qalin hamda ingichka liniyalarni qo‘llab quvvatlash;

  • minimum 3 ta ma’lumotni boshqarish hususiyatiga ega bo‘lish;

  • 125 kbaud maksimum 500 metrgacha bo‘lgan masofada;

  • 250 kbaud maksimum 200 metrgacha bo‘lgan masofada;

  • 500 kbaud maksimum 100 metrgacha bo‘lgan masofada;

  • chiziqli liniya (bus) topologiyasi;

  • kam yo‘qotishli va kam kechikishli kabel;

  • himoyalangan egizak juftlik kabeli, quvvat va signal juftliklaridan tashkil topgan;

  • kichik o‘lcham va arzon narx;

  • 64 tagacha kesishish nuqtasini qo‘llab quvvatlash;

  • 6 metrgacha bo‘lgan uzunlikdagi uzilish nuqtali liniyalarini qo‘llab quvvatlash;

  • kesishish nuqtalarini qo‘shish yoki olib tashlashda tarmoqga ta’sir o‘tkazmaslik;

  • bir vaqtning o‘zida ham izolyatsiyalangan ham izolatsiyalanmagan fizik qatlamlarni qo‘llab quvvatlash.

DeviceNet ikki turdagi yarim tayyor kabellardan foydalanadi, ingichka va qalin kabellar. Qalin kabel katta kulrang kabel bo‘lib qurilmalar o‘rtasida uzun bo‘lgan asosiy liniyalar sifatida xizmat qiladi. Ingichka kabellar esa odatda kichik va kalta, sariq kabel bo‘lib qalin kabellarni qurilmalarga bog‘lab beradi. Qalin va ingichka kabellar ‘T’ ko‘rinishida o‘zaro bog‘lanadi. Barcha kabellar va bog‘lanishlar halqasimon konnektorlar orqali o‘tkaziladi.

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish